Daryo

“Trampga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro haqida yetarli ma’lumot berilmayapti” — Kreml 

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Tramp faqat Rossiya Federatsiyasi qanday javob choralari ko‘rayotganini biladi

1 daqiqa o‘qish6 096 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Trampning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga nisbatan bayonotlari Oq uy rahbari Rossiya-Ukraina mojarosidagi haqiqiy ahvol haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasligidan dalolat beradi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma`lum qildi.

Foto: TASS
“Tramp ko‘p narsa gapirmoqda. Biz, tabiiy ravishda, bularning barchasini o‘qiymiz, kuzatib boramiz. Ammo ko‘p hollarda Trampga Ukraina-Rossiya qarshiligi kontekstida aslida nima bo‘layotgani haqida yetarlicha ma’lumot berilmayapti, degan xulosaga kelmoqdamiz. Xususan, Ukraina tinch Rossiya shaharlariga qarshi tobora ko‘payib borayotgan ommaviy terroristik hujumlarni qanday amalga oshirayotgani haqida ma’lumot berilmayapti”, dedi Ushakov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp faqat Rossiya Federatsiyasi qanday javob choralari ko‘rayotganini biladi.

“AQSH prezidenti “Rossiya Federatsiyasi faqat harbiy infratuzilma obyektlariga yoki harbiy-sanoat kompleksi obyektlariga zarba berayotganini to‘liq tushunmayapti”, deya qo‘shimcha qildi Ushakov.

Rossiya qo‘shinlari 25-mayga o‘tar kechasi Ukrainaga dronlar va raketalar bilan eng yirik aviazarbani amalga oshirdi. Mazkur aviahujumga 298 ta dron jalb etildi. AQSH prezidenti Donald Tramp bunga munosabat bildirib, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni keskin tanqid qildi.

“Men har doim Vladimir Putin bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lganman, lekin unga nimadir bo‘lgan. U butunlay aqldan ozibdi! U bekordan bekorga ko‘p odamlarni o‘ldiryapti, men faqat harbiylar haqida gapirayotganim yo‘q. Raketalar va dronlar hech qanday sababsiz Ukraina shaharlari bo‘ylab uchirilmoqda”, dedi Tramp.

AQSH rahbari Putin butun Ukrainani bosib olmoqchi ekani, biroq bu “Rossiyaning qulashiga olib kelishi”ni ta’kidladi. Tramp o‘z bayonotida ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiyni ham tanqid qildi.

Trampning so‘zlariga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov mazkur tanqidlarga munosabat bildirdi.

Peskovga ko‘ra, AQSHning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarni boshlash uchun “juda katta sa’y-harakatlar” ko‘rsatgani “hissiy zo‘riqishni” keltirib chiqargan. 

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar