• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida nutq so‘zladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari mazkur anjumanda uzoq tanaffusdan so‘ng Afg‘oniston Muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etayotganidan xursandligini aytdi.

    O‘zbekiston yetakchisi bugungi sammit butun dunyo hamjamiyati keskin inqirozni boshidan kechirayotgan murakkab bir sharoitda bo‘lib o‘tayotganini taʼkidladi.

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    Sizlar bilan qadimiy Qorabog‘ zaminida, noyob tarixiy va madaniy merosni o‘zida mujassam etgan ko‘rkam Xonkendi shahrida ko‘rishib turganimizdan behad mamnunman.

    Bugun ushbu hudud tom ma’noda bunyodkorlik va tinchlik makoniga aylanib borayotgani chin qardosh sifatida bizni cheksiz quvontiradi.

    Aynan shu zaminda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammitini yuksak darajada tashkil etayotgani va samimiy qabul uchun Ozarbayjon Respublikasi prezidenti hurmatli Ilhom Aliyev janobi oliylariga chuqur minnatdorlik izhor etaman.

    Toshkentdagi tarixiy sammitimizdan keyin Tashkilotning institutsional salohiyatini mustahkamlash, yangi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi.

    Fursatdan foydalanib, tashkilotimiz doirasida Qozog‘iston Respublikasining samarali raisligini ham alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.

    Shu bilan birga, anjumanimizda uzoq tanaffusdan so‘ng Afg‘oniston Muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etayotganidan xursandmiz. Chunki biz qo‘shni Afg‘onistonni tashkilotimiz makonining ajralmas bir qismi, keng ko‘lamli iqtisodiy hamkorlik va transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlik jarayonlarining muhim ishtirokchisi sifatida ko‘ramiz va har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz.

    Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari!

    Bugungi sammitimiz butun dunyo hamjamiyati keskin inqirozni boshidan kechirayotgan murakkab bir sharoitda bo‘lib o‘tmoqda.

    Ayniqsa, aksariyat ziddiyat va nizolar aynan bizning tashkilotimiz makonida sodir bo‘layotgani fikrimizning yaqqol isbotidir. So‘nggi oylarda Janubiy Osiyo va Yaqin Sharqda yuz bergan voqealar barchamizni chuqur tashvishga solmoqda.

    Xalqaro huquq va global xavfsizlik institutlarining tanazzuli muloqot va hamkorlikni yanada zaiflashtirib, kuch ishlatish va zo‘ravonlikka keng yo‘l ochmoqda. Xususan, tashkilotimiz a’zosi bo‘lgan Eron Islom Respublikasiga nisbatan olib borilgan harbiy harakatlar butun mintaqani urush girdobiga tortish, keng miqyosdagi ekologik halokat o‘chog‘ining vujudga kelish xavfini tug‘dirdi.

    Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu qarorni mintaqadagi keskinlikni yumshatish, xavfsizlikni tiklash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholaymiz.

    Bu kelishuv barcha muammolarni diplomatik va konstruktiv muzokaralar yo‘li bilan hal etish uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonamiz.

    Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik va ularni ishlatishdan tiyilish xalqaro xavfsizlikning eng dolzarb masalasi ekanini inobatga olib, dunyo hamjamiyatini yana bir bor yadro qurolidan xoli hududlar geografiyasini kengaytirishga chaqiramiz.

    Ta’kidlash joizki, Falastin—Isroil ziddiyatini adolatli hal etmasdan turib, Yaqin Sharqdagi tinchlik va barqarorlikka erishish mumkin emas.

    Biz G‘azo sektorida harbiy harakatlarni to‘xtatish, ochlik va g‘ayriinsoniy sharoitdan azob chekayotgan aholiga gumanitar yordam ko‘rsatishga hech qanday to‘siq qo‘ymaslik, Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalariga muvofiq mustaqil Falastin davlatini tashkil etish tarafdorimiz.

    Hurmatli sammit ishtirokchilari!

    Har qanday tinchlik va taraqqiyotning asosi, eng avvalo iqtisodiy hamkorlik bilan belgilanadi. Shu bois tashkilotimiz doirasidagi sheriklik bugungi kunda nafaqat tabiiy, balki muhim strategik ahamiyatga ega.

    Yig‘ilishimiz kun tartibidan kelib chiqib, bir qator masalalarga e’tiboringizni qaratmoqchi edim.

    Eng avvalo, biz tashkilotimizning o‘rta va uzoq davrdagi ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab olishimiz kerak.

    Bu borada “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari — 2035” konsepsiyasini qabul qilishimiz zarur. Hujjatda savdo, investitsiya, transport, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, turizm va ta’lim kabi an’anaviy yo‘nalishlar bilan birga, innovatsiyalar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratish lozim.

    Tashkilotimiz doirasida tovar va xizmatlar savdosini soddalashtirish, texnik va notarif to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, elektron savdoni rivojlantirish masalalari ayniqsa dolzarbdir.

    Shunga e’tiboringizni qaratmoqchiman: hozirgi kunda o‘zaro savdo hajmi past darajada qolmoqda. Bu ko‘rsatkich 2024-yilda 95 milliard dollarni tashkil etib, davlatlarimiz umumiy savdo aylanmasining 10 foizini tashkil etdi.

    Mazkur yo‘nalishda strategik masalalarni muhokama qilish, Savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni kelishish maqsadida joriy yil Toshkentda savdo vazirlarimizning uchrashuvini o‘tkazish taklifini ilgari suramiz.

    Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi bo‘yicha tezkor ma’lumot almashish va to‘siqsiz yetkazishga qaratilgan “yashil yo‘laklar” tizimini yaratish dolzarbdir.

    Sarmoyaviy hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqish, investitsiya muhitini yanada shaffof va jozibador qilish maqsadida uzoq muddatli “Ekoinvest” dasturini qabul qilish tashabbusini ilgari suramiz. Bu dasturning asosiy maqsadi mintaqamizdagi istiqbolli loyihalarga xususiy investorlar, banklar va xalqaro moliya institutlarini keng jalb etish, deb hisoblaymiz.

    Yana bir ustuvor yo‘nalish. So‘nggi vaqtdagi geosiyosiy voqealar xalqaro logistika zanjirlarining uzilish xavfi naqadar yuqoriligi hamda muqobil transport yo‘laklarini shakllantirish strategik ahamiyatga ega ekanini yana bir bor isbotladi.

    O‘tgan yili Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li loyihasini amalga oshirishni boshlaganimiz muhim voqea bo‘ldi. Kelgusida ushbu magistral tarmoq Transafg‘on yo‘lagi bilan tutashib, keng mintaqamizdagi tranzit tarmoqlarini samarali birlashtirish imkonini beradi.

    Transport va logistika sohasini raqamlashtirish ishlarini tizimli asosda yo‘lga qo‘yish maqsadida Raqamli transport va bojxona idorasini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusni amalda tatbiq etish vaqti keldi, deb hisoblaymiz va ekspertlar darajasidagi muzokaralarni jadallashtirish tarafdorimiz.

    Mintaqada yangi aviaqatnovlar yo‘nalishlarini ochish, aviakompaniyalar o‘rtasida innovatsion hamkorlik shakllarini yo‘lga qo‘yish, turizm va aviatsiya sohalari o‘rtasida marketing bo‘yicha integratsiyalashgan strategiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biridir. Ushbu masalalarni muhokama qilish maqsadida Milliy aviakompaniyalar forumini Samarqandda tashkil etishni taklif qilamiz.

    Istiqbolda turizm sohasida sayyohlar oqimini ikki barobar oshirish uchun yetarli salohiyatga egamiz. Tashkilot doirasida “Turizm xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha ‘yo‘l xaritasi’”ni ishlab chiqish ayni shu ezgu maqsadimizga xizmat qiladi.

    E’tiboringizni yana bir muhim masalaga qaratmoqchiman.

    Global iqlim kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan davlatlarimizning intilish va sa’y-harakatlarini birlashtirish muhimdir. Boku shahrida muvaffaqiyatli o‘tgan COP-29 global iqlim sammitida qabul qilingan majburiyatlar va kelishuvlar to‘liq amalga oshirilishining qat’iy tarafdorimiz.

    Tashkilot doirasida cho‘l hududlarida o‘rmonlar tashkil qilish, rekreatsiya zonalarini barpo etish bo‘yicha Transchegaraviy “yashil dasturi”ni ishlab chiqishni taklif etamiz.

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    Tashkilotimiz faoliyatini takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan Yuqori darajadagi qo‘mitaning ishini ijobiy baholaymiz. Qo‘mitaga kelgusi sammitga qadar tashkilot faoliyatini isloh qilish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish vazifasini topshirsak, o‘ylaymanki, ushbu fikrimni ma’qullaysizlar.

    Bunday islohotlar hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqish, tashkilotning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yanada oshirish hamda uning faoliyatini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.

    Ishonaman, bugungi sammitimiz ko‘pqirrali va amaliy hamkorligimizni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi katta niyat va rejalarimizga munosib turtki bag‘ishlaydi.

    E’tiboringiz uchun rahmat!

    4 iyul, 16:31   Izoh (0)   1938
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan qo‘lga tushdi 

    28 iyun, 08:33

    Shavkat Mirziyoyev turkman xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    29 iyun, 17:00

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi (foto)

    30 iyun, 15:56

    “Yoshlarimizga hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish burchimizga aylangan” — Shavkat Mirziyoyev

    30 iyun, 12:57

    O‘zbekiston yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘ldi

    30 iyun, 13:51

    “Bu ishlar ‘kampaniyabozlik’ bo‘lmasligi zarur” — prezident yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yo‘lga qo‘yish haqida

    30 iyun, 14:22

    O‘zbekistonda sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlangani e’lon qilindi

    30 iyun, 14:16

    Shavkat Mirziyoyev yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari bilan tanishdi (foto)

    30 iyun, 16:59

    BMT qarorgohida Mahalla forumi: O‘zbekistonning tajribalari global maydonda eʼtirof etildi

    30 iyun, 20:05

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    30 iyun, 23:00

    Farg‘onadagi portlash: aybdorlarga hukm o‘qildi, qurbonlar oilasiga tovon pullari belgilandi 

    1 iyul, 16:54

    Shavkat Mirziyoyev 2–4-iyul kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

    1 iyul, 19:55

    “Raqamli hukumat” tizimi taʼlim, tibbiyot, qurilish va kommunal sohalaridan boshlanadi

    1 iyul, 19:59

    Sport bo‘yicha nufuzli musobaqalar g‘olib va sovrindorlari oliy harbiy taʼlim muassasalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi

    1 iyul, 20:26

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    1 iyul, 23:00

    O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

    2 iyul, 11:27

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan keldi (foto)

    2 iyul, 14:03

    “Munosabatlarimiz tarixda hech qachon bugungidek yuksak darajada bo‘lmagan” — Shavkat Mirziyoyev

    2 iyul, 17:30

    Samarqandda mansabdorlar eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirgani aniqlandi

    2 iyul, 19:10

    O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildi

    2 iyul, 19:36

    “Siz mamlakat hududiy yaxlitligini tikladingiz”. Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev rahbarligida Ozarbayjon erishayotgan yuksak natijalardan xursandligini aytdi

    2 iyul, 20:31

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib berdi (foto)

    2 iyul, 22:07

    Shavkat Mirziyoyev Sea Breeze kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

    2 iyul, 22:38

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    2 iyul, 23:05

    Shavkat Mirziyoyev Haydar Aliyev va Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi (foto)

    3 iyul, 15:02

    Shavkat Mirziyoyev Fuzuliy shahriga bordi

    3 iyul, 16:06

    O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Xonkendi shahrida qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishdi

    3 iyul, 17:39

    Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarini qabul qildi

    3 iyul, 18:41

    Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev hamrohligida IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi (foto)

    3 iyul, 21:11

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    3 iyul, 23:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy va Rossiya avgust oyida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 30 iyul, 17:35

    Internet yaxshi ishlashi uchun: Wi-Fi router yoniga qo‘yish tavsiya etilmaydigan buyumlar

    Layfstayl | 30 iyul, 17:20

    Hindistondagi ayolda dunyoda uchramaydigan qon guruhi aniqlandi

    Dunyo | 30 iyul, 17:00

    “Tolibon” haqida ham bor: atrofdagi olamni o‘zgartirayotgan qahramonlar to‘g‘risidagi multfilmlar

    Kino | 30 iyul, 16:59

    “O‘zgidromet” iyulning so‘nggi kunida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 16:57

    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qis...

    Reklama | 30 iyul, 15:00

    Oliy sud bloger Farhod Mannopov vafotida ayblangan jarroh oqlanganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 16:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.