• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12892.91
    • RUB160.34
    • EUR14512.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Toshkentda uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi tushdi

    Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylarga investitsiyalarning daromadliligi tahlil qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Unga ko‘ra, 2025-yil aprelida poytaxtda uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi 6,2 foizgacha tushdi (2024-yil aprelda — 27,8 foiz). Bunda, mazkur davrda ijaradan keladigan o‘rtacha daromad 10,9 foizdan 8,5 foizgacha kamaygan bo‘lsa, uy-joylarning o‘rtacha narxi 2,4 foiz arzonladi.

    Lekin uy-joyga investitsiyalar daromadliligi ko‘chmas mulkning joylashgan hududi va xonalar soniga qarab bir-biridan sezilarli farqlanadi:

    • 1 xonali: Shayxontohur — 25,1 foiz (2024-yil aprel — 41,4 foiz), Mirobod — 0,4 foiz (24,7 foiz);
    • 2 xonali: Yakkasaroy — 16,2 foiz (12,1 foiz), Uchtepa — -2,0 foiz (27,1 foiz);
    • 3 xonali: Yakkasaroy — 16,8 foiz (27,0 foiz), Uchtepa — 1,6 foiz (23,6 foiz);
    • 4 xonali: Yakkasaroy — 15,6 foiz (25,2 foiz), Olmazor — -2,5 foiz (21,3 foiz).

    Uy-joylar narxi o‘zgarishidan olinadigan daromad

    2024-yilning aprel oyida Toshkent shahrida uy-joy xarid qilib, joriy yil aprel oyida ushbu uyni sotishga to‘g‘ri kelgan investorlar bir yil ichida uy-joylar bozor qiymatining pasayishi sababli uyni xarid narxidan o‘rtacha 2,4 foiz kamiga realizatsiya qilishga majbur bo‘ldi. Xususan, ushbu ko‘rsatkich Uchtepa tumanida 7,4 foizni, Yunusobod tumanida 4,4 foizni, Olmazor tumanida 4,2 foizni tashkil qildi.  Lekin Toshkent shahrida nisbatan qimmat uy-joylar joylashgan tumanlardan Shayxontohur va Yakkasaroyda uy-joy narxi o‘zgarishidan ko‘rilgan foyda o‘rtacha 6 foizni tashkil etdi.

    Uy-joylarni ijaraga berishdan olinadigan daromad

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2025-yilning aprelida Toshkent shahrida uy-joylar ijarasidan olinadigan o‘rtacha daromad pasayishda davom etdi. 2024-yilning aprel oyida o‘rtacha daromadlilik 10,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilning aprel oyiga kelib ushbu ko‘rsatkich 8,1 foizgacha pasaydi.  Mazkur davrda, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha daromadlilik Mirobodda 9,2 foiz (2024-yil aprel oyida — 11,2 foiz) va Shayxontohurda 8,9 foiz (12,6  foiz) qayd etildi.

    Daromadlilik darajasi bo‘yicha investitsion jozibadorligi yuqoriroq bo‘lgan 1 va 2 xonali xonadonlar uchun daromadlilik darajasi mos ravishda 8,5 foiz va 6,3 foizgacha tushdi. 2025-yil yanvar oyida ushbu ko‘rsatkichlar 14,3 foiz va 7,5 foizni tashkil etib, 2024-yilning aprel oyiga (mos ravishda 30,2 foiz va 25,5 foiz) nisbatan sezilarli darajada kamaygan edi. Shuningdek, joriy yil aprel oyida 3 va 4 xonali xonadonlar uchun daromadlilik ko‘rsatkichi 6,7 foiz va 3,3 foizgacha kamaydi (2024-yil aprelda — 24,9 foiz va 30,6 foiz).

    Bank depozitlari daromadlilik darajasi

    2024-yil aprelidan 2025-yilning aprel oyigacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 5,1 foiz atrofida tebranib turgan bo‘lsa, milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 22  foizni tashkil etgan. Ushbu raqamlar, bir tomondan, uy-joyning investitsiyaviy daromadliligi jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi muddatli depozitlaridan olinadigan o‘rtacha daromadlilikka yaqinlashayotganidan dalolat bersa, boshqa tomondan, milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari jozibadorligi oshib borayotganini ko‘rsatadi.

    2025-yil boshlarida ham Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylarga investitsiyalarning daromadliligi pasaygandi.

    Tahlillarga ko‘ra, 2017-yildan boshlab mamlakatda uy-joy qurilish sur’ati keskin oshib, uy-joy taklifi ko‘paydi. Xususan, 2010-2016 yillarda xonadon (uylar) soni 400 ming donaga ko‘paygan bo‘lsa, o‘tgan 7 yilda ushbu ko‘rsatkich 1,65 millionga ko‘paygan. 2024-yilda 100 mingdan ortiq xonadonga ega bo‘lgan ko‘p qavatli uy joylar qurilib, uylar soni 7,6 milliontaga yetdi.

    20 may, 09:16   Izoh (0)   1251
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #uy-joy#ijara#daromad

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Adliya vazirligi kvartiralardan ijarachilarni majburlab chiqarib yuborish va narxni asossiz oshirish holatlariga munosabat bildirdi

    10.10.2022, 20:12

    Toshkentda uy-joy ijarasining o‘rtacha narxi ma’lum qilindi

    11.10.2022, 20:08

    2023-yil uchun soliq siyosati va stavkalari. Nimalar o‘zgardi?

    06.01.2023, 21:29

    O‘zbekistonda oilani kam ta’minlangan deb topishda uy-joy bilan bog‘liq xarajatlari inobatga olinishi kutilmoqda

    09.01.2023, 21:06

    Ko‘chmas mulk savdosining pasayishi aniq faktmi yoki mavsumiy faktorlar natijasimi?

    06.08.2024, 16:34

    “Tanish-bilish o‘tmaydi” — Kadastr agentligi direktori fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

    08.11.2024, 09:40

    Toshkentda uy-joylarning investitsion daromadliligi pasaymoqda

    22.11.2024, 10:15

    Toshkent shahrida yanvar oyida “dom”larga investitsiyalarning daromadliligi sekinlashdi

    14 fevral, 20:54

    O‘zbekistonda buzilayotgan uy-joyning bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi

    24 fevral, 12:55

    Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli sanasi e’lon qilindi

    24 fevral, 11:48

    O‘zbekistonda harbiylarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori 20 foizga oshiriladi

    25 fevral, 15:43

    O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi joriy etiladi 

    5 mart, 20:00

    Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga tengligi aniqlandi 

    14 mart, 16:28

    Toshkentda o‘rtacha ta‘mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda – tahlil

    15 mart, 18:50

    Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi

    26 mart, 10:35

    Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga ko‘ra nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi

    9 aprel, 20:55

    Harbiy xizmatchilarga turar joyni ijaraga olganlik uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

    10 aprel, 18:15

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi 

    8 may, 22:05

    O‘zbekistonda “davlat ishi”dagilarga aprelning ikkinchi yarmi uchun qancha maosh to‘langani aytildi 

    10 may, 18:05

    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor

    13 may, 09:05

    “Botanika” turar joy majmuasi qurilishi tadbirkorlar eʼtirozi sabab to‘xtatiladigan bo‘ldi

    12 may, 19:38

    “Qorasaroy” turar joy majmuasi aholisi hududda ko‘p qavatli uy-joylar qurilayotganidan norozi. Aholiga ko‘ra bu uylarning qurilishi noqonuniy hisoblanadi

    13 may, 18:50

    O‘zbekiston hayot sifati yuqori mamlakatlar qatoridan joy oldi — reyting

    14 may, 18:07

    O‘zbekistonda 21 mlrd so‘mlik davlat xaridi noqonuniy o‘tkazilishining oldi olindi

    15 may, 19:15

    Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik aprel oyida barqaror tiklandi — tahlil

    17 may, 18:00

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi 

    19 may, 23:10
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” “Bornmut”ni mag‘lub etib, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini rasmiylashtirdi (video)

    Sport | 21 may, 08:39

    Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarligi fosh etildi

    O‘zbekiston | 21 may, 08:38

    Qimmatbaho uzuk, yaxta va 50 mln dollar tovon puli: mashhurlar sobiq sevgilisidan olgan eng qimmatbaho sovg‘alar

    Layfstayl | 21 may, 08:00

    Dunyoning mashhur modellari tongni qanday boshlaydi?

    Layfstayl | 21 may, 07:10

    Yevropa Ittifoqi Suriyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishga qaror qildi

    Dunyo | 20 may, 23:50

    Britaniya G‘azodagi operatsiya tufayli Isroil bilan savdo muzokaralarini to‘xtatdi

    Dunyo | 20 may, 23:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.