AQSH Davlat departamenti Saudiya Arabistonga taxminiy qiymati 3,5 milliard dollarlik “havo-havo” raketalarini sotishga ruxsat berdi. Bitim 1 000 dona AIM-120C-8 AMRAAM raketasi, 50 ta “boshqaruv tizimi” hamda texnik xizmatni o‘z ichiga oladi. Bosh pudratchi RTX kompaniyasidir. Biroq hozircha hech qanday ofset (kompensatsion) shartnoma taklif etilmagan. Ammo bu hali hammasi hal degani emas. Savdo bitimi to‘liq kuchga kirishi uchun AQSH Kongressining tasdig‘i kerak.
Mazkur tashabbus prezident Donald Trampning Saudiya Arabistoniga kutilayotgan tashrifi oldidan e’lon qilindi. Avvalroq Oq uy rahbari safari davomida Ar-Riyodga yirik harbiy bitim taklif qilishi haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgandi.
Ma’lum qilinishicha, yuz milliard dollarlik bitim raketalar, radarlar va C-130 og‘ir transport samolyotlarini o‘z ichiga olishi, qirollikni Xitoy bilan imzolanishi kutilayotgan qurol-yarog‘ shartnomalaridan voz kechiga undashi mumkin.
AIM-120C-8 AMRAAM haqida
Qo‘shma Shtatlar Saudiya Arabistoniga AMRAAM oilasiga mansub raketalarning eng so‘nggi modifikatsiyasini taklif etmoqda. U avvalgi versiyalardan manyovr imkoniyatining yuqoriligi, zamonaviy elektron urush tizimlari hamda parvoz davomida nishonni yangilash imkoniyati bilan farqlanadi. Raketalar 160 kilometr radiusdagi havo tahdidlarini bartaraf etishi mumkin.
Izoh (0)