Tarixiy mavzudagi filmlar ijodkorlari shunchalik ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadilarki, ma’lumotli kishilar boshlarini changallab qoladi. Bu nafaqat tarixiy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarga, balki o‘sha davr urf-odatlari va ayniqsa, kiyinish tarziga ham taalluqli.
Xurram va volida o‘rtasidagi adovat
“Muhtasham yuz yil” serialida sulton Sulaymonning sevgilisi Xurram deyarli boshidanoq uning onasi — volida sulton bilan ziddiyatga kirishgani ko‘rsatiladi. Albatta, haramda aslida nima sodir bo‘lganini aytish mushkul. Biroq tarixchilarning boshqa bir talqini mavjud bo‘lib, u ancha ishonchli tuyuladi.
Darhaqiqat, sulton Xurramga shunchalik maftun bo‘lib qoladiki, boshqa kanizaklarni butunlay unutib, faqat u bilan vaqt o‘tkazadigan bo‘ladi. Shunda kanizaklar yangi qizga qarshi turish uchun Mohidavron atrofida birlashadi.
Xurram yakka o‘zi ularga qarshi tura olmasdi, ammo bu yerda muhim “lekin” bor. Xurram volidaning o‘g‘liga atagan sovg‘asi edi. Shu bois u Xurramni himoya qilardi — haramdagi hech kim Volidaga qarshi chiqishga jur’at etolmasdi. Shu tariqa, aslida Xurram qaynonasi bilan ziddiyatga bormagan.
Ilk uchrashuv
Serialda ko‘rsatilishicha, bosh qahramon haramga kelganidan so‘ng saroy yo‘lagida sulton bilan yuzma-yuz uchrashib qoladi. Uning fe’l-atvori Sulaymonning e’tiborini tortadi va ko‘p o‘tmay uni o‘z xonasiga, yolg‘iz suhbatga taklif etadi.
Aslida bunday voqealar rivoji umuman mumkin emasdi. Yangi kelgan qizlar bir necha yil davomida haramning alohida qismida yashar, u yerda uzoq vaqt davomida ta’lim olishardi.
Shu sababli Xurramning ziyofatdagi raqsi u yoqda tursin, hatto hukmdor bilan tasodifiy uchrashuvning o‘zi ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Xurramning raqsi
Serialda qizlarga sharqona raqs san’atini ziyofat boshlanishidan atigi bir necha soat oldin o‘rgatishadi. Aslida esa haram maktabidagi ta’lim, jumladan raqs ham haqiqiy ustozlar tomonidan o‘rgatilgan, haram og‘alari tomonidan emas.
Xurramning raqsi ko‘p tanqidga uchradi. Maryam Uzerlining xoreografik mahorati bo‘lmasa-da, serial muxlislariga uning ijrosi manzur bo‘ldi.
Turmush qurgan ayolning sochi yoyilgan
Anna Boleynning boshidagi bezak bejiz “fransuz qalpoqchasi” deb atalmasdi. Aktrisaning yoyilgan sochlari ko‘z-ko‘z qilingan bo‘lsa-da, aslida sochni yopib turuvchi mato bu bezakka mahkamlangan edi.
Ilgari qizlar turmushga chiqmaguncha sochlarini yoyib yurgan — bu bokiralik ramzi hisoblangan, qirol xotinida bunday holatni ko‘rish, shubhasiz, g‘alati edi.
Boshni yopmay yurish
Albatta, “Sohibjamol va maxluq” ertak, lekin shunday bo‘lsa-da Bellni bosh kiyimsiz holda ko‘ramiz, bu chiroyli ko‘rinsa-da, tarixiy jihatdan xato.
Asar muallifi muhim bir tafsilotni e’tibordan chetda qoldirganday: o‘sha davrlarda faqat jamiyat qoidalariga bepisand qaraydigan ayollargina jamoat oldiga boshi ochiq chiqishi mumkin edi. Ehtimol, Bellni bejiz g‘alati deb atashmagandir? Axir ertak 1740-yildayoq yozilgan, o‘sha paytda xalq orasida sochni yopib yurish qoidasi amal qilardi.
Orqaga osilgan qilich
“Jodugar” seriali va o‘rta asrlarga oid ko‘plab filmlarda qahramonlar qilichlarini orqalariga taqib yurishadi. Ammo o‘tkir qilichni ko‘rmay turib qinidan chiqarish va qayta solish qiyin ish ekani ko‘pchilikning xayoliga kelmagan.
Sahroda bosh kiyimsiz yurish
“Mumiyo” filmida Evelin ismli qahramon tuyada sahroni kesib o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biroq u xuddi arabcha raqs ijro etayotgandek yengil kiyingan. Na quyoshdan saqlanish uchun bosh kiyimi, na qum bo‘roni paytida yuzni o‘rash uchun qalin ro‘moli bor. G‘alati joyi shundaki, hamrohlari qizga sahroga mos kiyinish haqida hech qanday maslahat bermagan.
Izoh (0)