“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi darvozaboni o‘z faoliyati davomida ikkinchi bor Germaniyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
O‘tgan mavsumda 28 yoshli darvozabon klubi bilan Germaniya chempionati va Kubogida g‘olib chiqqan, shuningdek yozda terma jamoa bilan jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.
Noyyer 2011-yilda ham Germaniyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Bu safar uning uchun 144 ta nemis jurnalisti ovoz bergan. Ikkinchi o‘ringa Marko Roys, uchinchi o‘ringa esa Tomas Myuller o‘rnashdi.
Izoh (0)