Osetiya kurash maktabining ikki nafar yorqin vakili ismlari Birlashgan kurash usullari xalqaro federatsiyasi — FILA Shon-sharaf zaliga kiritiladi. Bular 2013-yil dekabrida vafot etgan, ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori, to‘rt karra jahon chempioni Besik Kuduxov (Rossiya) va sport tarixidagi eng ko‘p unvon olgan erkin kurashchi, uch karra Olimpiya chempioni, Olimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori Artur Taymazov (O‘zbekiston)dir.
Rossiya Sport kurashi federatsiyasi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, tantanali marosim Toshkentda 8—14-sentabr kunlari o‘tkaziladigan jahon chempionati arafasida bo‘lib o‘tadi.
Anhor.uz yozishicha, Artur Taymazov asli osetiyalik atoqli erkin kurashchi bo‘lib, O‘zbekiston nomidan kurashadi. U O‘zbekistonning Olimpiada o‘yinlarida barcha sport turlari bo‘yicha eng ko‘p unvon olgan sportchisidir. Mamlakat tarixidagi oltita Olimpiada oltin medallarining uchtasi Taymazovga tegishlidir.
Izoh (0)