Daryo

Qirg‘izistonda o‘qituvchilarning o‘rtacha ish haqi ma’lum qilindi  

“O‘qituvchilar maoshi universitet ustozlari uchun ham maktabda ishlashni jozibador qildi”, deydi vazir

1 daqiqa o‘qish93 720 ko‘rishlar0 izoh0

Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayev mamlakatdagi o‘qituvchilarning o‘rtacha maoshi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “Akipress” xabar qildi.

Foto: “Akipress”

Vazirga ko‘ra, ayni damda o‘qituvchilarning o‘rtacha maoshi 26 ming 400 somga (20-oktyabrdagi kurs bo‘yicha 3 million 941 ming so‘mdan ziyod) yaqin. Eng yuqori maoshni baland tog‘li va chekka hududlarda ishlaydigan, shuningdek, katta ish tajribasi va sezilarli o‘quv yuklamasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar oladi.

2022-yilda o‘qituvchilarning o‘rtacha maoshi mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqi bilan tenglashdi, bu esa hatto universitet ustozlari uchun ham maktabda ishlashni jozibador qildi, deydi Kendirbayev.

Shuningdek, u attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar oylik maoshiga 5000 somdan (salkam 547 ming so‘m) qo‘shimcha haq olishini taʼkidladi.

Attestatsiya jarayonida predmet sohasi bo‘yicha bilimlar, normativ-huquqiy baza, shuningdek, psixologik va pedagogik ko‘nikmalar baholanadi.

Ammo, afsuski, ko‘plab o‘qituvchilar attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘ta olmadi. Bu bizga o‘qituvchilarning malakasini oshirish va ularning kasbiy o‘sishi uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratish zarurligidan dalolat beradi, deya qo‘shimcha qildi vazir.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar