• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Yurak ko‘tara olmayapti: zamonaviy hayot tarzi infarktga chalinish xavfiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?

    Infarkt o‘ta og‘ir va hayot uchun xavfli kasallik bo‘lib, unda nekroz vujudga kelishi, ya’ni yurak to‘qimasining qon bilan yetarli ta’minlanmagani sababli mushaklarining bir qismi nobud bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha xastalikka koronar arteriyalarda xolesterin blyashkalari shakllanishi olib keladi, lekin infarktning sabablari turlicha: unga tromboz, tomirning yorilishi yoki tomirlar spazmi sabab bo‘lishi mumkin.

    Infarkt faqat yurak muammosi emas, kasallik boshqa a’zolarga ham ta’sir qilib, zanjir reaksiyasini keltirib chiqaradi. Masalan, kislorod yetishmasligi buyrak, jigar va hatto miya faoliyatining buzilishiga olib keladi. Nekroz darajasiga qarab infarkt oqibatlari yengil yoki hayot uchun xavfli holatlargacha bo‘lishi mumkin. Eng og‘ir hollarda kasallik o‘limga olib keladi.

    Albatta, irsiyat ham rol o‘ynaydi: agar ota-onada yurak bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, ularning farzandi ham kelajakda yurak xurujiga uchrashi xavfi yuqori bo‘ladi. Shunga qaramay, genetikadan ko‘ra hayot tarzi ko‘proq ahamiyatga ega. Chekishni tashlash, qon bosimini nazorat qilish, jismoniy faollik va to‘g‘ri ovqatlanish infarkt xavfini bir necha barobarga kamaytiradi.

    Yurak xurujining asosiy sabablari:

    • Ortiqcha vazn — yurak doimiy zo‘riqish holatida ishlashga majbur bo‘ladi;
    • Qandli diabet va gipertoniya — qon tomirlarini sekin-asta yemiradi;
    • Doimiy stress va xavotir — organizmda kortizol darajasini oshirib, yurakka zarar yetkazadi;
    • Xolesterin — qon tomirlarida blyashka hosil qiladi, bu esa infarktga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘ldir.

    Yurak salomatligi uchun eng foydali narsa sport va jismoniy faol hayot tarzidir. Yugurish, suzish, velosiped haydash yoki shunchaki yurish qon bosimini tushiradi, qon tomirlarning elastikligini oshiradi hamda tana vaznini me’yorda ushlaydi. Muhimi, mashqlarni muntazam bajarishdir: haftada bir marta sport bilan shug‘ullanish emas, har kuni 30 daqiqa sportga vaqt ajratish ko‘proq samara beradi.

    Tamaki mahsulotlari yurak uchun ikki karra xavf tug‘diradi: ular qon tomirlarini toraytiradi, qon bosimini oshiradi va yurakni zo‘riqtirib qo‘yadi. Sog‘lom ovqatlanish ham yurak uchun muhim: sabzavot va mevalarga boy, donli mahsulotlar, foydali yog‘lar (baliq) iste’mol qilish, tuz va shakarni cheklash ateroskleroz va gipertoniyadan asraydi.

    Stress — ko‘rinmas xavf

    Foto: Shutterstock
    Foto: Shutterstock

    Har bir inson uchun bugungi kunda stress odatiy holga aylangan, ammo organizmning doimiy tushkunlik va asabiylik holatida bo‘lishi oddiy charchoq bilan tugamaydi. Stress qon ivish darajasi o‘zgarishiga, uyquning buzilishiga, ruhiy tushkunlikka ham olib keladi. Meditatsiya, sport, ijtimoiy yordam va psixologik maslahatlar stressni yengishda samarali vositadir.

    Infarkt belgilari

    • Ko‘krak qafasida kuchsiz og‘riq (u jiddiy qabul qilinmasligi mumkin);
    • Tez charchash, nafas qisishi, bel, chap qo‘l yoki bo‘yinda og‘riq;
    • Nafas yetishmovchiligi;
    • Sovuq ter, ko‘ngil aynishi, qayt qilish;
    • Umumiy holsizlik, xavotir yoki o‘limdan qo‘rqish hissi;
    • Yoshi katta bemorlarda — qorin sohasida noqulaylik, qon bosimining tushib ketishi, bosh aylanishi yoki hushdan ketish kabi holatlar ham bo‘lishi mumkin.

    Agar sizda yuqoridagi alomatlardan birortasi bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

    Tavsiyalar

    Foto: Pinterest
    Foto: Pinterest

    Ofisda egri o‘tirib ishlash nafaqat umurtqaga zarar yetkazadi, balki qon aylanishini ham buzadi. To‘g‘ri holatda o‘tirishga harakat qilish yurak salomatligi uchun muhimdir.

    Suv ichish tartibiga e’tiborli bo‘lish kerak. Suvga magniy, kaliy, kalsiy kabi foydali moddalarga boy biologik qo‘shimchalarni (BFQ) qo‘shish yurak mushaklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

    40 yoshdan so‘ng organizmda koenzim — Q10 darajasi pasaya boshlaydi. Ushbu modda yurakning energiya ishlab chiqarishida muhim rol o‘ynaydi.

    Agar jismoniy faollik vaqtida yurakda og‘riq yoki stressdan so‘ng qon bosimi ko‘tarilishi sezilsa, yurakni tekshiruvdan o‘tkazish kerak. 40 yoshgacha — har 2-3 yilda bir marta EKG, xolesterin va qand ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, 40 yoshdan keyin esa har yili umumiy tekshiruvdan o‘tish zarur.

    19 may, 16:53   Izoh (0)   1701
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #salomatlik#yurak#infarkt#insult#diabet#stress

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yurakni asrang: infarkt xavfini bir necha barobar oshiradigan 6 ta kasallik

    10.07.2023, 10:40

    Shokolad, asal va baliq: ayollar uchun eng foydali bo‘lgan 13 xil mahsulot

    24.07.2023, 13:40

    Yuragingizga vaqti-vaqti bilan quloq tuting: qon bosimini o‘lchab yurish nima uchun muhim?  

    24.08.2023, 15:52

    Infarkt, insult va depressiya: ayollarda erkaklarga qaraganda ko‘proq uchraydigan kasalliklar

    19.11.2023, 17:34

    Yurak-qon tomir kasalliklari bor insonlarga ro‘za tutish tavsiya etiladimi? Mutaxassis tushuntirish berdi

    30.03.2024, 13:12

    Saraton, ateroskleroz, aritmiya: tashqi belgilarsiz kechadigan 5 ta xavfli kasallik

    01.05.2024, 10:41

    Qon bosimini o‘lchashdagi yuqori va pastki ko‘rsatkichlar nimani anglatadi?

    14.08.2024, 11:40

    Kechalari tez-tez qon bosimi ko‘tarilsa, nima qilish lozim?

    04.10.2024, 11:50

    Ayollarda infarktning noodatiy belgilari: bunday paytda nima qilish kerak?

    21.11.2024, 18:57

    Yangi yil dasturxonidan o‘rin oladigan baliq ikrasi qanday foydali xususiyatlarga ega?

    31.12.2024, 16:50

    Nima uchun kechalari qon bosimi ko‘tariladi va bunga qanday chora ko‘rish lozim?

    21 yanvar, 18:35

    Mukammal qomatga erishish yo‘lida anoreksiyaga duchor bo‘lgan jahon yulduzlari

    9 aprel, 20:15

    Qaysi mahsulotlar yurak uchun foydali? Kardiologdan muhim tavsiyalar

    8 aprel, 20:25

    Haydovchilar salomatligiga zarar yetkazadigan 5 ta yomon odat

    12 aprel, 13:00

    Superfudlar: Chia, qovoq urug‘i va spirulinaning qanday foydali xususiyatlari bor?

    15 aprel, 22:30

    Har kuni iste’mol qilish mumkin bo‘lgan foydali shirinliklar

    14 aprel, 15:35

    Sog‘lom bo‘lishning eng oson usuli — yurishni foydaliroq qilishga yordam beradigan tavsiyalar 

    17 aprel, 12:41

    Dunyodagi eng qimmat yong‘oqlardan biri — makadamiya nimasi bilan foydali?

    14 may, 14:04

    Oyoqlarga qarab yurak kasalliklarini aniqlash mumkin

    8 may, 14:55

    Jigar, yurak va oshqozon dushmanlari: qaysi oziq-ovqat mahsulotlari birga yeyilmasligi kerak?

    15 may, 11:05

    Ularning miyasi boshqacha ishlaydi: millionlab kishilarning sevimlisiga aylangan 6 mashhur shaxs

    19 may, 08:55

    Egizaklar bir xil narsalarga allergik bo‘ladimi?

    17 may, 17:35

    Arnold Shvarseneggerning o‘g‘li birgina mahsulotdan voz kechib, 14 kiloga ozdi

    18 may, 14:55

    Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikdan qutulish uchun psixologdan tavsiyalar

    17 may, 16:35

    Olimlar uzoq uyquning kutilmagan zararini aniqladi

    15 may, 23:20

    Buyuk Britaniyada semiz bolalarga vaznni ko‘rsatmaydigan tarozi beriladi

    16 may, 15:05

    Olimlar musiqa yordamida ozishning yangi usulini kashf etdi

    17 may, 13:40

    Qonni suyultirish nimaga kerak va u qachon zararli bo‘lishi mumkin?

    17 may, 11:50

    Miyani zaharlaydi: xotirani susaytiradigan va fikrlash tiniqligini yo‘qotadigan mahsulotlar haqida ogohlantirish berildi

    17 may, 21:25

    Bolangizga vitaminli marmeladlar berasizmi? Ota-onalar bilishi kerak bo‘lgan haqiqatlar 

    17 may, 19:39

    Dunyoda ilk marta inson qovug‘i ko‘chirib o‘tkazildi

    18 may, 21:16

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    18 may, 23:00
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Harvi Vaynshteyn Gollivud yulduzlarining asl yuzini fosh etadigan kitob yozmoqchi

    Kino | 17 iyun, 19:45

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” sanoat va infratuzilma makoni" uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishni taklif qildi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 19:30

    Instagram’dagi sahifasidan ham mo‘may pul ishlab topadigan hindistonlik mashhurlar

    Layfstayl | 17 iyun, 19:15

    “Andijon do‘ppisi” geografik ko‘rsatkich sifatida patentlandi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 19:05

    Vaqtingizga achinmaysiz: 2025-yilning birinchi yarmida namoyish etilgan eng sara koreys doramalari

    Layfstayl | 17 iyun, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.