Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani hokimi Sherxon Allamurodov intizomiy jazoga tortildi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning 23-avgustdagi farmoyishiga ko‘ra, u 2025-yilning 1-yarim yilligida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish va eksport ko‘rsatkichlarini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan. Shu sababli Mehnat kodeksining 312-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Sherxon Allamurodov Qiziriq tumaniga 2025-yil yanvaridan buyon hokimlik qilib kelmoqda. U 1986-yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Podpolkovnik harbiy unvoniga ega. Faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida turli vazifalarda, xususan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
Izoh (0)