8-sentabr kuni Toshkentda boshlanadigan sport kurashi bo‘yicha jahon chempionatida G‘arbiy Afrika kurashchilarining qatnashishi masalasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan avgust oxiriga qadar hal qilinadi. Bu haqda musobaqa tashkiliy qo‘mitasiga tayanib, “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
Birlashgan kurash usullari xalqaro federatsiyasi yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga rasmiy xat bilan murojaat qilib, Ebola bezgagi avj olgan G‘arbiy Afrika mamlakatlari sportchilari Toshkentdagi jahon chempionatida ishtirok etishiga mamlakatimiz qanday qarashini bildirishini so‘rashdi, — dedi JCh — 2014 tashkiliy qo‘mitasi xodimi. — Vazirlik keyingi hafta o‘z javobini beradi. Agar Afrika davlatlari vakillarining o‘zlari O‘zbekistonga kelishdan bosh tortmasa, ularning jahon chempionatida ishtirok etishi masalasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan hal qilinadi”.
Sport kurashi bo‘yicha jahon chempionati Toshkentda 8—14-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda yetti nafar Nigeriya vakillari va ikki nafar Syerra-Leone sportchilari ishtirok etmoqchi. Tashkiliy qo‘mita xodimining aytishicha, ushbu mamlakatlar milliy federatsiyalaridan musobaqada qatnashishdan bosh tortish haqida hech qanday xabar kelib tushmagan.
Gvineya, Nigeriya, Liberiya va Syerra-Leoneda Ebola bezgagi qurbonlari soni 1200 dan oshdi. Liberiya hukumati o‘limga olib keluvchi xavfli kasallik tarqalib ketishini to‘xtatish uchun komentdant soati joriy qildi.
Izoh (0)