O‘zbekistonda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati kengaytirildi
O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati kengaytirildi.

Xabarga ko‘ra, “Taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Qarorga asosan 2023-yil 1-apreldan quyidagilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:
- pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagog xodimlar;
- yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.
Avvalroq O‘zbekistonda pedagoglarga attestatsiya va malaka hujjatlarini topshirish qay tartibda amalga oshirilishi bo‘yicha ma’lumot berilgan edi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar