Yozda quyosh nurlari teriga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli, issiq havo va quyoshning kuchli ta’siridan terini himoya qiluvchi SPF kremlar juda muhimdir. Maqolada har xil turdagi 8 ta eng yaxshi SPF vositalari jamlandi.

Quyoshdan himoya qiluvchi SPF kremlar ikki turga bo‘linadi. Birinchisi — kimyoviy filtrli kremlar. Ular terida to‘siq hosil qilib, quyosh nurlarini qaytaradi. Agar mahsulot tarkibida sink oksidi va titan oksidini ko‘rsangiz, u fizik filtr hisoblanadi. Bunday vositalar terining sezgir joylari uchun ham mos keladi. Ammo kamchiligi shundaki, ularni har 4 soatda yangilash kerak bo‘ladi. Ikkinchisi — kimyoviy filtrli kremlar. Ular taxminan 8 soat davomida ta’sir qiladi. UV-nurlanishni yutib, neytrallashtiradi va bu filtr turlari quyosh ta’siriga chidamlidir. Ba’zi ishlab chiqaruvchilar aralash formulalarni yaratadi, ular sezgir teriga mos va tez-tez surtishni talab qilmaydi.
Anua nomli SPF vositasi
Kimyoviy filtrlar

Krem tarkibida zamonaviy K-beauty mahsulotlaridan biri — xauttuyniya ekstrakti bor. U terining yallig‘lanishini kamaytiradi, tiklanishga yordam beradi va antioksidant sifatida ishlaydi. Shuningdek, tarkibida teri tonini tekislovchi niatsinamid va tonus beruvchi kofe ekstrakti ham bor. Mahsulot engil, kun bo‘yi terida yog‘li porlash qoldirmaydi.
Koreyaning kosmetika brendi ostida chiqqan krem SKIN & LAB
Aralash filtrlar

Teri uchun mo‘ljallangan quyuq krem kushon ko‘rinishida bo‘lib, bir tekis surtilishi oson. Uni kun davomida osonlik bilan yangilab turish mumkin. Yuqori UV-himoya darajasi bilan birga tarkibida terini namlantiruvchi keramidlar va gialuron kislotasi ham bor.
Tocobo nomli SPF krem
Aralash filtrlar

Ushbu stikda yog‘ni tartibga soluvchi kompleks bor, shuning uchun yog‘li va yallig‘langan teriga mos keladi. Mat va yengil teksturaga ega bo‘lib, makiyaj uchun mukammal vosita hisoblanadi.
Skin Aqua — quyoshdan himoya qiluvchi vosita
Kimyoviy filtrlar

Skin Aqua — Yaponiyadan kelgan farmatsevtika brendi bo‘lib, quyoshdan himoya qilish uchun ajoyib mahsulotdir. Teriga yengil surtiladi va tez quriydi. Mahsulot hajmi oddiy quyoshdan himoya vositalariga qaraganda ikki barobar ko‘p, ishlatish uchun ozgina miqdor yetarli. Yuz va tana uchun ham qulay.
Geltek SPf kremi
Kimyoviy filtrlar

Quyoshdan himoya qiluvchi krem hajmi katta, shu sababli u yoz davomida yetishi mumkin. Bu brend ostidagi krem Rossiyada ishlab chiqarigan. Mahsulotning yengil tuzilmasi yog‘siz bo‘lib, yuzdagi teshikchalarga kirib qolmaydi. Krem juda sezgir, bolalar terisi uchun va agressiv kosmetik aralashuvlardan keyin ham mos keladi.
UV Essential Shield
Aralash filtrlar

Mahsulot yengil teksturaga ega bo‘lib, teriga tez so‘riladi va iz qoldirmaydi. Tarkibida guruch, arpa va soya urug‘i ekstraktlari bor. Ular terini yoshartirish va pigment dog‘larini kamaytirishda yordam beradi.
IOPE UV Shield serumi
Kimyoviy filtrlar

Yengil mahsulot izlovchilar uchun ajoyib variant. Suvga o‘xshash serum teriga bir tekis surtiladi va nozik himoya yaratadi.
d’Alba Waterfull Essence quyosh kremi
Kimyoviy filtrlar

d’Alba kremining barcha formulalari Italiyadagi Alba shahridan olingan oq truffel asosida tayyorlanadi. Ushbu ingredient C, PP, B guruhi vitaminlari, minerallar, antioksidantlar va yog‘li kislotalarga boy. Quyoshning xavfli UV-nurlaridan himoya qilishdan tashqari, kremda HEV-filtrlar mavjud bo‘lib, ular terini gadjetlardan taralayotgan nurlardan himoya qiladi.
Izoh (0)