• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi

    Bir guruh o‘qituvchilar attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi. “Xalq ta’limi info”ning xabar qilishicha, ular attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy ziyon va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan da’vo arizasi kiritdi.

    Foto: “Xalq ta’limi info”

    O‘zi nima gap?

    O‘zbekistonda 15-apreldan 14-maygacha pedagoglar uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tgandi. Mazkur malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun 190 mingga yaqin pedagoglar onlayn ariza topshirgan bo‘lib, ularning 177 ming 640 nafari yoki umumiy arizachilarning 95 foizi jarayonlarda qatnashdi.

    Attestatsiya natijalariga ko‘ra, 10 504 nafar pedagog oliy toifa, 23 200 nafar pedagog birinchi toifa, 27 805 nafar pedagog ikkinchi toifa uchun yetarli ball to‘plab, ijobiy natijalar qayd etdi. Shuningdek, 6 603 nafar pedagog mutaxassis lavozimini saqlab qoldi. Umumiy hisobda 73 mingdan ziyod pedagoglar ijobiy natija ko‘rsatgan. Ammo 104 mingga yaqin (58,9 foiz) pedagoglar attestatsiyadan o‘tolmagan.

    Pedagoglar noroziligi

    Attestatsiya test sinovlari davom etayotgan bir vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim fan o‘qituvchilarining attestatsiyada tushgan test savollaridan norozi ekanligi aks etgan xabarlar tarqaldi. 

    Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov esa test topshiruvchilar o‘zining balidan qoniqmagan bo‘lsa yoki berilgan savol spetsifikatsiyadan tashqari deb hisoblanayotgan bo‘lsa, shuningdek u yerda xatolik bor deb hisoblasa, appelyatsiya berishi lozimligini eslatdi. Ammo attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan o‘qituvchilarning shikoyat arizalariga apellyatsiya komissiyasi tomonidan deyarli bir xil mazmundagi javoblar yuborildi. Bu esa pedagoglarning turli xil e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

    Foto: “Xalq ta’limi info”

    Ko‘plab pedagoglar bu holatni haqiqatdan ham test savollarining o‘ta murakkabligi, validlik talablariga javob bermasligi, ayrim hollarda esa testlarning mavzuga aloqador emasligi bilan izohladi.

    Pedagoglar tomonidan sudga kiritilgan da’vo arizasida attestatsiya jarayonlariga oid 9 ta e’tirozli holatlar keltirilgan bo‘lib, ulardan eng asosiy urg‘u test savollarining murakkablik darajasi belgilangan vaqt me’yoriga mutanosib emasligi hamda savollar tuzish jarayonida validlik va testologiya qoidalariga rioya etilmaganiga qaratilgan.

    Shuningdek, da’vo arizasida keltirilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi apellyatsiya komissiyasi tomonidan pedagoglarning shikoyatlari asosli, huquqiy va daliliy baholanmasdan, “asossiz” deya topilib, rad etilgan.

    Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yildagi 572-sonli qarorning 60-bandida apellyatsiya komissiyasi qarori nusxasi apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan e’tiboran 5 kun muddatda murojaat etuvchi pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuborilishi belgilangan bo‘lishiga qaramay, ushbu talablar vakolatli organ tomonidan bajarilmagan.

    Nima talab qilinmoqda? 

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga pedagog kadrning bilimi noto‘g‘ri baholangani, o‘quv fani bo‘yicha test va malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar borligi, shuningdek, sinovlarni o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar bo‘lgani sababli attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, shuningdek pedagoglarga yetkazilgan ma’naviy zararni undirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritilgan.

    4 iyul, 11:59   Izoh (0)   4405
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #attestatsiya#pedagoglar#o‘qituvchilar#Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilarining navbatdan tashqari attestatsiyasi muddatlari belgilandi

    19.05.2019, 15:00

    Imkoniyat yaratishmi yo ortiqchi dahmaza. O‘qituvchilar faoliyatini litsenziyalashdan nima naf?

    22.12.2019, 12:53

    Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    02.03.2020, 21:56

    Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim sohasidagi muammolar, ularni hal etish va ta’lim sifatini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazildi

    30.10.2020, 18:34

    “Xavfsizlikni ta’minlashda shubhalantiradigan uslubdan foydalanishgan”. Ta’lim inspeksiyasi attestatsiya o‘tadigan xonaning kuzatuv kamerasi to‘sib qo‘yilganiga iz...

    23.04.2021, 13:57

    Ta’lim inspeksiyasi malaka testida qatnashgan rus tili o‘qituvchilari e’tiroziga munosabat bildirdi

    05.04.2022, 09:06

    O‘zbekistonda qariyb 2900 ta maktabda rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi

    13.05.2022, 23:42

    XTV attestatsiyada ishtirok etmagan oliy toifali pedagoglar malaka toifasini yo‘qotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    01.09.2022, 11:06

    O‘zbekistonda pedagoglarga attestatsiya va malaka hujjatlarini topshirish qay tartibda amalga oshirilishi bo‘yicha ma’lumot berildi

    15.09.2022, 18:55

    Toshkentda pedagoglar uchun attestatsiya jarayonlari qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

    04.10.2022, 17:07

    O‘zbekistonda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati kengaytirildi

    23.03.2023, 16:59

    O‘zbekistonda sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi o‘zgardi

    26.07.2023, 14:16

    O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tashkil etildi

    11.09.2023, 19:40

    Malaka toifasi berilgan CHQBT o‘qituvchilarining maoshi ayrim maktab o‘qituvchilarining maoshiga tenglashtiriladi

    10.11.2023, 19:41

    O‘zbekistonda ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

    17.02.2024, 09:40

    O‘zbekistonda moliyaviy mustaqil OTMlariga ayrim vakolatlar berilmoqda

    03.04.2024, 10:48

    Qashqadaryoda 19 ming nafarga yaqin o‘qituvchi attestatsiyadan o‘tmoqda

    18.04.2024, 11:48

    O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari malakasi sinovdan o‘tkazildi. Natijalar qanday?

    27.05.2024, 11:39

    Bo‘lajak sudyalar davlat attestatsiya sinovlaridan o‘tkazilmoqda

    10.07.2024, 17:26

    Maktabga qabul, ikki smenali darslar, o‘quvchilarga bepul avtobus — taʼlim to‘g‘risida suhbat

    19.07.2024, 18:20

    Kuba tajribasi, raqobat, halollik va e’tibor — o‘zbek boksini dunyoda tengsiz darajaga olib chiqqan besh sabab

    25.09.2024, 21:00

    Qirg‘izistonda o‘qituvchilarning o‘rtacha ish haqi ma’lum qilindi  

    20.10.2024, 21:40

    Ichki ishlar vazirligi 2024-yilda 300 ga yaqin “uchastkavoy”ni tizimdan haydagan, 100 ga yaqinini ishdan bo‘shatgan

    15 mart, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Linkoln imzolagan qullikni bekor qilish hujjati 12 mln dollarga sotildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:50

    Xitoyda 300 ming yillik sirli yog‘och qurollar topildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:30

    Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 4-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyul, 23:00

    Amerikaliklarning qariyb 40 foizi Maskning yangi partiya tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 4 iyul, 22:40

    Maosh kuniga 75 yevro: o‘zbekistonliklar Slovakiyaga ishga chaqirilmoqda

    O‘zbekiston | 4 iyul, 22:25

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    O‘zbekiston | 4 iyul, 22:11

    Superliga. “So‘g‘diyona” Jizzaxda “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi

    Sport | 4 iyul, 22:09

    AQSHda 400 yilga nohaq hukm qilingan shaxsga qariyb 2 mln dollar tovon to‘landi

    Dunyo | 4 iyul, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.