Amerikaning Viskonsin shtatida yashovchi to‘rt yoshli bola uning muzqaymog‘ini yeb qo‘ygan onasidan qattiq xafa bo‘ldi va uning ustidan politsiyaga shikoyat qildi, deb yozadi “Pravila jizni”.

Bola 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, onasining qilmishi uchun qamoqqa olib ketishlarini so‘ragan:
“Onam bugun o‘zini yaxshi tutmayapti”, degan u dispetcherga.
So‘ng ayolning o‘zi go‘shakni olib, haqiqatdan o‘g‘lining muzqaymog‘ini yeganini tushuntirdi. Bola esa o‘z pozitsiyasini himoya qilishni davom etdi va qattiq xafa ekanligini takrorladi. Keyinroq politsiyachilar ularning uyiga kelib, bola haqiqatan ham muzqaymoq sababli politsiyaga qo‘ng‘iroq qilganmi yoki yo‘qligini aniqlashdi.
Ofitserlar bilan suhbatlashgandan so‘ng, bola faqat muzqaymoq yegisi kelganini aytib, onasiga hech qanday ayblov qo‘ymaslikka rozi bo‘ldi. Ikki kundan keyin politsiya uning iltimosini bajardi va unga ikkita muzqaymoq sovg‘a qildi.
Izoh (0)