Amerika futbol ligasi — MLS rasmiy saytida 2025-yilning yanvaridan may oyigacha bo‘lgan davr mobaynida eng ko‘p sotilgan futbolkalar reytingi e’lon qilindi. Unda birinchi o‘rinni “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi egalladi.

Yil boshidan 1-maygacha bo‘lgan statistikaga ko‘ra, argentinalik yulduzning futbolkasi barcha muxlislar orasida eng talabgir bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinni Messi bilan bir jamoada to‘p surayotgan urugvaylik forvard Luis Suares egalladi. Kuchli uchlikni esa “Atlanta Yunayted” futbolchisi — Migel Almiron yakunladi.
Mashhur nemis futbolchisi Marko Roys (“Los-Anjeles Gelaksi”) 15-o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Inter Mayami” yarim himoyachisi Serxio Buskets 16-o‘ringa joylashdi. Fransiyalik tajribali hujumchi Olivye Jiru esa 19-o‘rinda qayd etilgan.
2025-yil MLSda eng ko‘p sotilgan liboslar (TOP-24)
- Lionel Messi – “Inter Mayami”
- Luis Suares – “Inter Mayami”
- Migel Almiron – “Atlanta Yunayted”
- Irving ‘Chukki’ Losano – “San-Diyego”
- Darlington Nagbe – “Kolumbus Kriu”
- Jordan Morris – “Sietl Saunders”
- Vilfrid Zaha – “Sharlott”
- Diego Chara – “Portlend Timbers”
- Patrik Ajimang – “Sharlott”
- Diego Rossi – “Kolumbus Kriu”
- Eshli Uestvud – “Sharlott”
- Luka Orellano – “Sinsinnati”
- Denis Buanga – “Los-Anjeles” (LAFC)
- Pedro de la Vega – “Sietl Saunders”
- Marko Roys – “LA Gelaksi”
- Serxio Buskets – “Inter Mayami”
- Kristian Benteke – “Di-Si Yunayted”
- Kavan Sallivan – “Filadelfiya Yunion”
- Olivye Jiru – “Los-Anjeles” (LAFC)
- Riki Puch – “LA Gelaksi”
- Emmanuel Latte Lat – “Atlanta Yunayted”
- Kevin Denki – “Sinsinnati”
- Benjamin Kremaschi – “Inter Mayami”
- Albert Rusnak – “Sietl Saunders”
Izoh (0)