• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Toshkentda yana uy mojarosi: Bu safar kim haq?

    Bugungi kunda Toshkent shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilish istagini bildirsangiz, quruvchilar sizga uyning kvadrat metrini qanaqa narxda taklif etishi mumkin? Taxminan eng arzoni 10 million so‘m, balki yashash uchun tayyor xonadonlar bundan ko‘proq, deylik 11 yoki 12 million so‘m atrofida bo‘lishi mumkin. Gapni bejiz shundan boshlamadik. “Daryo”ga kelib tushgan navbatdagi murojaatda Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari xizmatchilari uchun ana shunday tayyor xonadonlarning kvadrat metri 4 million 750 ming so‘mdan taklif qilinayotgani, biroq harbiy xizmatchilar to‘rt yil avvalgi kelishuvga ko‘ra quruvchi ularga bu uylarning kvadrat metrini 3 million 750 ming so‘mdan sotishini vaʼda qilganini, ayni kundagi narxi esa asossiz oshirilib, qimmatlashganidan shikoyat qilingan. Quruvchi kelishuv to‘rt yil avval qilinganini, buyurtmachi yaʼni — Ichki ishlar vazirligining Qorovul qo‘shinlari kelishuv shartlarini kechiktirib bajargani uchun oradan vaqt o‘tganini, bu vaqt oralig‘ida qurilish materiallari hamda xizmat narxi ham oshgani uchun ularga qurilayotgan uylar narxi ko‘tarilganini aytmoqda.

    “Daryo” har ikki tomonga mikrafon tutdi.

    Biz “Nur hayat” firmasi tomonidan ishxonamizga ajratilgan uylardan olgandik. Shartnomada uyning kvadrat metri 3 million 752 ming so‘m deb ko‘rsatilgandi. Bugungi kunga kelib narx-navo oshdi. Endi 5 million 700 ming so‘mdan deyishmoqda. 6 million 700 ming so‘mga ko‘taramiz deyishyapti. Bizga hech qanday imtiyoz berilmayapti, deydi murojaatchilardan biri G‘olib Sulaymonov.
    G‘olib Sulaymonov.
    Foto: “Daryo”

    G‘olib Sulaymonovning aytishicha, quruvchi uylarni 2025-yilning sentyabr oyida foydalanishga topshiradi. Biroq, u shartnomadagi narxlarni oshirib yuborgan.

    Foto: “Daryo”
    Narxlarni qurilish materiallariga, masalan sement va armaturaga bog‘lab ko‘tarmoqda. Men uch xonali 103 kvadrat metr uyga 97 million so‘m to‘laganman. Uy narxining oshishi bizga to‘g‘ri kelmayapti, deydi u. 
    Foto: “Daryo”
    Quruvchiga Qorovul qo‘shinlariga tegishli yer berilgani uchun u bizga imtiyozli narxda uy berishi kerak edi. Uyning kvadrat metri arzonligi sababi ham shunda, deydi G‘olib Sulaymonov.

    Yana bir murojaatchi Fotima Murtazayeva Qorovul qo‘shinlari va quruvchi o‘rtasida 2023-yil ikkinchi kelishuv shartnoma imzolanganini, biroq bu haqda ularga ma’lum qilinmaganini aytmoqda.

    Fotima Murtazayeva.
    Foto: “Daryo”
    Bizga noma’lum bo‘lib qolayotgani Qorovul qo‘shinlari va quruvchi o‘rtasida 2023-yil ikkinchi kelishuv shartnoma imzolangan. Aynan o‘sha kelishuv shartnomaga ko‘ra, narxlar oshib ketgan. Bu haqda esa bizga ma’lumot berishmagan. Biz aynan shuni oydinlashtirishni  so‘rayapmiz, deydi murojaatchi.
    Foto: “Daryo”

    Maʼlum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktyabrdagi 865-sonli qarori asosida 2021-yil o‘tkazilgan tenderda qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari uchun uy qurish masʼuliyati tender g‘olibi “City construction master” MCHJ yuklatilgan. Shundan so‘ng Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7531-harbiy qism hamda tadbirkor o‘rtasida pudrat shartnomasi imzolangan.

    Foto: “Daryo”

    Shartnoma shartlariga ko‘ra, Qorovul qo‘shinlariga qarashli harbiy qism uch kun ichida tenderda uy sotish uchun sotilgan 9 gektar yerni uy-joy qurish uchun dalolatnoma asosida topshirishi, harbiy xizmatchilarga imtiyozli narxda sotilishi reja qilingan xonadonlar qiymatining 25 foiz miqdoridagi bosh to‘lovini to‘lab berishi lozim bo‘lgan. Shundan so‘ng quruvchi 647 ta xonadonni buyurtmachiga kvadrat metrini 3 million 750 ming so‘m miqdoridagi imtiyozli narxda qurib berish masʼuliyatini olishi kerak bo‘lgan. Lekin buyurtmachi kelishuv shartlarini kech bajarib, yerni 2022-yil may oyida ajratgani yetmaganidek, maydonda qurilish ishlarini boshlash imkoniyatini cheklovchi harbiy omborlarni ham saqlab qolgan. Xonadonlar qiymatining 25 foiz miqdoridagi bosh to‘lovini to‘lab berishi kechiktirilgan.

    Vohib Sharopov.
    Foto: “Daryo”
    2021-yil sentyabr oyida korxonamiz va Qorovul qo‘shinlari rahbariyati o‘rtasida pudrat shartnomasi imzolangan. Bu shartnoma tender asosida bo‘lgan. Yaʼni Qorovul qo‘shinlariga qarashli 9 gektar yer maydonida harbiy xizmatchilar uchun turar joy qurish bo‘yicha tender o‘tkazilgan. Tenderda bizning korxonamiz g‘olib bo‘lgan. Shartnomaga ko‘ra birinchi tomon qurilish maydonini 3 kunda topshirish kerak edi. Shuningdek, har bir xonadon umumiy narxining 25 foizlik boshlang‘ich to‘lovini avans shaklida to‘lashlari lozim bo‘lgan. Bizning korxonamizga mana shu yer topshirilib, pul mablag‘lari to‘langandan keyin qurilishni boshlashni zimmasiga olgan. Shu shartnoma imzolangandan keyin ayrim obyektiv sabablarga ko‘ra, yerni topshirish, avans pullarini to‘lash bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga kelgan.
    Yer topshirish jarayoni 14 oyga cho‘zildi. 2023-yilning sentyabr oyiga kelib qurilishni boshlash imkoni tug‘ildi. Oradan ikki yil o‘tgach, birinchi kelishuvdagi holatlar o‘zgarib, qurilish materiallari oshgani hisobiga narxlar ko‘tarildi. Uyning tan narxi 6 million 346 ming so‘mga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Qorovul qo‘shinlariga bildirganimizda ular narxlar oshishini rad etdi. Shundan so‘ng sudga murojaat qilinib, buyurtmachiga harbiy xizmatchilarga mo‘ljallangan turar joylar ikki yil oldin kelishilgan narxda qurib bitkazish imkoni yo‘qligi, yangi narx belgilanishi lozimligi so‘ralgan”, deydi “Nur hayat” turar joy majmuasi vakili Vohib Sharopov.
    Foto: “Daryo”

    Buyurtmachi o‘z majburiyatini oradan ikki yil o‘tkazib bajargach, quruvchi narxlar oshganini, dastlabki kelishuvdagi narx bo‘yicha uylar quriladigan bo‘lsa 260 milliard so‘mga yaqin zarar ko‘rishini bildirib, xonadonlarning kvadrat metrini 6 million 346 ming so‘mda taklif qilgan. Harbiy qism rahbariyati esa buni rad etgan. Tadbirkor bunga oqilona yechim topish uchun sudga murojaat qilgan. Sud davomida tadbirkor daʼvo predmetini o‘zgartirib, imtiyozli narxni dastlabki daʼvodagi 6 million 6 million 346 ming so‘mdan 5 million 711 ming so‘mga tushirishni so‘ragan. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi 2024-yilning 5-mart kuni MCHJ va harbiy qism o‘rtasida 2021-yil tuzilgan shartnomani o‘zgartirib, xonadonlarning kvadrat metri uchun belgilangan 3 million 750 ming so‘m narxni 5 million 711 ming so‘m etib belgilash haqida qaror chiqargan.

    Foto: “Daryo”

    Sud ishi yana davom etgan. Holatni ko‘rib chiqqan Oliy sudning Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼati taftish instansiyasi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi 2024-yilning 5-mart kundagi qarorini o‘z kuchida qoldirishni maʼqul ko‘rgan.

    Foto: “Daryo”
    Buyurtmachi bizga murojaat qilib, sotib olinadigan xonadonlar uchun eski narxda shartnomalar berishni so‘radi. Bizlar sud jarayoni boshlanishi arafasida ekanini, ikki yil avvalgi kelishuv bo‘yicha belgilangan narx o‘zgarishi mumkinligini aytdik. Ular sud qarori bilan narxda qandaydir o‘zgarish bo‘lsa, qo‘shimcha kelishuvlar tuzilishi mumkin ekanligini aytgach, biz 2023-yilda 2021-yildagi kelishuv bo‘yicha shartnoma berdik,  deydi tadbirkor vakili.

    Murojaatchilar quruvchi uylarning narxini oshirishda ularning maoshi va imkoniyatini hisobga olinmaganini taʼkidlamoqda.

    Vohidjon Erdonov.
    Foto: “Daryo”

    Agar sakkiz yuz nafar harbiylar shu narxda uy olsak shulardan 10-15 nafarining bu narxlarni to‘lashga qurbi yetishi mumkin. Qolganlar to‘lay olmaydi. Ishlaydiganlardan borib so‘rashingiz mumkin, oyliklarmiz katta emas, o‘rtacha,  deydi Vohidjon Erdonov.

    Qadriya Bebotova.
    Foto: “Daryo”
    Mening o‘g‘lim ham harbiyda ishlaydi. Uch nafar bolasi bor, lekin uyi yo‘q. Shuning uchun ularga berilayotgan imtiyozli uylardan olmoqchi edik. Ammo narxi oshib ketdi. Aslida bu uylar uchun boshlang‘ich to‘lovini ham o‘zimiz qilgandik,  deydi yana bir murojaatchi Qadriya Bebotova.

    Quruvchi tashkilot masʼuli bunga javoban harbiy xizmatchilar imkoniyatini hisobga olishganini, shuning uchun uylarning kvadrat metrini 4 million 750 ming so‘m qilib belgilashganini qo‘shimcha qilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Biz sud ishlari davom etishi, shuningdek, sud bizning foydamizga qaror chiqarib bersa-da, harbiy xizmatchilarning talab va istagidan kelib chiqib, 5 million 711 ming so‘mlik narxni 4 million 900 ming so‘mga, keyinchalik 4 million 750 ming so‘mgacha tushirdik. Yaʼni dastlabki kelishuvdagi narxga to‘rt yillik oshishlar hisobiga atigi 1 million so‘m qo‘shdik”,  deydi Vohib Sharopov.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” har ikki tomon fikrlari va dalillarini jamoatchilikka maʼlum qildi. Xulosa har kimning o‘zida qolmoqda.

    13 mart, 21:06   Izoh (0)   4841
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #uy#Yangihayot#aholi#murojaat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentning beshta tumani hududida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi 

    15.08.2023, 08:55

    “Daryo” dayjesti: 12-martning eng muhim xabarlari

    12.03.2024, 22:15

    Toshkentda ko‘p qavatli uy qurilayotgan joyda 3 ta shumtol daraxti ag‘anadi. Mas’ullar ekskavator haydovchisini javobgar qildi

    04.09.2024, 18:49

    O‘zbekistonda uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi

    23.09.2024, 19:01

    Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi “Xushnud” mahallasida bo‘lib, aholi hayoti, hududdagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

    23.11.2024, 18:29

    Toshkentning “Sputnik” massivini yangilash ishlari boshlandi

    27.11.2024, 19:15

    Kimdir rozi, kimdir esa yo‘q: Yangihayotdagi 409 ta yog‘och uy buziladi, eski uylar o‘rnida 72 gektar maydonga ega bog‘ yaratilishi aytilmoqda (video)

    27.11.2024, 20:19

    Yangihayot hokimi “Sputnik”dagi yog‘och uylar qachon buzilishi va aholi qayerga ko‘chirilishiga aniqlik kiritdi 

    28.11.2024, 17:03

    “Kimdir shu yerda qolaman desa, buzilishga tushmagan 9 qavatli uylardan taklif qilinishi mumkin” — Toshkent Invest mas’uli “Sputnik”dagi yog‘och uylar haqida

    28.11.2024, 19:48

    Samarqand viloyatida o‘zgargan hokim, Buxoroda gaz portlashi oqibatida vafot etgan ota-ona, “Sputnik”dagi yog‘och uylar taqdiri: 28-noyabrning eng muhim xabarlari

    28.11.2024, 22:46

    Toshkentda yangi qurilgan uyda aholi gaz ta’minotisiz yashayotgani bo‘yicha munosabat bildirildi

    16.12.2024, 12:55

    O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylar qurilishi yuzasidan murojaatlar soni ko‘paydi

    23.12.2024, 13:35

    Sergeli aholisiga yo‘l kerak. Yangihayot hokimligi ular foydalanib turgan yagona yo‘lni ham buzib tashladi (video)

    23 yanvar, 19:45

    Toshkentda mashina yonib ketdi

    2 fevral, 22:01

    “Buni kasb qilib olganlar ham bor”. Poytaxt hokimi o‘rinbosari yolg‘izligini pesh qilib, boqimandalik qilayotgan ayollar haqida

    3 mart, 18:16

    British Management University 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul boshlanganini eʼlon qiladi

    12 mart, 19:47

    Tramp Oq uyni Tesla avtomobillari shou-rumiga aylantirdi

    12 mart, 15:02

    Toshkentda lift ichida odamlar bilan tushib ketdi — video

    12 mart, 15:43

    “Sumerki” filmi yulduzi Maykl Shin 900 nafar Angliya fuqarosining kredit qarzlarini to‘lab berdi

    13 mart, 13:57

    Uy ilinjida: Surxondaryoda 6 farzandning onasi chaqalog‘ini 62 mln so‘mga sotayotganda ushlandi (video)

    12 mart, 18:20

    AQSH prezidenti falastinlik talabani deportatsiya qilmoqchi edi. Sud buni vaqtincha to‘xtatdi

    12 mart, 19:45

    Tramp matbuot kotibi bojlar oshirilganiga e’tiroz bildirgan jurnalistni haqoratda ayblab, janjallashdi

    12 mart, 20:03

    Toshkentning ikki tumanida avtomatik havo monitoringi stansiyalari o‘rnatildi

    12 mart, 21:20

    Hududlarda sodir bo‘lgan zilzila, ichida odamlar bilan tushib ketgan lift, noqonuniy kesib tashlangan 103 tup daraxt: 12-martning eng muhim xabarlari

    12 mart, 23:30

    “AQSH rasmiylari Moskvaga jo‘nab ketdi” — Tramp

    13 mart, 10:10

    O‘z talabini o‘zi buzgan prokuror, Sirdaryoda bellashgan xitoyliklar – hafta tenderlariga nazar

    13 mart, 12:15

    O‘zbekistonlik mashhurlarning taniqli kelinlari (foto)

    13 mart, 15:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev Ko‘kdala tumani maʼmuriy markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:09

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Titanik bo‘laklari orasidan qora shishadan yasalgan marjon topildi

    Dunyo | 20 iyun, 19:00

    Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:50

    Dunyoning eng badavlat modeli Kendall Jenner sarvqomat bo‘lish uchun qanday nonushta qiladi?

    Go‘zallik | 20 iyun, 18:45

    Netanyaxu AQSHni Eron bilan urushga tortish uchun Trampni aldamoqda — OAV

    Dunyo | 20 iyun, 18:40

    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi

    Reklama | 20 iyun, 16:30

    Farg‘onada MIB mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.