“Kalmar o‘yini”ning uzoq kutilgan ikkinchi mavsumi 2025-yil yanvar oyida taqdim etildi va millionlab tomoshabinlar allaqachon voqealar rivojiga sho‘ng‘ib ketdi. Ammo hatto ashaddiy muxlislar ham o‘yindagi turli geometrik shaklli niqobga ega qo‘riqchilarga kamroq e’tibor qaratadi. Shuning uchun ularni boshqaradigan rahbar kim ekanligini bilmaydi.

Ba’zi muxlislar o‘z ishini vijdonan bajargan va o‘yinchilarni behuda o‘ldirmagan No Ilni qo‘riqchilar boshlig‘i deb o‘ylaydi, ammo u ham, unga tahdid qilgan yigitlar ham bu lavozimni egallamagan.
Qo‘riqchilar orasidagi haqiqiy yetakchi bu niqobli ofitserdir. U Xvan In Xoning o‘ng qo‘li hisoblanadi. Uning haqiqiy ismi noma’lum, ammo u doimo qo‘riqchilarni boshqargan va 33-o‘yin davomida In Xo bilan bir xil vazifalarni bajargan. Shuningdek, ofitser yer ostida organlar savdosi bilan shug‘ullanadi va No Il ish jarayonga aralashganda g‘azablanadi.

Boshqaruvchi ofitser qattiqqo‘l va talabchan qo‘mondon sifatida namoyon bo‘lgan. U qo‘riqchilar o‘rtasida tartib-intizomni nazorat qiladi.
Izoh (0)