Qadrdon filmlarda iliq xotiralardan tashqari, kulgili xatolar ham yashiringan. Gohida biror narsa g‘oyib bo‘ladi, ba’zida kiyim-bosh o‘zgarib qoladi, ammo aynan shu nuqsonlar sevimli kinolarni samimiy qilgan. Ular taassurotni buzish o‘rniga aksincha, filmlarga o‘ziga xos joziba va jonlilik bag‘ishlaydi.
“Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi”
Zina uyiga qaytganda shoh pardalar ortiga yashirinadi. Shu paytda akvariumdagi suv loyqa bo‘ladi. Biroq bir necha soniyadan so‘ng, Zina pardani ochganida, akvariumdagi suv tiniqlashgani ko‘zga tashlanadi.
Aynan kadr o‘zgarganda akvariumda suv o‘tlari ham paydo bo‘lib qoladi.
“Ishdagi ishq”
Novoseltsev ot haykalini olib ketayotganida qiziqarli bir detalni payqash mumkin: kadr boshida Kalugina kamzulining tugmalari qadalmagan, ammo kadr o‘zgarganida barcha tugmalari qadalgan holda namoyon bo‘ladi.
“Oltin buzoqcha”
Sahna boshida mashinada yozuv ko‘zga tashlanadi, lekin bir necha soniyadan keyin qayergadir izsiz g‘oyib bo‘ladi.
“Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi”
Katerina do‘kondan chiqayotganida Gosha bilan uchrashib qoladi. Uning to‘rxaltasida piyoz borligi ko‘rinib turibdi.
Biroq undan oldingi kadrda uning aravachasida turli xil konserva va tuzlamalar bor edi.
Mazkur filmda rekvizit bilan bog‘liq qiziqarli detal ham bor: yo‘l-yo‘l adyolni ikki sahnada ko‘rish mumkin. Dastlab u Yekaterina Oleg Tabakov ijro etgan qahramonning kvartirasiga kelganida devorga osilgan.
Keyinchalik esa Katya tabiat qo‘ynida undan adyol sifatida foydalanadi.
Yana bir xatoni payqash mumkin: Lyuda pardoz-andoz qilayotganda quloqlarida ko‘k zirak bo‘ladi. Ammo u ko‘chaga chiqishi bilan oq sirg‘aga almashadi.
“Brilliant qo‘l”
Film bosh qahramoni Gosha kemada sayohatga chiqadi. Ammo uning soch turmagi hayratlanarli tezlikda o‘zgarib turadi: goh to‘zg‘igan jingalak sochlar, goh tekis, chiroyli turmaklangan holda ko‘rinadi. Ehtimol, epizod bir necha marta suratga olingan va montaj paytida bu farq sezilmagan.
Qizil “Moskvich” avtomobilining tomidan narsalar esa sirli tarzda yo‘qoladi.
“Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari”
Barzangi “Baliq!” deb baqirgan sahnada aslida hech qanday “baliq” yo‘qligini ko‘rish mumkin: stol ustida 5:1 tosh yo‘q, 5:4 tosh esa ikki marta uchragan.
Ta’qib qilish sahnasini eslaysizmi? Qo‘rqoq ularni quvayotganlarga katta sariq bodring otadi, lekin negadir Shurikning og‘zida yashili paydo bo‘ladi. Agar diqqat bilan qarasangiz, bodringning pastki qismida ipi ham bor.
“Uch plyus ikki”
Sahna boshida arqonga turli rangdagi bulg‘or qalampirlar osilganini ko‘ramiz. Ammo kadr o‘zgarganda ularning barchasi qandaydir tarzda qizil bo‘lib qoladi.
Chodirdagi sahnada Natashaning munchoqlari ham goh paydo bo‘ladi, goh yo‘qoladi.
Izoh (0)