Daryo

Shavkat Mirziyoyev Sea Breeze kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Davlat rahbariga bu yerda yaratilgan sharoitlar, dam olish zonalari, mehmonxonalar va turar joy majmualari haqida maʼlumot berildi

1 daqiqa o‘qish7 260 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining birinchi kuni yakunida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida Sea Breeze dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif chog‘ida Kaspiy dengizining g‘arbiy sohilidagi ushbu yirik xalqaro sayyohlik markazi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbariga bu yerda yaratilgan sharoitlar, dam olish zonalari, plyajlar, sport maydonchalari, mehmonxonalar, kottejlar va turar joy majmualari haqida maʼlumot berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Loyiha zamonaviy “Kaspiy riverasi”ga aylangan. Kurort qariyb 500 gektar maydonni egallagan. Bu yerda 6,5 kilometrlik plyaj zonasi, 150 gektar maydonda yashil hududlar va dam olish obyektlari mavjud bo‘lib, 700 mingga yaqin daraxt va butalar ekilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar