• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Yozda yuz terisini parvarish qilish bo‘yicha foydali yo‘riqnoma

    Ushbu oddiy maslahatlar issiqlik va quyoshdan himoyalanishga yordam beradi, deb yozmoqda Lifehacker nashri.

    Foto: Lifehacker

    Nega teri yozda alohida parvarishga muhtoj?

    Issiqda bezlar ko‘proq yog‘ va ter ajratadi, epidermis yuzasida joylashgan bakteriyalar issiqlikni yaxshi his qiladi va intensiv ravishda ko‘payadi. Shuning uchun hatto, quruq teri ham yaltirab turadi va ko‘proq toshmalar paydo bo‘ladi.

    Quyosh tufayli kuyish xavfi ortadi. Ayniqsa, kosmetika va parfyumeriya vositalaridan foydalansangiz, quyoshga sezgirlikni oshiradigan moddalar — fotosensibilizatorlar kuchayadi.

    Ultrabinafsha nurlari o‘sma kasalliklarning rivojlanishini qo‘zg‘atadi: melanoma kabi bir necha turdagi teri saratoni xavfi ortadi.

    Shuningdek, yozda ajinlar va pigment dog‘lar paydo bo‘ladi. Teri shikastlangan joylarda kuchliroq quyosh urishi kuzatiladi. Bu yallig‘lanishdan keyingi giperpigmentatsiya deb ataladi.

    Buning sababi shundaki, har qanday jarohat, jumladan, kosmetik muolajalar paytida olingan, mahalliy yallig‘lanishga olib keladi. Shu sababli terida melanotsitlar — pigmentatsiya uchun mas’ul bo‘lgan hujayralarni rag‘batlantiradigan turli xil moddalar chiqariladi. Ular faolroq ishlay boshlaydi va teriga rang beradi.

    Bundan tashqari, teri shikastlanganda epidermis hujayralari halok bo‘ladi, ulardan pigment chiqariladi, u quyida joylashgan qatlamlarga o‘rnashadi. Bundan ba’zi joylar ham qorayadi.

    Yozda teriga nima kerak?

    Ob-havo ozgarishi bilan ehtiyojlar ham ozgaradi. Qishda ishlatilgan kosmetika endi mos kelmaydi. Zich to‘qimalar tufayli teshiklar berkilib qoladi va tez-tez yallig‘lanadi.

    Himoya

    Teri saratonining boshqa xavfli kasalliklarga qaraganda oldini olish osonroq. Uning rivojlanish xavfini kamaytirish uchun ultrabinafsha nurlanishiga sezgir epidermisni himoya qilish kifoya. Bundan tashqari, bu uni kuyishdan, erta qarishdan va qorayishdan qutqaradi.

    Amerika Dermatologiya akademiyasi suv o‘tkazmaydigan quyosh kremini tavsiya qiladi, chunki yozda odamlar ko‘proq terlaydi. SPF kamida 30 bo‘lishi va ko‘chaga chiqishdan kamida 15 daqiqa oldin qo‘llanilishi kerak, shunda uning so‘rilishi uchun vaqt bo‘ladi.

    Suvga asoslangan kremni qo‘llagan afzalroq, chunki teri berkilib qolmaydi va kamroq toshmalar paydo bo‘ladi.

    Antioksidantlar shikastlanishdan qo‘shimcha himoya qiladi. Ular quyosh nurlarini to‘sib qo‘ymaydi, balki hujayralarning tiklanishiga yordam beradi.

    Quyidagi kompozitsiya bo‘lsa yanada yaxshi:

    • E vitamini (tokoferil asetat);
    • C vitamini (askorbin kislotasi);
    • Resveratrol (resveratrol dimetil efir);
    • Chernika mevalari ekstrakti (meva ekstrakti), arnika (gul ekstrakti), acerola (meva ekstrakti), ko‘k choy (ko‘k choy, barglari ekstrakti) va boshqa o‘simliklar;
    • Suv o‘tlari ekstraktlari.

    Namlantiruvchi

    Yozda terini namlash qishdagidan kam emas. Teri yarqirashining kuchayishi tufayli yuz yoki tanani quritish kerakdek tuyulishi mumkin, ammo bu aldamchi hissiyot. Yog‘lilik va gidratsiya turli xil xususiyatlardir, shuningdek, haddan tashqari quritib yuborilgan teri yanada yog‘li bo‘ladi.

    Yengil gel teksturali suvga asoslangan kremlarni tanlang, parvarishingizga gialuron kislotasi bilan sarum va essensiyalarni qo‘shing.

    Yengil tozalash

    Issiqlik tufayli kuchli mahsulotlar noqulaylik va teri ifloslanganligi hissini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun hatto tozalovchi ham yengilroq tanlanishi maqsadga muvofiq. Misol uchun sut yoki kremli vosita o‘rniga ko‘pikdan foydalaning. Ammo bu yozda kamroq tozalash kerak degani emas.

    Toshmalar paydo bo‘lishining sabablaridan biri — o‘lik hujayralar bilan yog‘ bezlarining kanallarini tiqilib qolishidir. Yozda ko‘proq bakteriyalar va yog‘ bo‘lgani sababli yallig‘lanishni qo‘zg‘atmaslik uchun vaqti-vaqti bilan terini ohista harakatlar bilan tozalash kerak.

    Piling va kislotali tozalash ham yozda qo‘llanilishi mumkin, ammo ehtiyotkorlik bilan. Ularni kamroq va faqat kechqurunlari ishlatgan ma’qul, kun davomida ko‘proq quyosh kremini qo‘llash kerak.

    Qanday moddalardan ehtiyot bo‘lish kerak?

    Ba’zi moddalar teriga shikast yetkazishi va yallig‘lanishdan keyingi giperpigmentatsiyaga olib kelishi yoki ultrabinafsha nurlarga sezgirlikni oshirishi, kuyishga olib kelishi mumkin.

    Kislotalar

    Kislotalar odatda AHA (alfa gidroksi kislotalar) va BHA (beta gidroksi kislotalar) ga bo‘linadi. Birinchi guruhga, masalan, bodom, glikolik, piruvik kiradi. Ikkinchisiga — salitsil.

    Ikkalasini ham ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Ular teriga zarar yetkazadi, ya’ni ajin va toshmalar bilan birga giperpigmentatsiyaning qora dog‘larini qoldirishi mumkin.

    Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, PHA — polihidroksi kislotalar: laktobionik, glyukonolakton yozda xavfsizdir. Ammo bu borada hali hech qanday notijorat tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

    Retinoidlar

    Bu vitamin A hosilalari guruhidir. Hujayralar, masalan, terida faqat retinoik kislota uchun retseptorlar mavjud, qolgan moddalar unga aylanish va hujayra ichiga kirish uchun murakkab kimyoviy o‘zgarishlardan o‘tishi kerak. Reaksiyalar paytida ba’zi moddalar har doim “yo‘qolib qoladi”. Shuning uchun qanchalik ko‘p bosqich kerak bo‘lsa, shunchalik kam “tayyor mahsulot” olasiz.

    Ushbu birikmalar ta’sir kuchida, ya’ni faol shaklga o‘tish sonida farqlanadi:

    • Retinol asetat (retinilatsetat);
    • Retinol palmitat (retinil palmitat);
    • Retinol (retinol);
    • Retinaldegid / retinal (retinaldegid / retinal);
    • Retinoik kislota / tretinoin (retinoik kislota / tretinoin).

    Butun guruh fototoksiklikka, ya’ni yorug‘likda zararli xususiyatlarga ega bo‘ladi, shuning uchun yozda ulardan foydalanmagan ma’qul.

    Agar davolanish sifatida maz yoki tabletkalar shaklida mahalliy yoki tizimli retinoidlar buyurilgan bo‘lsa, himoya vositalaridan foydalanishingiz va quyosh nurida uzoq vaqt bo‘lishdan qochishingiz kerak.

    Retinoik kislota esteri — granaktiv retinoid bo‘lgan mahsulotlar mavjud bo‘lib, ular quyoshga sezgirlikni oshirmaydi. Ammo notijorat tadqiqotlar hali o‘tkazilmagan, shuning uchun bu marketing hiylasi yoki yozgi qutqaruvchi — yakdil xulosaga kelish qiyin.

    Efir moylari

    Ular fotosensibilizatsiya xususiyatiga ega, ya’ni ultrabinafsha nurlarga sezgirlikni oshiradi va kuyishga olib kelishi mumkin. Avvalo, ushbu sitrus moylari, masalan, bergamot yoki laym uchun amal qiladi.

    Shuning uchun cho‘milish havzalariga borishdan oldin, parfyumli dezodorant yoki parfyumsiz vositani ishlatgan ma’qul.

    Qanday tartib-qoidalardan ehtiyot bo‘lish kerak?

    Teri shikastlanishi bilan bog‘liq muolajalarni keyinga qoldirgan afzalroqdir.

    Kimyoviy piling

    Hatto, yuzaki pilingdan oldin va keyin kuchli quyosh urishidan himoyalanish kerak, chunki teri juda sezgir bo‘lib, pigment dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin.

    Lazer bilan qayta tiklash

    Ushbu yoshartiruvchi davolash jarayonida lazer terining yuqori qatlamini olib tashlaydi va hujayra o‘sishi va kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun pastki qatlamlarni qizdiradi. Teri juda kuchli shikastlanganligi sababli, giperpigmentatsiya xavfi yanada yuqori bo‘ladi. Shifokorlar muolajadan ikki oy oldin quyoshga ko‘p ta’sir qilishni tavsiya etmaydi.

    Inyeksiya muolajalari

    Har qanday “go‘zallik inyeksiyalari” terining qorayishiga olib kelishi mumkin. Bu, ayniqsa, qoramag‘iz teriga ega odamlarda seziladi. Shu bois bunday muolajalardan oldin quyosh ta’siridan qochish va ulardan keyin quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.

    21.06.2023, 16:28   Izoh (0)   6751
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kam harakatlilik va tekshiruvlardan o‘tmaslik: yuzda ajin paydo bo‘lishiga olib keladigan kundalik odatlar

    19.04.2023, 15:39

    Yuz, tana va sochni quyoshning zararli nurlaridan himoya qilish uchun 9 ta maslahat

    20.05.2023, 19:00

    Jazirama yoz: issiq kunlarda o‘zingizni qulay his qilishingizga yordam beradigan 10 ta tavsiya

    01.06.2023, 09:30

    Qancha erta boshlasangiz, shuncha yaxshi: salomatlikka faqat foyda keltiradigan 4 ta sog‘lom odat

    21.06.2023, 09:32

    Operatsiyadan keyingi parhez: qayta oyoqqa turg‘izadigan oziq-ovqatlar

    20.06.2023, 17:33

    Pastki qovoq shishib, og‘riq kuzatilsa, uy sharoitida nima qilish kerak?

    20.06.2023, 09:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.