• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jarima bali beriladigan qoidabuzarliklar ro‘yxati va ularga beriladigan ballar tasdiqlandi

    Hukumatning “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Qaror bilan, avtomashinani boshqarish jarayonida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini sodir etish holatlarini jarima ballari asosida baholash tartibi tasdiqlandi. Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari “E-jarimaball” moduli orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblab boriladi.

    12 oy mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida, keyingi davrda yo‘l harakati qoidalarini birinchi marta buzgani uchun birinchi jarima bali hisoblanmaydi. Haydovchilarning oxirgi huquqbuzarligi uchun jarima bali hisoblangan vaqtdan boshlab, ular 6 oy davomida yo‘l harakati qoidabuzarliklariga doir boshqa huquqbuzarlik sodir etmagan taqdirda, uning umumiy jarima ballaridan ikki jarima bali ayirib tashlanadi.

    Agar haydovchilar jarima ballarining umumiy miqdori ikki jarima balidan kam bo‘lgan taqdirda, barcha jarima ballari ayirib tashlanadi hamda jarima ballarini hisoblash muddati birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan yangidan boshlanadi. Qaror 2025-yil 1-iyundan eʼtiboran kuchga kiradi.

    Haydovchilar tomonidan sodir etilgan qaysi qoidabuzarlik uchun qancha jarima ballari hisoblanadi?

    Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va ruxsatnomasiz qoraytirilgan oynali transport vositalaridan foydalanganlik uchun 0,5 ball beriladi.

    Shuningdek:

    • Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini 20 km/soatdan ko‘p bo‘lmagankattalikda oshirib yuborishi uchun 0,5 ball;
    • Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini 20 km/soatdan ko‘p, 40 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 1 ball;

    • Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini 40 km/soatdan ko‘p, 60 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 1,5 ball;
    • Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini 60 km/soatdan ko‘p, 80 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 2 ball beriladi.

    Haydovchilar uchun jarima ballari tizimi

    O‘zbekistonda haydovchilar huquqbuzarliklari uchun jarima ballari tizimi joriy etilishi haqida 2022-yilning fevralida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingandi. O‘sha yilning aprelida “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Unda har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab borilishi belgilandi.

    Mazkur tizim 2022-yil 1-dekabrda ishga tushishi kerak edi. YHXX bu tizim ko‘zda tutilgan sanadan boshlab test rejimida ishga tushurilishini, dasturiy ta’minot sinovdan o‘tkazilib, aniqlangan xato va kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgandan keyin ishga tushirilib, haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanishini bildirgandi. O‘shanda Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasi ishlab chiqilgani, Oliy Majlis qonunchilik palatasining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilgan holda qonun loyihasini qayta takomillashtirish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingandi. 

    Qonunchilik palatasi jarima ballari ko‘zda tutilgan qonunni 2023-yil 28-noyabrda qabul qildi. Senatda birinchi marta 2024-yil 16-avgust kuni ko‘rib chiqilib, uni takomillashtirish va yakunlash uchun Senat va Qonunchilik palatasining kelishuv komissiyasiga qaytarildi. 2025-yil 24-yanvarda qonun qayta ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

    2025-yil 20-fevral kuni “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun qabul qilindi. Qonun bilan jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi belgilandi. 

    O‘shanda Zoyir Yo‘ldoshov ushbu tizim ishga tushishi bo‘yicha “Daryo”ga izoh berib, qonun bilan 1 oy muddatda “12 ballik tizim” bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori ishlab chiqilishini bildirgandi. 

    Haydovchilarga tayinlanadigan 12 ballik jarima ballari faqat YPX inspektorlari tuzgan bayonnomalar asosida shakllanadi va ballarni hisoblash tizimi YHXXda inson omilisiz, avtomatlashtirilgan tarzda hisob-kitob qilinadi.

    9 may, 12:55   Izoh (0)   9124
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #jarima#mashina#avtomobil#haydovchi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda mast haydovchi YPX xodimlaridan qochib ketdi (video)

    13.12.2022, 19:10

    Toshkentda haydovchi Nexia’siga miltillovchi chiroq o‘rnatgani aniqlandi (video)

    13.01.2023, 18:36

    Buxoroda Spark piyodaga yo‘l bermay, to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmadi (video)

    31.01.2023, 23:46

    Toshkent viloyatida qizlar mashinadan tanasini chiqarib, xavfli harakatlar qildi (video) 

    15.02.2023, 10:56

    Buxoroda mast holda mashina boshqargan haydovchi YPX inspektoriga 100 dollar pora berishga urindi

    11.03.2023, 19:10

    Toshkentda mashina oynasi va lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

    05.01.2024, 09:48

    Qamchiq dovonida jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor Nexia-2 ushlandi

    02.05.2024, 09:37

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    08.05.2024, 22:30

    “Yo‘llarda bolalar o‘limi uchun siyosiy javobgarlik bo‘lishi kerak” — jamoat faollari ayanchli YTHlar haqida

    05.07.2024, 20:20

    Toshkentda voyaga yetmagan farzandiga rulni topshirgan onaga chora ko‘rildi

    30.07.2024, 22:10

    Qashqadaryoda 2024-yilning 6 oyida ming nafardan ortiq haydovchi mast holda avtomobil boshqargani ma’lum bo‘ldi 

    02.08.2024, 12:10

    Farg‘onada mashinadan oyog‘ini chiqarib harakatlanganlarga chora ko‘rildi (video) 

    27.08.2024, 10:10

    Radarsiz yo‘llar, kamerasiz chorrahalar, arzon benzin va signal chalmaydigan haydovchilar. Kuala Lumpurda bir kun

    19.11.2024, 07:00

    Eron ayollar kiyimiga oid qonunlarni kuchaytirdi

    04.12.2024, 21:00

    Parlamentdagi tortishuv: Alisher Qodirov va deputatlar avtobus yo‘laklari masalasida spikerga qarshi chiqdi

    12.12.2024, 20:21

    Sudlashuv, ajrim va xiyonat. 2024-yilda o‘zbek shou-biznesida eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan vaziyatlar (foto, video)

    1 yanvar, 09:15

    Asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgan Markaziy bank, tovlamachilikda gumonlanib, qamoqqa olingan “Nazorat.uz” kanali maʼmurlari, Buxoroda tug‘uruq vaqtida vafot e...

    23 yanvar, 22:50

    Ozoda Nursaidovaning klipi syomkasida nogironga aylangan aktrisa voqeasi. Aslida nima bo‘lgandi?

    12 mart, 12:50

    Klip olish vaqtida “Gelik” tagida qolib, nogiron bo‘lgan aktrisa: qonunchilik bu borada nima deydi?

    15 mart, 21:01

    “Sal qolishiga sal qoldi”: Navoiyda poyga o‘ynagan yigitlar avariyaga uchradi (video)

    17 mart, 23:36

    Sirdaryoda odamlarning ustiga haydalgan Captiva auksionda sotildi

    26 mart, 19:25

    Samarqandda haydovchi jamoasi yutqizgani uchun mashinani odamlar ustiga haydadi (video) 

    10 aprel, 11:00

    Sobiq hakam “Inter”ga qarshi bahsda “Barselona”ning penaltisini “o‘g‘irlashganini” aytdi

    7 may, 18:05

    Moskvadagi migrantlar o‘rtasida sodir bo‘lgan janjalda o‘zbekistonliklar ham bo‘lganmi? 

    7 may, 19:35

    Manzura va Murodjon Yo‘ldoshev “Azizim” qo‘shig‘ini muallif ruxsatisiz kuylagani maʼlum bo‘ldi 

    8 may, 18:10

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    8 may, 21:00

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    8 may, 23:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.