Ijtimoiy tarmoqlarda “G‘uzorda ichki ishlar organlari xodimlari va shopirlar o‘rtasida tortishuv” sarlavhali video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat YHXB ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, G‘uzor tumanida ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori va boshqarma patrul-post batalyon xodimlari xizmat o‘tayotgan vaqtida yuk mashina haydovchisiga to‘xtash ishorasi berilganda qochishga harakat qilgan.
Haydovchini to‘xtatib hujjatlar so‘ralganda fuqaro xodimlarning qonuniy talabini bajarmasdan, ukasi faol qarshilik ko‘rsatgan. Aka-ukalarga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborildi.
Sud hukmi bilan aka-ukaga nisbatan BHMning 7 barobari hamda 3 sutkagacha qamoq jazosi tayinlandi.
Bundan avval Buxoro viloyatining Jondor tumanida haydovchi Cobalt’ni qasddan YPX xodimi ustiga haydagani haqida xabar berilgan edi. 19-yanvar kuni Navoiyda 16 yoshli bola otasining mashinasida YPX xodimini urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgandi.
Izoh (0)