Ukraina va Rossiya delegatsiyalari 2-iyun kuni Istanbulda tinchlik muzokaralarining ikkinchi raundini o‘tkazadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Muzokaralar Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi uchrashuv Chirog‘on saroyida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy delegatsiyasiga mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchilik qilishini aytgan.
Birinchidan, to‘liq va so‘zsiz ravishda o‘t ochishni to‘xtatish. Ikkinchidan, asirlarni ozod etish. Uchinchidan, o‘g‘irlangan bolalarni qaytarish. Ishonchli va uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish hamda xavfsizlikni kafolatlash uchun eng yuqori darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish lozim. Asosiy masalalarni faqat yetakchilar hal qila oladi, dedi Zelenskiy.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainaga 2-iyun kuni Istanbulda muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qilganini aytdi. Rossiya delegatsiyasiga prezident Vladimir Putinning maslahatchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari 16-may kuni Istanbulda uchrashgan edi, bu tomonlar o‘rtasida 2022-yil bahoridan beri o‘tkazilgan birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘ldi. Uning doirasida tomonlar “1000 ga 1000” formatida eng yirik harbiy asir almashinuvini amalga oshirdi.
Izoh (0)