• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston—Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi

    Parijga tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev Fransiya ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev 2018 va 2022-yillarda ushbu mamlakatga rasmiy tashriflari hamda 2023 yilgi Samarqand sammitida ham Fransiya tadbirkorlari bilan uchrashgan edi. Forum ushbu ochiq va konstruktiv muloqotning davomi bo‘ldi. Bu galgi uchrashuv unda O‘zbekistonning xususiy kompaniyalari rahbarlari va vakillari ham ishtirok etgani bilan ajralib turadi.

    Tadbirda Fransiyaning tashqi savdo va xorijdagi fransuz fuqarolari ishlari bo‘yicha vazir-delegati Loran Sen-Marten, Fransiya taraqqiyot agentligi bosh direktori Remi Riu, MEDEF International rahbari — Orano Mining kompaniyasi boshqaruvi raisi Klod Imoven, shuningdek, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari, investitsiya va bank-moliya institutlarining 60 dan ortiq rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Fransiya biznesi tomonidan SUEZ, Veolia, Total, EDF, Voltalia, Orano, Meridiam, Saint-Gobain, Imerys, Natixis, Société Générale, BPI France, Airbus, MND, Eiffage, Schneider Electric, Total Energies, Alstom, Technip Energies, Egis, ADP Group, Ellipse Projects,  Assystem, ATR va boshqa kompaniyalar qatnashdi.

    Davlat rahbari o‘z nutqida Emmanuel Makron bilan o‘tgan samarali muzokaralarni yuksak baholab, ishbilarmonlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

    Uchrashuvning asosiy natijasi sifatida O‘zbekiston—Fransiya munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish haqida tarixiy qaror qabul qilindi. Ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi. Fransiya ishbilarmon doiralari vakillariga Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas iqtisodiy islohotlar strategiyasini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2025-yil yanvar oyida MEDEF tarkibidagi yirik kompaniyalar rahbarlarining Toshkent shahriga tashrifi natijalari yuksak baholandi. Fransiya kompaniyalari bilan O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik tarmoqlarida qator qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Ushbu mamlakat investitsiyalarini faol jalb etish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, Fransiya korxonalarining yechimlari, to‘plangan katta tajriba va bilimlarini qo‘llashdan O‘zbekiston manfaatdor.

    O‘zbekiston prezidenti Fransiya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi. Fransiya kompaniyalari bilan 2027-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan innovatsion va sanoat kooperatsiyasi dasturi bunga xizmat qiladi. Unga umumiy qiymati 6,5 milliard yevro bo‘lgan aniq yo‘nalish va loyihalar kiritilgan.

    Dasturni amalga oshirish doirasida Fransiyaning yetakchi bank va moliya tashkilotlarini faol jalb qilgan holda biznes tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali vositalari keng joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari muhim mineral resurslarning istiqbolli konlarini o‘zlashtirish va ularni chuqur qayta ishlash, qurilish materiallari, kimyo va farmatsevtika tarmoqlari, elektrotexnika sanoati, qishloq xo‘jaligida zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish va boshqalarni O‘zbekiston—Fransiya ishbilarmonlik hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatib o‘tdi.

    Energetikada energiya ishlab chiqarish va saqlash quvvatlarini kengaytirish, O‘zbekiston hududlarida suv xo‘jaligi, kommunal, turizm, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamkorlikni rivojlantirishda katta salohiyatga ega.

    “Ikki mamlakat kompaniyalari ishtirokidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirish maqsadida doimiy faoliyat yuritadigan O‘zbekiston—Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qilaman. Biz tomondan unga O‘zbekiston bosh vaziri rahbarlik qiladi. Birinchi uchrashuvni iyun oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazishimiz mumkin. Barchangizni tashkil etilayotgan kengashning to‘la huquqli a’zosi sifatida bo‘lajak tadbirda faol ishtirok etishga taklif etaman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    O‘z navbatida, Fransiya ishbilarmon doiralari vakillari hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq taklif va rejalarini bayon qildi.

    Davlat rahbari ishbilarmon doiralar vakillariga muvaffaqiyatlar tilab, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari” asosida erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Biznes-forumdan lavhalar

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi haqida

    O‘zbekiston prezidenti 11-fevral kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Parij shahriga keldi. 12–mart kuni Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘libdi o‘tdi. So‘ng Yelisey saroyida Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron muzokaralar o‘tkazdi. Unda davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida tarixiy qarorga keldi.

    Muzokaralar yakunida prezidentlar Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi. Davlat rahbarlari huzurida Mutaxassislar va talabalar harakatchanligi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim almashildi. Shuningdek, bir qator bitimlar imzolandi.

    Yelisey saroyidagi oliy darajadagi uchrashuv chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronga fransuz yozuvchisi Viktor Gyugoning o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Kulayotgan odam” romanining ilk nusxasini sovg‘a qildi. Ushbu kitob ommaviy nashrdan chiqishi va tez orada kitobxonlar eʼtiboriga havola etilishi kutilmoqda.
     
    Tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning oliy mukofoti — Faxriy legion ordeni bilan mukofotlandi. Fransiyada ushbu orden alohida xizmatlarning davlat darajasida e’tirof etilishi va shon-sharafning eng yuqori belgisi hisoblanadi.
    13 mart, 09:13   Izoh (0)   2167
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #O‘zbekiston—Fransiya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Parijda O‘zbekiston turizm forumi tashkil etildi (fotolar)

    10 mart, 17:44

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

    10 mart, 20:09

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Fransiyaga jo‘nab ketdi

    11 mart, 15:44

    Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi davomida energetika masalalari muhokamada asosiy o‘rinni egallaydi — Le Figaro

    11 mart, 13:22

    O‘zbekistonning Andorradagi birinchi elchisi tayinlandi

    11 mart, 14:03

    Parijda O‘zbekiston–Fransiya taʼlim anjumani o‘tkazildi (foto)

    11 mart, 14:50

    Xizmat avtomobilini Malibu’ga almashtirgan bosh vazir, Humo boshqaruvi raisi lavozimidan ketgan Shuhrat Qurbonov, “Navoiy azot”dagi portlashda halok bo‘lgan bir ki...

    11 mart, 23:45

    Shavkat Mirziyoyev Parijga yetib bordi (foto)

    12 mart, 00:44

    Fransiya—O‘zbekiston biznes-forumida 20 dan ortiq bitim va shartnomalar imzolandi

    12 mart, 13:47

    Shavkat Mirziyoyev Fransiyada YUNESKO bosh direktorini qabul qildi

    12 mart, 15:22

    Parijdagi Faxriylar uyida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    12 mart, 20:59

    Emmanuel Makron Shavkat Mirziyoyevga Fransiyaning Faxriy legion ordenini topshirishi kutilmoqda

    12 mart, 21:18

    O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatiladi

    12 mart, 21:54

    O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? Ro‘yxat

    12 mart, 22:41

    Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronga “Kulayotgan odam” romanining ilk nusxasini sovg‘a qildi (foto)

    12 mart, 23:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Sun’iy intellekt 2 ta superbakteriyaga qarshi antibiotik yaratdi

    15 avgust, 12:02

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    OCHL 2 musobaqasiga qur’a tashlandi. “Andijon”ga Qatar, Bahrayn va Turkmaniston klublari raqiblik qiladi

    Sport | 15 avgust, 13:06

    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki

    Reklama | 15 avgust, 12:00

    Janubiy Koreya prezidenti KXDR bilan “harbiy ishonch” o‘rnatmoqchi

    Dunyo | 15 avgust, 12:53

    “Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz bo‘lish ehtimoli 25 foiz” — Tramp

    Dunyo | 15 avgust, 12:53

    Qoraqalpog‘iston Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 12:41

    Yevropa ittifoqi Isroilni yangi aholi punktlari qurilishini to‘xtatishga chaqirdi

    Dunyo | 15 avgust, 12:35

    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi

    Reklama | 15 avgust, 10:30

    Dam olish kuni O‘zbekistonga nisbatan salqin havo kirib keladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 12:17

    “Yuventus” hujumchisiga “Barselona” va “Nyukasl” da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 15 avgust, 12:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.