Rossiyaparast ayirmachi Yekaterina Parxomenko o‘zining Instagram’dagi sahifasiga kosmetik vositalar aks etgan rasmlarni joyladi. Ma’lum bo‘lishicha, ular Ukraina sharqiga qulab tushgan Malayziyaning “Boing” samolyoti qoldiqlari orasidan o‘g‘irlab olingan. Bu haqda Business Insider xabar berdi.
“Amsterdamdan, aniqrog‘i daladan keltirilgan tush”, — deya muallif rasmni izohladi.
Postga bildirilgan izohlarda undan tushni qayerdan olganini so‘rashganida, u “uning tanishi, marodyor bergan”ini yozdi. Shundan so‘ng u Instagram foydalanuvchilari tomonidan bu qilig‘i uchun norozilikka uchradi.
Ko‘pgina xorij OAVlari va bloggerlar Yekaterinaning posti haqiqatga to‘g‘ri kelishini tasdiqladi, uning Torez shahrida yashashi aniqlandi.
Suratlar internetda katta shov-shuvga sabab bo‘la boshlagach, Yekaterina o‘z sahifasini o‘chirib tashladi. Biroq ko‘p o‘tmay, uning Instagram akkaunti xakerlar tomonidan qayta ochilib, yangi rasmlar bilan “boyidi”.
Izoh (0)