AQSH general-leytenanti Aleksus Grinkevich Ukraina Rossiyaga qarshi urushda g‘alaba qozonishga qodir ekanini aytdi. Bu haqda USA Today xabar berdi.

Grinkevich prezident Donald Tramp tomonidan NATOning Yevropadagi birlashgan qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni lavozimiga nomzod etib ko‘rsatilgandi.
Menimcha, Ukraina g‘alaba qozonishi mumkin. Har safar ularning vataniga tahdid solishganida, ular biz tasavvur qilishimiz qiyin bo‘lgan qat’iyat bilan kurashadi, dedi Grinkevich.
Uning bayonoti Tramp jamoasining qarashlariga zid keladi, sababi ular urushni tugatishda harbiy yechim yo‘qligiga tayanib kelmoqda. Agar Grinkevichning nomzodi tasdiqlansa, u nafaqat NATOning Yevropadagi qo‘shma qo‘mondonligini boshqaradi, balki AQSH armiyasining Yevropadagi qo‘mondoni bo‘ladi. Pentagon ma’lumotiga ko‘ra, bu nomzod NATO ittifoqchilari hamda Tramp jamoasi bilan kelishilgan.
Hozirda general-leytenant AQSH Qo‘shma shtablar boshliqlari qo‘mitasining operativ boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda. Amerikalik harbiy rahbarning oilaviy tarixi Sharqiy Yevropaga borib taqaladi. Uning bobosi Ilya Grinkevich 1873-yilda Minskda tug‘ilgan va 1899-yilda AQSHga ko‘chib o‘tgan. U yerda ismini Elias Grinkevich deb o‘zgartirgan. 1906-yilda u Vilnyusda tug‘ilgan Anastasiya Snigirevich bilan turmush qurgan. Ularning to‘rt farzandi bo‘lgan, ulardan biri — 1915-yilda tug‘ilgan Nikolay Grinkevich — Aleksusning bobosi hisoblanadi.
Aleksis Grinkevichning otasi Gregoriy Ueyn Grinkevich (1949–2012), yarim o‘tkazgichlar sohasida taniqli muhandis va ixtirochi bo‘lgan. U elektronika ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi 14 texnologiyaga patent olgan.
Izoh (0)