• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev qurilish materiallari sifatini nazorat qilishni topshirdi

    O‘zbekistondagi “Shaffof qurilish” platformasida qurilish materiallari korxonalari reyestri tashkil qilinib, u orqali sifat nazorati ta’minlanadi. Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni qurilish materiallari sanoatidagi ishlar va asosiy vazifalarga oid taqdimot bilan tanishganida shunday vazifa qo‘ydi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, aholi soni o‘sib, urbanizatsiya kengayib borayotgani sifatli qurilish materiallariga talabni yildan yilga oshiryapti. Tarmoq shunga mos ravishda rivojlantirib borilmoqda. Ko‘plab loyihalar amalga oshirilib, hozirgi kunda 10 mingga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda.

    Bu yil birinchi chorakda ishlab chiqarish 8 foizga, eksport esa 11 foizga o‘sdi. Investisiya dasturi doirasida 500 million dollarlik 9 ta yirik loyiha ishga tushdi. Dushanbe, Kobul va Filadelfiya shaharlarida “O‘zbekiston savdo uyi” tashkil etildi.

    Hali oldinda rejalar ko‘p. Yil yakunigacha 2,4 milliard dollarlik 312 ta loyihani bajarib, 16 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, ishlab chiqarish miqdorini 53 trillion so‘mga, eksportni 1,2 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallangan. Taqdimotda mutasaddilar ushbu ko‘rsatkichlarga erishish chora-tadbirlari yuzasidan axborot berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari sohada sifat, tannarx va qurilish madaniyati eng dolzarb masala ekanini ta’kidladi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etib, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, O‘zbekistondagi bunyodkorlik ishlarida ulardan kengroq foydalanish vazifalari ko‘rsatib o‘tildi.

    Bunga erishishda ilm-fan va amaliy ishlanmalar muhim. Shu maqsadda soha bo‘yicha R&D tadqiqotlar markazi ochildi, Germaniyadan maslahatchi jalb qilindi.

    Misol uchun, ariq va kanal yuzalari uchun o‘ramli beton qoplamasi tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha ish boshlangan. Natijada betonlashga ketadigan vaqt va xarajat 10 foizga, suv sarfi 3-5 foizga kamayishi hisob-kitob qilingan.

    Prezident geologiya va ilmga katta e’tibor qaratib, ichki va tashqi bozorlar uchun yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar yetkazib berish zarurligini ta’kidladi. Energiya va resurs sarfi yuqori yo‘nalishlarni tahlil qilib, tejamkor innovasion yechimlarni qo‘llash muhimligi qayd etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘tgan yili tarmoqdagi yirik korxonalar energiya auditidan o‘tkazilganda 300 million kilovatt soat iqtisod qilish imkoniyati aniqlangan. Bunday korxonalarda texnologiyani yangilash hamda ish tartibini oqilona tashkil etish orqali xarajatlarni kamaytirish mumkinligi aytildi.

    19 may, 15:43   Izoh (0)   1729
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #qurilish#qurilish materiallari

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Maosh soatiga salkam 13 yevro: o‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda 

    17 fevral, 19:30

    Angren ko‘mir koni zaxirasi 1 mlrd tonnadan ortiq ekani maʼlum bo‘ldi

    19 fevral, 16:55

    O‘zbekiston Rossiya bilan qurilish sohasidagi keng ko‘lamli kooperatsiyani rivojlantiradi

    28 fevral, 19:55

    O‘zbekiston—Gruziya o‘rtasida savdo hajmi 1 mlrd dollarga yetkazilishi rejalashtirilmoqda

    5 mart, 22:41

    Mozori Sharifda O‘zbekiston savdo uyi ochiladi

    6 mart, 09:55

    O‘zbekistonda foydali qazilmalarni qazib chiqarishni nazorat qilish tartibi tasdiqlandi

    7 mart, 09:20

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston—Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi 

    13 mart, 09:13

    Toshkentda yana uy mojarosi: Bu safar kim haq?

    13 mart, 21:06

    Davlatda ikkinchi shaxs, Oliy sud raisi, sanoat va adliya vaziri: Sovet davrida o‘zbek ayollari qaysi lavozimlarda ishlagan?

    14 mart, 21:37

    Afg‘onistonda O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi

    24 mart, 15:20

    O‘zbekiston va Eron prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishni muhokama qildi

    1 aprel, 15:20

    O‘zbekiston va Eron hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi

    12 may, 09:11

    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

    13 may, 15:00

    O‘zbekiston banklari uzoq yillik tizimli muammolar bilan birga yangi qiyinchiliklarga duch kelgan — Fitch 

    13 may, 10:28

    Abdulla Aripov Eron prezidenti qabulida bo‘ldi. Nimalar muhokama qilindi?

    12 may, 20:15

    “Qorasaroy” turar joy majmuasi aholisi hududda ko‘p qavatli uy-joylar qurilayotganidan norozi. Aholiga ko‘ra bu uylarning qurilishi noqonuniy hisoblanadi

    13 may, 18:50

    Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomashinalar harakati uchun 2 kunga yopiladi

    13 may, 20:50

    Rossiyadagi qurilishda ishlaydigan migrantlar soni 500 ming kishiga tushib ketdi

    14 may, 16:02

    Litvada ishlash uchun ruxsatnoma olishda o‘zbekistonliklar yetakchi bo‘ldi

    15 may, 11:10

    Isroil G‘azoda yangi qurilishlar boshladi (foto)

    15 may, 11:25

    Disney Abu Dabida birinchi Disneyland quradi

    16 may, 16:55

    O‘zbekistonda 21 mlrd so‘mlik davlat xaridi noqonuniy o‘tkazilishining oldi olindi

    15 may, 19:15

    Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarida qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik jazolandi

    16 may, 14:31

    “Tinchlik istasang, urushga tayyor tur”. “Tolibon” qurayotgan Qo‘shtepa kanali O‘zbekistonga qanday xavf soladi?

    16 may, 18:57

    Chinozda hokim talabini bajarmagan tadbirkorlarga tegishli korxonalar elektr tokidan uzib qo‘yilayotgani aytildi 

    17 may, 11:30

    Davlat organlari xodimlarining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi

    17 may, 21:00

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    17 may, 22:38
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.