Amerikaning ikkita F-16 qiruvchi samolyoti Torontodan Panama-Sitiga yo‘l olgan yo‘lovchi laynerini qo‘lga oldi. Undagi yo‘lovchilardan biri samolyotni portlatib yuborishi haqida po‘pisa qilgan edi, deb yozadi Associated Press.
Hodisa Sunwing Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot mahalliy vaqt bilan 7:00 da AQShning G‘arbiy Virjiniya shtati ustidan uchib o‘tayotganida sodir bo‘ldi. Samolyot yo‘lovchilaridan biri to‘satdan do‘q-po‘pisa qila boshlagan va “Kanadani portlatishini” aytgan.
Shundan so‘ng samolyot Torontoga qaytib ketish uchun qayrilgan, Ogayodan esa har ehtimolga qarshi ikkita qiruvchi samolyot yuborilgan, ular laynerni yerga qo‘ngunicha kuzatib borgan.
Samolyot Torontoga qo‘nishi bilan bezori politsiya tomonidan hibsga olingan. 25 yoshli Kanada fuqarosi Ali Shaxining xatti-harakatlari maqsadlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)