• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Farg‘ona

    Farg‘onadagi portlash: aybdorlarga hukm o‘qildi, qurbonlar oilasiga tovon pullari belgilandi

    Farg‘ona shahridagi avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchasida 2024-yil 17-dekabr kuni portlash sodir bo‘lgan edi. Holat bo‘yicha sud ishi yakuniga yetdi. 

    “Daryo”ga taqdim etilgan sud hujjatiga ko‘ra, korxona rahbari Mansur Matkarimov 2024-yil avgust oyida hech qanday hujjatsiz, tegishli ruxsatnomalarsiz va belgilangan xavfsizlik qoidalariga zid ravishda shoxobcha hududiga propan gazini quyish uskunalari, 5 tonnalik bitta va 2,5 tonnalik ikkita gaz saqlovchi sig‘im o‘rnatgan. Bu ishlar Matkarimovning tanishi Bahodir Tojimatov tomonidan amalga oshirilgan va yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgan.

    U propan gazi sotish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, 2024-yil noyabr oyidan boshlab GTL Gaz MCHJdan og‘zaki kelishuv asosida hujjatlarsiz propan olib, uni avtomobillarga sotishni boshlagan. Xususan, 3 va 12-dekabr kunlari jami 339 million so‘mlik gaz mahsuloti olib, savdodan daromad ko‘rgan.

    Fojia 2024-yil 17-dekabr kuni sodir bo‘lgan

    GTL Gaz MCHJdan 158 million so‘mlik propan olib kelingan va shoxobchada sig‘imga quyish jarayonida 5 tonnalik konteyner yorilib, gaz sizib chiqishi oqibatida portlash yuz bergan. Hodisada Cobalt rusumli avtomobilda bo‘lgan ayol va uning 4 va 2 yoshli farzandlari hamda 8 yoshli jiyani vafot etgan. Yana 9 kishi turli darajada kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    Zarar 

    Portlash oqibatida atrofdagi 18 ta avtomobil va 5 ta ko‘p qavatli uy binosi, jumladan AYOQSH infratuzilmasiga jami 4,78 milliard so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan.

    Korxona rahbari barchadan uzr so‘radi

    Sudda “Farg‘ona Layli Naxor” xususiy korxonasi rahbari Mansur Matkarimov o‘z aybiga qisman iqror bo‘ldi. Unga ko‘ra, korxona 2007-yilda tashkil etilgan va uning egasi Azizxo‘ja Mavlonov hisoblanadi. Matkarimov 2024-yil boshida korxonani og‘zaki kelishuv asosida ijaraga olib, AYQSHni o‘zi boshqara boshlagan.

    U yil oxirida foydaning yarmini egasiga berishga kelishgani sababli har oyda ijara to‘lamagan. Avgust oyida AYQSHda propan gaz savdosini yo‘lga qo‘yishga qaror qilgan va kerakli uskunalar, gaz sig‘imlari (3 ta bak) olib kelib, o‘rnatgan.

    Matkarimovning aytishicha, bu ishlar haqida korxona egasi Azizxo‘ja Mavlonovga xabar bermagan. Uskunalarni o‘rnatishni tanishi — Bahodir Tojimatov bajarib bergan. Ishlar tugagach, shoxobchani hech qanday rasmiy tekshiruvlarsiz ishga tushirgan. Faqat DXM orqali ariza topshirganini aytgan.

    U 2024-yil noyabrda propan gaz olib sotishni boshlagan. Dekabr oyida esa Telegram orqali haydovchi bilan bog‘lanib, Rossiyadan gazga buyurtma qilgan.

    Portlash kuni gaz sig‘imlarga quyilgach, u kompressorni o‘chirgan va kassaga ketayotgan edi. Aynan shu paytda portlash yuz bergan. Matkarimovning so‘zlariga ko‘ra, u fuqarolarni xavfsiz joyga olib chiqishga harakat qilgan va yong‘in qanday boshlanganini ko‘rmagan.

    Sudda u jabrlanganlar va ularning oilalaridan kechirim so‘rab, hodisani istamaganini va zararlarni imkon qadar qoplaganini aytdi. Suddan esa yengillik so‘radi.

    Hukm

    Sud qaroriga ko‘ra, Mansur Matkarimov Jinoyat kodeksining bir nechta moddalariga muvofiq aybli deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U 3 yil davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan ham mahrum qilindi.

    Shuningdek, soxta hujjatlar tayyorlashda ayblangan shaxslar: O‘tkir Madaminov 4 yil 3 oyga, Davron Xolmatov esa 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Qurilish ishlarini amalga oshirgan Bahodir Tojimatovga 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    Sud Matkarimovdan hodisa oqibatida halok bo‘lgan 4 nafar fuqaroning qonuniy vakillariga har biriga 310 million so‘mdan, jami 1 milliard 240 million so‘m miqdorida ma’naviy zarar, 12 fuqaro foydasiga esa 2 milliard 358 million so‘mlik moddiy zarar undirilishini belgiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Fojia xronologiyasi

    2024-yilning 17-dekabr kuni soat 13:43. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, Farg‘ona shahri Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan Petrolium avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasi xuddi shu vaqtda portlagan.

    Foto: Telegram

    Soat 14:00 dan keyin Telegram kanallarida Farg‘ona shahri Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan Petrolium avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasi portlagani aks etgan videolar tarqala boshladi.

    Tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda “zapravka”dan gaz sizib chiqayotgani, ko‘p o‘tmay paydo bo‘lgan olov bir necha soniyada butun chorrahani qoplab olgani, so‘ngra kuchli portlash ro‘y bergani, natijada bir necha avtomobilga zarar yetgani, ularning ichida bo‘lgan odamlar ham yonib ketgani aks etgan.

    Soat 14:14 Farg‘ona viloyati FVB rasmiy Telegram kanalida yong‘in qurshab olinib o‘chirilayotgani, vaziyat nazorat ostida ekani ma’lum qilindi.

    Soat 15:26 da FVB sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirilgani e’lon qilindi. Hodisa sababi, jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.

    Foto: Farg‘ona viloyati FVB

    Soat 16:42 da fojiaga yonilg‘i shoxobchasida suyultirilgan gaz to‘kish vaqtida texnologik jarayonlarni buzilishi hamda texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sabab bo‘lgani oshkor qilindi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, 5 metr kub sig‘imli konteynerga gaz quyish jarayonida yoriq kelib chiqqani, oqibatda gaz tashqariga sizib chiqqani ortidan portlash ro‘y bergan.

    Shuningdek, qurbonlar va jabrlanuvchilar haqida ilk ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, yong‘in natijasida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 4 nafar fuqaro tan jarohati olgan, 8 nafar fuqaro tibbiyot xodimlari nazoratida qolayotgani aytildi.

    18-dekabr, soat 10:43 da shifoxonaga yotqizilgan jabrlanuvchilardan uch nafari ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jon bergani oshkor qilindi.

    Foto: Telegram

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi hamda 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, shu vaqtga qadar 5 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingani, 2 nafar shaxslarni ushlash choralari ko‘rilayotgani ochiqlandi.

    20-dekabr kuni viloyat hokimining farmoyishiga muvofiq Farg‘onadagi barcha zapravkalar o‘rganib chiqilishi belgilandi.

    Zapravkalar aholi uylaridan qancha masofada qurilishi kerak?

    Farg‘onadagi fojia avtomobillarga benzin yoki gaz quyish shoxobchalari necha metr uzoqlikda qurilishiga doir savollarni o‘rtaga chiqardi. Portlash ro‘y bergan “zapravka” shahar markazida, aholi zich hududda joylashgani, eng dahshatlisi, uning yonginasida bolalar bog‘chasi va ko‘p qavatli uylar joylashgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    2008-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Shaharsozlik normalari va qoidalari —  Avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyalariga doir me’yorlarida yonilg‘i quyish shoxobchalarining boshqa obyektlardan qancha masofada qurilishi bo‘yicha shartlar berilgan.

    Xususan, gaz quyish shoxobchalari, yer ostiga o‘rnatilgan suyultirgan gaz omboriga ega bo‘lsa turar joylar va jamoatchilik inshootlaridan 100 metrlik masofada, va yerusti omboriga ega bo‘lsa, u joylardan 300 metrlik masofada qurilishi belgilangan.

    Aftidan Farg‘ona shahri Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan Petrolium avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasining qurilishiga ruxsat olishda amaldagi qonunchilik talablariga amal qilinmagan.

    Portlash ro‘y bergan kuni e’lon qilingan “Kun.uz” surishtiruvida farg‘onaliklardan biri mazkur AYQSH va AGQSH qurilishiga odamlar qarshi bo‘lishgani, biroq mas’ullar bu norozilikka e’tibor qaratmagani haqida aytgan.

    “Odamlar bu yerda zapravka qurilmasin deb aytgan. Shaharning ichida-ku bu. Umuman, bu kabi ‘zapravka’lar 2-3 km tashqarida, chetroqda bo‘lishi kerak. Benzin bor edi, propan ochilganiga uch oy bo‘ldi, deyishyapti. Odamlar ‘mumkin emas’ deyishganiga hech kim quloq solmagan. Mana, odam o‘ldi, boshqalarga jarohat yetgan”, deya ta’kidlagan ismi keltirilmagan shaxs.

    Biroq portlash sodir bo‘lgan kundan to hozirgacha hech bir rasmiy idora bu borada hech qanday izoh bergani yo‘q. Qolaversa, jinoyat ishining tergovi doirasida gaz quyish obyektining qachon va qanday ruxsat asosida barpo etilgani, uning qurilishi uchun qanday ruxsat olingani masalasiga ham huquqiy baho berilishi yoki berilmasligi ham ochiq qolmoqda.

    “‘Zapravka’ qonunchilik talablariga nomuvofiq qurilgani bu fakt ekani holda uning qurilishiga mas’ullar va bunga o‘z vakolatidan foydalanib ruxsat berib yuborgan mansabdorlarning harakatlariga jinoiy-huquqiy baho beriladimi? Shuningdek, shunchaki, o‘zlarini ‘tuya ko‘rmagan’ga solib kelgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralari mas’ullarining-chi? Ularning harakatsizliklariga-chi?

    Masalaning bu tomonlari haqidagi ma’lumotlar ham jamoatchilikka to‘laqonli ochiqlanishi kerak”, deb yozadi advokat Abdumalik Abdullayev.

    Portlash voqeasi ortidan sizib chiqqan qonunsizlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ham junbishga keltirgan. Mavzuga munosabat bildirgan o‘zbekistonliklar o‘zlari yashaydigan hududlarda ham aholi punktlari orasida ana shunday “zapravka”lar qurilganini bildirishgan.

    “Pul bo‘lsa bo‘ldi, xohlagan joyga ‘zapravka’ quradi. Bizning tumanda hamma zapravkalar aholi yashaydigan joyda. Puli ko‘pga qonun yo‘q. Inson hayoti uchun xavflimi-xafvsizmi, farqi yo‘q. Muhimi, puling bo‘lsa bo‘ldi. Shuncha zararni kim qoplab beradi. Inson hayotini-chi?”, deya yozg‘iradi Muqaddas Yo‘ldosheva.
    “Nega ‘zapravka’ binolarga yaqin joyga qurilgan? Hokim, yer-loyiha, kim ruxsat bergan qurishga. ‘Zapravka’ yashash joyidan kamida 20 metr uzoqda bo‘lmasmidi? Nechta inson zarar ko‘rdi, pul deb odamlar hayotini xavf ostiga qo‘yish kerakmidi?”, deb yozgan Ulug‘bek Xo‘jayev.
    “Bizning ‘dom’imiz yoniga ham yaqinda benzin ‘zapravka‘ qurishdi. Qarshilik qilishsa ham baribir qurildi. Ruxsatini olishgan, qo‘limizdan nima ham kelardi?!”, deya arzi hol qilgan Ulfatoy Karimova.
    “Aholiga yaqin joylarga ‘gaz-zapravka’lari ko‘p qurilgan. Uning oqibati hech kimga qiziq emas. Davlatimizda hamma ish pul bilan bitadigan bo‘lib ketgan. Inson qadri pulning oldida hech narsa bo‘lmay qoldi”, deb yozadi Barnoxon Usmanova.

    Qurbonlar va jabrlanuvchilarning soni haqiqiymi?

    Hozirga qadar e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘onadagi portlash qurbonlari soni to‘rt nafarni tashkil etmoqda. Biroq Telegram kanallarda tarqalgan videolar tahlili “zapravka”dagi favqulodda hodisa qurbonlari soni rasmiy xabarlardagi aytilayotganidan ancha ko‘proq bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

    Tasvirlarda katta ehtimol bilan bolalarini bog‘chadan olib qaytayotgan ayol (video olinayotgan vaqtda u tirik bo‘lgani, ammo qariyb 100 foiz kuyib ketgani ko‘rinadi)ning ikki nafar farzandi, yana bir ayol va uning bir nafar farzandi o‘lib yotgani aks etgan.

    Boshqa bir videoda qariyb butkul yonib ketgan odam jon berishga qiynalib yerda qimirlab yotgani, yuz-ko‘zi va kiyimlarining katta qismi yonib ketgan yana bir odamni 3-4 kishi tutib turgani ko‘rinadi.

    Bundan tashqari, yonilg‘i quyish shoxobchasiga tutash ko‘p qavatli uydan olingan videoda portlash vaqtida shu yerdan o‘tib ketayotgan bir kishi daraxtlar tagida harakatsiz yotganini, yana ikki kishining ust-boshi deyarli to‘liq yonib ketganini ko‘rish mumkin.

    Portlash ro‘y bergan vaqtda “zapravka”da bir nechta mashina bo‘lgan. Favqulodda hodisadan keyin olingan videolarda shoxobcha hududida qolib ketgan bir nechta avtomashina olov ichida qolgani, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga urinayotgani aks etgan. Ularning ichidagi odamlarga, shuningdek, hodisa ro‘y bergan vaqtda avtomobillarga xizmat ko‘rsatayotgan “zapravka” ishchilariga nima bo‘lgani haqida shu paytga qadar hech qanday axborot berilgani yo‘q.

    Farg‘onaliklarning yozishicha, mashinalardan birida ayol ikki o‘g‘li va bir nafar jiyani bilan tiriklayin yonib ketgan. Xuddi shunday ma’lumotni Instagram foydalanuvchilari ham yozib qoldirgan. Ular 36 yoshdagi ayolning vizajist bo‘lgani, mashinasiga yonilg‘i quyish uchun “zapravka”ga kirganda portlash ro‘y bergani, hodisa oqibatida uning o‘zi, ikki nafar murg‘ak bolasi va 18 yoshdagi jiyani (qiz bola) halok bo‘lganini bildirgan.

    Qolaversa, farg‘onaliklar ijtimoiy tarmoqlarda portlashdan keyin bir uydan ikki, uch, hatto to‘rttagacha tobut chiqqani haqida yozgan. Xususan, Tal’at Hasanov tarmoqda tarqalgan videolarni sekinlatib ko‘rib, kamida 20 nafargacha kishi qurbon bo‘lganini sanagani haqida yozgan bo‘lsa, Sherzod Tilovovga ko‘ra, hodisa oqibatida 20 tadan ortiq odam vafot etgan (bu ma’lumotni unga farg‘onalik tanishi aytgan).

    Lola Umarova Instagram’da qurbonlar soni 37 nafar ekanini yozgan bo‘lsa, boshqa foydalanuvchilar shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan ayrim jabrlanuvchilarning joni uzilgani sababli halok bo‘lganlar soni 40 nafardan oshganini ta’kidlagan.

    Bu gap-so‘zlar qanchalik rost yoki haqiqatdan yiroq ekani xususida ma’lumotga ega emasmiz. Eng qizig‘i, aholi o‘rtasida vahima uyg‘otuvchi xabarlar tarqalishi bilan bu feyk ma’lumot ekanini aytib, odamlarni sarosimaga tushmaslikka chaqirib chiqadigan idoralar — Farg‘ona viloyati hokimligi-yu viloyat IIB, FVB va boshqa tuzilmalar qurbonlarning soni xususida internetda tarqalayotgan raqamlarni na tasdiqlashgan va na inkor qilishgan. Ajabo, buni qanday qabul qilish kerak? Sukut alomati rizo debmi?!

    Foto: “Kun.uz”

    Raqamlardagi yana bir chalkashlik. 17-dekabrda tarqatilgan rasmiy xabarda portlashdan keyingi yong‘indan jabrlangan 8 nafar fuqaro tibbiyot xodimlari nazoratida qolayotgani keltirilgandi. Xuddi shu kuni OAVga intervyu bergan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali Kombustiologiya bo‘limi boshlig‘i Davlatbek Oripov shifoxonadagi bemorlar soni sakkiz emas, balki to‘qqiz nafar ekanini ma’lum qilgan.

    “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali qabul-diagnostika bo‘limiga yong‘indan kuyish natijasida jarohatlangan 9 nafar bemorni olib kelishdi. Shulardan uch nafari kattalar reanimatsiya bo‘limiga, ikki nafari bolalar reanimatsiya bo‘limiga, 4 nafari kombustiologiya (kuyish bilan bog‘liq jarohatlar asoratlariga qarshi kurashish) bo‘limiga yotqizildi. Bemorlarga shoshilinch davolash standartlari asosida birinchi yordam ko‘rsatilib, kerakli barcha muolajalar qilindi. Hozirgi kunda bemorlarning holati barqaror og‘ir, ularning barchasiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, deb aytgan shifokor.

    Nega hukumat komissiyasi tuzilmadi?

    Farg‘onadagi portlashga qadar O‘zbekiston kuzatilgan, insonlar o‘limi bilan bog‘liq yoki talofat ko‘lami katta bo‘lgan aksariyat favqulodda hodisalardan so‘ng hukumat komissiyalari tuzilgan.

    • Jumladan, 2015-yil 8-avgust kuni Urganch shahridagi “Yoshlar ko‘li” madaniyat va istirohat bog‘ida kechki konsert vaqtida ko‘prik ustida ko‘p odam to‘plangani tufayli ko‘prik yon panjaralarining bir qismi buzilib tushgan. Oqibatda ayrim tomoshabinlar ko‘lga tushib ketgan, qurbonlar borligi aytilgandi. Prezident Islom Karimovning topshirig‘iga binoan sodir bo‘lgan favqulodda hodisaning sabablarini puxta o‘rganish va aniqlash, oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida hukumat komissiyasi tuzilgandi.

    • 2018-yil 18-sentyabr kuni Kogon tumanida gaz to‘ldirish shoxobchasidan chiqqan gaz ballonli avtobus 700 metrcha yurganidan so‘ng, gaz ballonlaridan biri portlab ketgan, oqibatda besh kishi halok bo‘lgan va 21 kishi jarohatlangandi. Hodisadan so‘ng respublikadagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari, gaz ballonli avtomobillar va markaziy qozonxonalarni tekshirish bo‘yicha O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgandi.

    • 31-oktyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani Dilxush ko‘chasidagi xonadonda istiqomat qilgan bir oilaning to‘rt farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgani ortidan tuzilgan hukumat komissiyasiga ham Ramatov boshchilik qilgan.

    • 2019-yilning 18-dekabr kuni Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yo‘nalishi qurilishida yer o‘pirilishi oqibatida avariya sodir bo‘lgan, hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish hamda zudlik bilan bartaraf qilish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilgan, unga sodir bo‘lgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida o‘rganish, hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish hamda boshqa bir qator vazifalar yuklangandi.

    • 2021-yilning yanvarida Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan Jizzaxda qurilishi tugallanmagan olti qavatli uyning qulab tushishi sabablarini o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilgan. 10-yanvardanoq o‘z ishini boshlagan hukumat komissiyasiga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbar etib tayinlangan. Komissiya tarkibiga prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, idoralar, ekspertlar hamda pudrat tashkilotlari mutaxassislari kiritilgan.

    • 2021-yil 7-dekabr kuni Denov tumanida joylashgan Indenim savdo majmuasida kuchli portlash ro‘y bergan, hodisa oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Keyinchalik portlashda 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon devorlari esa yorilib, yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi. Fojia oqibatlarini bartaraf etish va sabablarini o‘rganish uchun yana Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgandi.

    • 2022-yil 25-yanvar soat 10:57 da Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida O‘zbekiston hududlarida elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan va Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan elektr energiyasida kuzatilayotgan nosozlik bo‘yicha komissiya tuzilgandi.

    • 2023-yilning 28-sentyabr kuni tunda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida Inter Logistics MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash va yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Portlash oqibatida bir kishi vafot etgan, ikki yuzdan ortiq fuqaroga turli darajadagi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, muolajaga muhtoj bemorlar shifoxonaga yotqizilgandi.

      Favqulodda vaziyat oqibatida 39 ta ko‘p qavatli uydagi 1 370 ta xonadon hamda 246 ta yerli xonadonning fasad, oyna-rom, eshik va tom qismiga ziyon yetkazilgan va umumiy zarar miqdori 14,5 milliard so‘mni tashkil etgani aniqlangan.

      Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan, u sodir bo‘lgan favqulodda hodisani o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ish olib borishi ma’lum qilingandi.

    Biroq Farg‘onada 17-dekabr kuni ro‘y bergan favqulodda hodisadan so‘ng an’anaga zid ravishda hukumat komissiyasi tuzilmadi. Tergov ishlari ham imi-jimida olib borilmoqda, holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga doir yangi tafsilotlar jamoatchilikka oshkor qilinmayapti.

    Portlagan “zapravka” nega oshig‘ich buzib tashlandi?

    Odatda qotillik, ommaviy o‘lim yoki portlash ro‘y bergan joylar to tergov-surishtiruv ishlari yakuniga qadar saqlab turiladi. Toki ish sudga oshib, holat yuzasidan qonuniy hukm chiqarilmaguncha. Ajablanarlisi, Farg‘ona viloyat IIB Petrolium avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash hodisasini tergov qilayotgan ilk kunlardayoq “zapravka” butkul buzib tashlandi.

    Bu xabarni tarqatgan viloyat FVB axborot xizmati buzish ishlari tadbirkorning o‘z xohishiga ko‘ra boshlangani, ushbu “zapravka” boshqa faoliyat olib bormasligi bilan izohlagan. 

    1 iyul, 16:54   Izoh (0)   4032
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #portlash#tovon#zarar#zapravka

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sifatsiz texnik xizmat ko‘rsatilishi natijasida AQSh prezidenti samolyotiga 4 mln dollarlik zarar yetdi

    12.05.2017, 09:08

    Toshkentda qo‘lbola “ognetushitel” portlatilgani bo‘yicha 4 kishiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    01.01.2022, 19:15

    “Bu darajada portlashini kutmagandik”. Toshkentda qo‘lbola “ognetushitel” portlatganlarga nisbatan tergov jarayoni davom etmoqda

    13.01.2022, 17:10

    Aleksandr II ga suiqasd uyushtirgan “birinchi rus terrorchisi”, yangi Germaniya “otasiga” aylangan Adenauer va Peruga qulagan sirli meteorit. Kun xronologiyasida 1...

    15.09.2022, 09:32

    Liviya maxsus xizmatlari tomonidan portlatilgan samolyot, Britaniya razvedkasiga ishlagan KGB polkovnigi va dunyodagi eng yosh orolning paydo bo‘lishi. Kun xronolo...

    14.11.2022, 09:30

    Gaaga sudi Niderlandiya harbiylari 2007-yilda Afg’onistonni noqonuniy bombardimon qilgan deb topdi

    24.11.2022, 00:29

    “Hindcha 9/11” — Mumbaydagi teraktlar seriyasi, Qozonga qulagan vertolyot va Birinchi chechen urushining boshlanishi. Kun xronologiyasida 26-noyabr

    26.11.2022, 09:31

    Iordaniya Isroil kuchlarini Al-Aqso masjidiga yana bostirib kirish oqibatidan ogohlantirdi

    10.04.2023, 08:19

    Dog‘istonda kuchli portlash yuz berdi, 30 ga yaqin odam halok bo‘ldi (video)

    15.08.2023, 08:46

    “O‘zbekinvest” Sergelidagi portlashdan jabrlanganlarga tovon pulini to‘lab berdi

    22.11.2023, 10:30

    Farg‘onada portlagan “zapravka”: ochiq qolayotgan savollar (18+)

    22 yanvar, 11:58

    Farg‘onadagi portlash jabrlanuvchilariga tovon puli to‘lanadimi?

    24 yanvar, 19:42

    Toshkent maktablarida tarqalgan sil kasali, Samarqandda tez yordam mashinasini chorrahada kutishga majbur qilgan YPX xodimi, Toshkent viloyatida is gazidan vafot e...

    24 yanvar, 23:23

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Ilon Maskning Starship raketasi portlab ketdi (video)

    19 iyun, 15:28

    Isroil nega AQSHning bunker bombasi bilan Eron yadro poligoniga zarba bermoqchi?

    19 iyun, 16:42

    “Siqilma” bilan tanilgan, azador payti ham qo‘shiq kuylagan, prezidentga maktub yozgan Mashhur Muhammad 38 yoshda

    23 iyun, 10:15

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto) 

    22 iyun, 22:39

    NASA’ning “o‘lik” sun’iy yo‘ldoshi 60 yildan so‘ng birinchi marta signal yubordi

    24 iyun, 22:38

    Mashhur filmlarda ko‘pchilik sezmagan 17 xatolik

    28 iyun, 15:35

    Ekvadorda mashhur jinoiy to‘da rahbari “Fito” qo‘lga olindi

    26 iyun, 18:30

    Markaziy Afrikada transformator portlashi oqibatida 29 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    26 iyun, 22:30

    Hindistondagi hodisa yagona emas: tarixdagi eng yirik aviahalokatlar qayerda sodir bo‘lgan? 

    28 iyun, 16:15

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi 

    28 iyun, 16:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    30 iyun, 23:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “O‘zbekistonda biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilanmoqda” — Akmal Primkulov

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:00

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.