• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Yerga sochilgan 6 tonna apelsin: “Cheburashka” filmi qanday suratga olingan?

    “Cheburashka” oilaviy filmi prokatning dastlabki besh kunida 2 milliard rubl yig‘di — film budjetini uch marta oqladi va barcha rekordlarni yangiladi. Nega bu film tomoshabinlarda bunchalik katta qiziqish uyg‘otdi? “Cheburashka” qanday suratga olingan? Bu haqda materialimizdan bilib olasiz.

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    Suratga olish ishlariga qanday tayyorgarlik ko‘rilgan?

    Film ssenariysi bir yarim yil davomida yozilgan, Vitaliy Shlyappo rahbarligida sujet ustida Yellow, Black and White studiyasi mualliflari ishlagan. Film rejissori Dmitriy Dyachenko bo‘lib, uni tomoshabinlar “Erkaklar nima haqda gaplashadi” va “So‘nggi pahlavon” filmlari orqali yaxshi tanishadi.

    “Cheburashka” filmi nima haqida?

    Bu biz bolaligimizda ko‘rgan multfilm emas. Biroq Eduard Uspenskiyning ertagiga asoslangan “Cheburashka”da originalidan ba’zi voqealar qoldirilgan. Siz barcha bosh qahramonlarni taniysiz, garchi bu safar ular eski multfilmdan butunlay farq qilsa ham.

    Bu safar Cheburashka Lotin Amerikasida yashaydi, u yerda odamlar apelsin yetishtirishdan pul topishadi va mitti jonivor apelsinni yaxshi ko‘rgani uchun plantatorlarni bezor qilib yuborgan. Kunlarning birida kuchli tornado qahramonimizni Rossiyaning janubiga, dengiz bo‘yidagi shaharchaga olib ketadi. Cheburashka mahalliy daraxtzorda ishlaydigan bog‘bonning uyiga kelib qoladi. Juda og‘ir xarakterga ega bo‘lgan bu g‘amgin keksa odamni Gena deb atashadi. Bu safar Cheburashkaning do‘sti timsoh emas, balki o‘simliklarni juda yaxshi ko‘radigan va odamlarni yoqtirmaydigan qariya.

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    6 tonna apelsin

    Cheburashka janubga yolg‘iz emas, balki haqiqiy apelsin buluti bilan birga uchib keladi. Ushbu sahnani suratga olish uchun rejissorlar 6 tonna meva sotib olishdi. Bu rang-barang, to‘q sariq rangli sahna Kislovodskdagi Kurortniy bulvarida suratga olingan. Tasvirga olish guruhi ko‘chada minglab apelsinlarni sochishgan, keyin esa Gena rolini o‘ynagan Sergey Garmash bu yerdan skuter minib o‘tadi.

    Birorta ham daraxtga zarar yetmagan

    Suratga olish guruhi juda ko‘p vaqtni Sochi milliy bog‘idagi dendrariy (faqat daraxt va butalar to‘plangan botanika bog‘i) hududida o‘tkazdi. Bu vaqtda bog‘ yopilmagan va odatdagidek ishlagan, shuning uchun sayyohlar va dendrariyga tashrif buyuruvchilar suratga olish jarayonini kuzatishlari mumkin edi. Bog‘ xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, bu yerda qariyb ellik yil davomida bunday voqea sodir bo‘lmagan, shuning uchun ular milliy bog‘ xavfsizligidan juda xavotirlanishgan. Lekin hammasi yaxshi o‘tadi. “Cheburashka” ijodkorlari hamma narsani dendrariy rahbariyati bilan oldindan kelishib oladi, jumladan: suratga olish ishlari qayerda bo‘lib o‘tadi, qaysi o‘simliklarga tegish mumkin va bu yerda yashaydigan qushlar bezovtalanmaydimi kabi.

    Sochi milliy bog‘i tadqiqotchisi Galina Soltani filmni suratga olish jarayoni haqida shunday deydi: “Suratga olishdan oldin jihozlar, ulkan mashinalar, bir necha o‘nlab odamlar olib kelingan. Tasvirga olish guruhi barcha shartlarga rioya qilgani bizni hayratda qoldirdi: ular maysazorlarni bosmadilar, rekvizitlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishdi va hatto o‘zlarining gulzorlarini yasadilar, chunki bog‘dagi o‘simliklarga tegish taqiqlangan. Suratga olish uchun panjaralarni qayta bo‘yashdi, lekin keyin oldingi rangni qaytarishdi. Na bir o‘simlik, na maysazor, na bir daraxtga zarar yetmadi”.

    Cheburashka rolini kim o‘ynagan?

    Cheburashkani “Oshxona” serialidan keyin rus tomoshabinlariga ma’lum bo‘lgan aktrisa Olga Kuzmina ijro etgan. Olga uchun animatsion rol o‘ynash yangi va juda noodatiy tajriba edi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, film rejissori Dmitriy Dyachenko unga shunday xabar jo‘natgan: “Olga, Cheburashka ovozida bir nechta gaplarni audio qilib yubor-chi”.

    Olga Kuzmina aktrisa Klara Rumyanovaning sovet multfilmida Cheburashkaga qanday ovoz berganini bir necha bor tinglaydi. Shunday g‘ayrioddiy tarzda aktrisa kastingdan o‘tadi. Suratga olish paytida Olga deyarli doim sahna ortida o‘tirishga majbur bo‘ladi. Sahnani boshqa aktyorlar o‘ynaganidan keyin u o‘z rolini o‘ynaydi. U yolg‘iz o‘ynaydi, odatda stulda o‘tiradi. Faqat aktrisaning yuz ifodalari yozib olingan, shundan keyin animatsion Cheburashkaning yuz ifodalari yaratilgan.

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    Olga Kuzmina animatsiya bilan ishlashdagi g‘ayrioddiy tajribasi haqida shunday deydi: “Sahna ortidagi aktyorlik ishi qiyin, ammo juda qiziqarli edi. Bu momiq hayvon bo‘lgan barcha sahnalarda men ham ko‘rinmas holda ishtirok etaman. Men mas’ul bo‘lganim bu — his-tuyg‘ular, yuz ifodalari, reaksiyalar va, albatta, Cheburashkaning ovozi. Ko‘p sahnalarda kadrda bo‘la olmadim, chunki Cheburashka mendan ancha kichik, shuning uchun bunday paytlarda ko‘rinmasligim kerak edi. Keyin animatorlar chizishni tugatishini kutishim kerak edi va bu juda mashaqqatli jarayon. Shuning uchun men deyarli har doim yolg‘iz sahnalarni o‘ynashga majbur bo‘ldim, sheriklarim ilgari kadrda o‘ynagan hamma narsani tasavvur qilib, ijro etardim”.

    Olga Kuzminadan tashqari, suratga olish maydonchasida qo‘g‘irchoq ham o‘ynaydi. Kadrda Cheburashka bilan muloqotda bo‘lgan aktyorlar uni qo‘llariga “olishlari” va yaxshiroq tasavvur qilishlari uchun kerak edi.

    Filmda yana kimlar o‘ynadi?

    Gena rolini yuqorida aytib o‘tganimizdek, aktyor Sergey Garmash ijro etdi. U o‘z vazifasini a’lo darajada bajardi — timsohni “odamga aylantirdi”. Gena aynan shunday bo‘ldi: beg‘ubor, g‘amgin, sergap, odamovi.

    Injiq nabirasi Sonya uchun Cheburashkani Genadan olib qochmoqchi bo‘lgan ishbilarmon ayol Rimma rolini Yelena Yakovleva ijro etdi. Rimmaning yordamchisi — Dmitriy Lisenkov. Kichkina qandolatchilik korxonasi egasi Genaning qizi Tanyani Polina Maksimova ijro etgan. Xotinini otasi bilan yarashtirishni orzu qilgan Tanyaning eri rolini aktyor Sergey Lavigin o‘ynagan. Ushbu filmda odamlardan tashqari hayvonlar ham ishtirok etgan: 26 ta kalamush, 8 ta kanareyka va to‘tiqush, 6 ta gvineya cho‘chqasi, 1 ta buldog va 1 ta iguana.

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    Film qahramonlarining liboslari qanday yaratilgan?

    Liboslar bo‘yicha dizayner Natalya Kanevskaya bu haqda shunday deydi: “Bizda tasdiqlangan ranglar sxemasi bor edi — to‘rtta asosiy rang (moviy, yashil, sariq va pushti) va ikkita qo‘shimcha rang (to‘q qizil va shokolad rangi). Misol uchun, pushti va sariq ranglarni Tanyaning shkafi, uning kvartirasi va shokolad do‘konida ko‘rish mumkin. Tanlangan palitrada hamma narsa uyg‘unlashishi uchun rassomlar bilan tandemda ishladik, birgalikda xarakterlarning rang sxemasini to‘pladik. Misol uchun, Rimmani rejissor moviy libosda ko‘rishni xohladi. Uning birinchi kostyumi oq ko‘rinadi, lekin u yengil moviy va banan rangida. Rimma esa Genaning oilasi bilan raqobatlasha boshlaganida u to‘q dengiz rangidagi kostyumini kiyadi. Uning katta shokolad fabrikasining logotipi esa to‘q qizil va tillarang”.

    Natalya Kanevskaya so‘zlariga ko‘ra, hatto Genaning oddiy ish kombinezoni ustida ham ko‘p mehnat qilingan: “Gena uchun juda uzoq vaqt ish kombinezonini qidirdik. Men vintaj do‘konlarni ham, maxsus ish kiyimlari do‘konlarini ham ko‘rib chiqdim. Natijada eskirgan ko‘rinishda o‘zimiz tikishga qaror qildik, o‘n yil davomida kiyilganligi bilinishi kerak edi. Men Genaning multfilmdagidek, kapalaknusxa galstukli to‘q qizil pidjagi bo‘lishi kerakligini ham tushundim. Uni ham tikdik. Buning uchun zamshni tanladim — u 1970-yillarning retro uslubida, 1990-yillardagi assotsiatsiyalarsiz bo‘lishi kerak edi”.

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    “Cheburashka”ning muvaffaqiyati

    Kino ijodkorlari va ushbu loyihada ishtirok etgan har bir kishi, albatta, tomoshabinlar Cheburashkani yaxshi ko‘rib qolishlariga ishonchlari komil edi. Central Partnership kinokompaniyasining bosh direktori Vadim Vereshchagin loyiha haqida shunday deydi: “Cheburashka — oila davrasida ko‘rish uchun mo‘ljallangan katta va keng ko‘lamli loyiha, biz unga hatto g‘oya darajasigacha ko‘tardik. Ssenariy nihoyat meni ishontirdi: bu haqiqiy xalq hiti bo‘ladi, uni Sovet multfilmida o‘sganlar ham, u bilan unchalik tanish bo‘lmaganlar ham yaxshi ko‘radilar”.

    Ammo ijodkorlar kartina haqiqiy kassa rekordiga aylanadi deb o‘ylamagan ham bo‘lsa kerak. Yangi yilning ilk 5 kunida “Cheburashka” 2 milliard rubldan ortiq mablag‘ yig‘di, bu Rossiya kinosi tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Filmni ishlab chiqarishga 850 million rubl sarflanganligini hisobga olsak, film besh kun ichida xarajatlarni deyarli uch marta oqlagan.

    Mavzuga doir: “Cheburashka” yana ekranlarga qaytdi, ammo butunlay boshqa sujet bilan — endi Gena timsoh emas

    13.01.2023, 20:47   Izoh (0)   12676
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boshqa aktyorni tasavvur qilolmaydigan darajada qoyilmaqom ijro etilgan mashhur rollar

    11.01.2023, 19:42

    Ta’til tuhfasi: hayrat tuyg‘usi va qishki atmosferaga to‘la yapon animelari (foto va video)

    11.01.2023, 16:47

    Tasodifmi yoki ko‘chirma? “Uenzdey” seriali voqealari mashhur filmlarni yodga solmoqda

    11.01.2023, 14:46

    2023-yilda shov-shuvli muhokamalarga sabab bo‘lishi kutilayotgan yangi filmlar

    11.01.2023, 10:56

    “Cheburashka” yana ekranlarga qaytdi, ammo butunlay boshqa sujet bilan — endi Gena timsoh emas

    10.01.2023, 19:38

    Hayotda qalin do‘st bo‘lsa-da, kinoda raqiblarni gavdalantirgan aktyorlar (foto)

    09.01.2023, 17:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.