Daryo

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildi

Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi

1 daqiqa o‘qish3 714 ko‘rishlar0 izoh0

Boku shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Shu jumladan:

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani 2025-2029-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • Fan, kasb-hunar va oliy taʼlim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi;
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • 2030-yilga qadar tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish dasturi;
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • 2025-2027-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • 2025-2027-yillarda ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • Kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • Toshkent viloyati va Sumgait shahri, Navoiy va Gabala shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvlar.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar