Sportdagi g‘alabalar ularga jahon shuhrati va millionlab muxlislarni olib keldi. Va yana reklama shartnomalari, ularni dunyodagi eng boy sportchilarga aylantirdi. Quyidagi tanlovimizda sportning beshta afsonasi va ularning eng katta xarajatlari haqida bilib olasiz.
-N-yZY4h7.avif)
Krishtianu Ronaldo - shaxsiy samolyot, superkarlar to‘plami va yaхта
2024-yilda Krishtianu Ronaldo Sportico reytingida dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan sportchi sifatida birinchi o‘rinni egalladi. Uning yillik daromadi 260 million dollarga yetdi, ularning asosiy qismi Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi bilan shartnoma bo‘yicha maosh, qolgan qismi esa reklamadan tushgan daromaddan iborat.
-z4s4AlIg.avif)
Portugaliyalik futbolchi topgan millionlarini elita ko‘chmas mulklarga -Buyuk Britaniyaning Cheshir shahridagi 5 million dollarlik qasr, Dubaydagi 30 million dollarlik villa va Ar-Riyoddagi 15 million dollarlik qarorgohlarni sotib olishga sarflagan. Lekin futbolchi qimmatbaho avtomobillarga ham alohida mehr qo‘ygan. Uning garajida Ferrari, Lamborgini, Bugatti va Rolls-Royce kabi modellarni o‘z ichiga olgan 20 dan ortiq superkarlar bor.
Biroq Ronaldo nafaqat sportkarlarni yaxshi ko‘radi. 2020 yilda u 6,8 million dollarga 27 metrlik yaxtani sotib oldi, 2024-yil oxirida esa 72 million dollarga shaxsiy samolyot xarid qildi. Ushbu samolyot ichida hatto sauna hamda bir nechta yotoqxona, oshxona va hammomlar ham bor.
Floyd Meyvezer- 100 ta avtomobil va san’at asarlari
-ub4PcTie.avif)
2025-yil ma’lumotlariga ko‘ra, bokschi Floyd Meyvezerning boyligi 400 million dollarga baholanadi. 50 ta jangda 50 ta g‘alabani o‘z ichiga olgan butun faoliyati davomida u 1,6 milliard dollar ishlab topdi va tarixdagi eng boy sportchilardan biriga aylandi.
Bokschi o‘zining topgan pullarini osonlikcha sarflaydi. U eksklyuziv avtomobillarni to‘playdi, uning avtoparkida Bugatti Veyron, Ferrari va 4,8 million dollarga baholangan noyob Koenigsegg CCXR Trevita kabi 100 dan ortiq mashinalar bor.
-w0O_1dGv.avif)
Shuningdek, bokschi zamonaviy san’atning katta muxlisidir. U bir soat ichida ko‘rgazmada 10-12 ta asarni bir necha million dollarga sotib olishga qodir. Uning to‘plamida qimmatbaho rasmlar va haykallar, jumladan, g‘ayrioddiy asarlar, masalan, 100 dollarlik kupyuralardan yondirilgan haykal mavjud.
Jacob & Co kompaniyasining 18 million dollarlik qimmatbaho zargarlik buyumlari va brilliantli soatlari “pul qiroli” obraziga yana bir shtrixdir.
Lionel Messi - dunyodagi eng qimmat avtomobil va shaxsiy samolyot

2025-yilda Lionel Messi Kristiano Ronaldodan keyin ikkinchi daromadli futbolchi hisoblanadi. Uning “Inter Mayami” klubidagi yillik asosiy maoshi 12 million dollarni tashkil etadi, sport va reklamadan olingan umumiy daromadi esa 65 million dollardan oshadi.
Futbolchi o‘zining topgan pullarini ko‘chmas mulkka sarflaydi - uning bir necha uyi, qasrlari va qarorgohlari bor. Eng yirik xarid Rosariodagi 10 000 metr kvadrat maydonga ega, 15 ta avtomobilga mo‘ljallangan yer osti garaji, kinoteatr, sport zali va suzish havzasi bo‘lgan qadimiy mulkdir.
-Zi9F7bTC.avif)
Albatta, Messining ham avtomobillar to‘plami bor, ular orasida noyob namunalarni ham uchratish mumkin. Masalan, Pagani Zonda Tricolore (qo‘lda yig‘ilgan), bunday mashinalar dunyoda atigi uchta. Va yana dunyodagi eng qimmat avtomobil - 1957 yilgi Ferrari 335 S Spider Scaglietti. Messi uni 2016-yilda 37 million dollarga auksionda sotib olgan. Lekin, futbolchining eng qimmat transporti bu 2024-yilda 59 million dollarga sotib olingan shaxsiy samolyotidir.
Rojer Federer - poyabzal brendiga va go‘shtga investitsiyalar
-gZMk5Xe-.avif)
2025-yilda Rojer Federer 1,59 milliard dollarlik boyligi bilan dunyoning eng boy tennischilari reytingida birinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga, u o‘z faoliyati davomida (1998-2022) 150 million dollar sovrin jamg‘armasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, reklama va investitsiyalardan yana 1 milliard dollar olgan.
Rojerning pulga nisbatan o‘ziga xos yondashuvi bor. U kapitalining 70 foizini Shveysariya banklarida saqlaydi, qolgan qismini esa investitsiyalar va ko‘chmas mulkka sarflagan. Tennischi Syurix ko‘li qirg‘og‘ida Alp tog‘lariga qaragan uyni xarid qilgan. Shuningdek, uning Dubaydagi osmono‘par binoda pentxausi, Shveytsariyaning Valbella kurortida shalesi va Janubiy Afrikada villasi bor.
-E6yTvL6m.avif)
2019 yilda sportchi 3,3 milliard dollarlik daromadga erishgan On Running brendiga 50 million dollar investitsiya qilgan, Federerning ulushi esa 450 million dollarga baholanmoqda. Yana 30 million dollarni Roger o'simlik go'shti va suti ishlab chiqarishga investitsiya qilgan.
Lyuis Hemilton - san’at va soatlar kolleksiyasi
-o6N2xwBQ.avif)
2025-yil yanvar oyida avtopoygachi Lyuis Hemilton avtosport tarixida rekord bo‘lgan 100 million dollarlik yillik shartnoma imzolab, Ferrariga tarixiy o‘tishni amalga oshirdi. Bu nafaqat uni tarixdagi eng ko'p maosh oluvchi poygachi maqomiga ko'tardi, balki uni milliarder maqomiga yaqinlashtirdi: uning faoliyati davomida olgan umumiy daromadi 970 million dollarga yetdi.
Hemilton ko‘chmas mulklarga — Manhettendagi pentxaus, Monte-Karlodagi apartamentlar, Koloradoda motokr treki va avtomobil kolleksiyasi uchun angar bilan jihozlangan ranchoga investitsiya qilgan. Bundan tashqari, Hemilton 47 ta avtomobilga ega, shu jumladan eksklyuziv modellar va rulda uning ismi o‘yib yozilgan maxsus avtomobillari ham bor.
-_vSLw6wn.avif)
Poygachining boshqa aktivlari orasida 28 metrlik yaxta va 680 ming dollarga baholangan 15 ta qimmatbaho soatlar kolleksiyasi, shuningdek, rasmlar va Afrika san’at buyumlari bor.
Eng yaxshi sportchilar uchun millionlar shunchaki raqamlar emas, balki meros yaratish vositasi. Ular ko‘chmas mulk va avtomobillarga investitsiya qiladilar, biznes imperiyalarini quradilar va o‘zlaridan keyin qoladigan san’at asarlarini to‘playdilar. Ammo asosiy sarmoya — sportdan ketganidan keyin ham daromad keltiradigan o‘z brendiga ega bo‘lishdir.
Izoh (0)