Portugaliyalik afsonaviy hujumchi Krishtianu Ronaldu 23-avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tgan Saudiya Arabistoni Superkubogi doirasidagi “An-Nassr” hamda “Al-Ahli” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda Riyod klubi safidagi 100-golini urdi. Ronaldu o‘yinning 41-daqiqasida penaltidan hisobni ochdi.

Mazkur gol orqali Ronaldu yana bir noyob natijaga erishdi: u besh xil jamoa safida kamida 100 tadan gol urgan tarixdagi yagona futbolchiga aylandi. Portugaliyalik forvard faoliyati davomida “Manchester Yunayted”, “Real Madrid”, “Yuventus”, “An-Nassr” klublari hamda Portugaliya terma jamoasi safida 100 yoki undan ortiq gol kiritgan.
Ronaldu o‘zi to‘p surgan jamoalar ichida faqat bittasi — Portugaliyaning “Sporting” klubi safida 100 tadan kam gol urgan. U Lissabon klubida 2002/03-yilgi mavsumda jami 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ma’lumot uchun, Ronaldu professional faoliyati davomida jami 1250 ta o‘yin o‘tkazib, 939 ta gol urgan.
- Ronaldu 2023-yildan beri “An-Nassr” jamoasi sharafini himoya qiladi.
- Uning klub bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.
- Transfermarkt portaliga hujumchining qiymatini 12 million yevroga baholangan.
Izoh (0)