Sovet kinosida bitta roli sabab dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan, tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan, biroq mehnatiga loyiq gonorar olmagan mashhurlar ham bor. The Voice nashri mashhur filmlarda rol o‘ynab, juda kam gonorar olgan aktrisalar haqida ma’lumot berdi.
Natalya Varley — “Kavkaz asirasi yoki Shurikning boshqa sarguzashtlari” 1967-yil
Maftunkor talaba Nina sovet kinosining eng sevimli va taniqli obrazlaridan biriga aylangan. Ajablanarlisi shundaki, Natalya Varleyning ushbu filmdagi gonorari juda kam bo‘lgan. SSSRda aktyorlarning maoshi aktyorning maqomi va roliga qarab normativ hujjatlar bilan tartibga solingan. Varley uchun bu birinchi, biroq asosiy rollaridan biri edi. Bundan tashqari, sirk artisti bo‘lgan Natalya filmdagi barcha tryuklarni o‘zi bajargan. Shunga qaramay, aktrisaning gonorari atigi 1219 rubl (17 dollar)ni tashkil etgan.
Taqqoslash uchun, Aleksandr Demyanenko filmdagi obrazi uchun 5520 rubl (75 dollar) olgan, bu pulga o‘sha paytda mashina sotib olish mumkin edi) Aytgancha, aktyorning gononari kinokartinadagi eng yuqori maosh edi. Leonid Gaydayning rejissorlik gonorari 4140 rubl (56 dollar)ni tashkil etdi, biroq u ssenariy uchun yana 2000 rubl (27 dollar) oldi, shuning uchun u gonorar miqdori bo‘yicha Demyanenkoni ortda qoldirdi.
Svetlana Svetlichnaya — “Brilliant qo‘l” 1968-yil
“Brilliant qo‘l” nomli sovet komediyasida aktrisa Svetlana Svetlichnaya epizod rolni ijro etgan bo‘lsa ham uning obrazini unutish qiyin. U chet ellik go‘zal kabi ekranda juda chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Svetlichnayaning sovet kinosi tarixiga qo‘shgan hissasi kamtarona baholandi — u o‘sha sahna uchun atigi 46 rubl (63 sent) gonorar oldi. Anna Sergeyevna roli uchun gonorarning qolgan qismi 300 rubl (4 dollar)ni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, filmda epizodik rolni ijro etgan aktrisa Nonna Mordyukova 1531 rubl (21 dollar) olgan.
Natalya Kustinskaya — “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” 1973-yil
Mashhur sovet filmlaridan birida rol ijro etgan, biroq juda kam gonorar olgan aktrisalardan biri — Natalya Kustinskaya. U “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartirdi” filmda epizod rolni ijro etgan, uning qahramonining Galochka va boshqa do‘stlari bilan telefon suhbati bugungi kunda ham keltiriladi. Filmda esda qolarli obrazni yaratgan aktrisa 163 rubl (2 dollar) gonorar olgan, biroq bu o‘rtacha oylik maoshidan biroz ko‘proq edi.
Bu gonorarga o‘sha paytda dengiz bo‘yida dam olish yoki yaxshi palto sotib olsa bo‘lar edi. Ta’kidlash joizki, filmda bosh rollarni o‘ynagan aktrisalar Natalya Seleznyova va Natalya Krachkovskaya ham juda katta bo‘lmagan miqdorda — mos ravishda 362 va 342 rubl (4 dollardan ko‘proq) gonorar olgan. Taqqoslash uchun, filmda bosh rolni ijro etgan aktyor Yuriy Yakovlev 4350 rubl (60 dollar) gonorar olgan, ammo u kinokartinada ikkita obrazni gavdalantirgan.
Izoh (3)
мафтункор Нина назарда тутаяпман
мен Тожикистонлик укувчингизман тушинмадим ушанда 1 доллар 95 тийинга тугри келганку сиз нега хозирги курса хисоблайсиз, жавобингизни кутаман
Адашиб ёзибсила курс бошқача бўган,ўша вохтлада 1 доллар 0.9 рубль бўган. Демак,1219 рубль 1354 доллар бўларди,17 доллармас. Тўғирлайлар маълумотни Дарё