• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Kuchli ayol qanday bo‘lishi kerak? Nurgul Yeshilchay karyerasi, hayotga qarashlari va boshqa mavzudagi savollarga javob berdi

    O‘zbek teletomoshabinlariga “Ishkomli uy” serialidagi Bahor roli bilan tanish bo‘lgan, ayni vaqtda Turkiyaning Fox kanalida efirga ketayotgan “Gunohni yuvish” filmida suratga tushayotgan aktrisa Nurgul Yeshilchayning MAG jurnaliga bergan intervyusini o‘zbek tilida e’tiboringizga havola etamiz.

    Foto: MAG

    Foto: MAG

    — Aktyorlik mahorati siz uchun nimani anglatadi? O‘z ishingizni yaxshi bajarishga yordam beradigan detallar haqida aytib o‘tsangiz?

    — Aktyorlik mahoratining 80 foizi zakovatdan iborat deb hisoblayman. Qahramonni gavdalantirishda mantiq va tasavvurning aniq bo‘lishi juda ham muhim. Atrofda nima bo‘layotgani haqida bilish, ko‘rish va yangi tendensiyalarni o‘rganish kerak.

    — “Gunohni yuvish” serialida hech qachon o‘z e’tiqodidan voz kechmaydigan ona Zeynep rolini o‘ynayapsiz. Zeynepga qanday baho bergan bo‘lardingiz?

    — Menga ko‘proq Zeynepning boshidagi ahvoli yoqadi. Uning o‘z kasbi bo‘lgan. U quvnoq, jahli chiqqanida esa qoplon singari bo‘lgan. Ammo endi u bosiq, yuvvosh. Siz qahramonni aktyor sifatida dastlabki holatini gavdalantirasiz, keyin esa siz tushunmaydigan televizion personaj paydo bo‘ladi. Begonalashgani uchun rol o‘ynash qiyinlashadi.

    Foto: MAG

    Foto: MAG

    — Sizga farzandlari uchun tavakkal qilishdan qo‘rqmaydigan, shuningdek, sevgisini ham yo‘qotmaslikka urinadigan kuchli ayol rolini ijro qilish yarashadi. Nima deb o‘ylaysiz sevgining vaqti yoki shartlari bo‘ladimi?

    — Ayol kishi avvalo o‘ziga vaqt topishi va nimani xohlashini bilishi kerak. Bolalarim nimani xohlaydi? Erim nimani istaydi emas, avvalo o‘zidan nima istayotganini so‘rashi kerak. Ayol hech kim uchun o‘zidan voz kechmasligi va polyuvgichga aylanmasligi kerak. Aynan shu sabab ham Zeynepni o‘ta kuchli deb hisoblamayman. Chunki u o‘zi uchun hech nima qilmayapti. Muratxon Munganning “Kiyiklar va la’natlar” spektakli bor. Unda kiyikni sevib qolgan erkak sehrgarga murojaat qiladi va kiyik ayolga aylanadi. Turmush qurib baxtli hayot kechirgan juftlikning farzandi bo‘lmaydi. Erkak bolali bo‘lishni istaydi, erkakning bu ahvolidan xafa bo‘lgan ayol sehrgarga takror murojaat qilib vaziyatni anglatadi. Afsungar ayolga agar uning ko‘zlari o‘yib olinsa, farzandli bo‘lishi mumkinligini aytadi. U ko‘zlarini o‘yib olganidan keyin bo‘lsa, eri uni ko‘zlari uchun yaxshi ko‘rganini ta’kidlaydi. Demoqchi bo‘lganim, hayotdagi istalgan munosabatlarning qadr-qimmati bo‘lmasligi mumkin. Agar o‘zingiz uchun yashasangiz, farzandlaringiz ham baxtli, sevgining ham eng yaxshisi bo‘ladi. Sevgi yosh tanlamaydi.

    — Siz uchun sevgi nima? O‘zingizni sevib qolgan kishi sifatida qanday tasvirlab bera olasiz?

    — Insoniyat tarix davomida topilmagan savolga javob berishimni so‘rayapsiz. Men sevib qolsam, o‘ta quvnoq bo‘laman, ko‘p kulaman. Menda yuqoriga liftda emas, zinapoyadan ko‘tarilishga tayyor bo‘ladigan darajada energiya paydo bo‘ladi.

    — 2020-yildagi foto ko‘rgazmada ayollarning kuchiga urg‘u bergan edingiz. Sizningcha jamiyatda kuchli ayol fenomeni paydo bo‘lishi uchun nima qilish kerak?

    Foto: MAG

    Foto: MAG

    — Har qanday davrda turli ayollar ideallashtirishga harakat qilinadi. Bizga ideal emas, erkin yashaydigan ayollar kerak. Ayolning qanchalik kuchli ekanini ochib beradigan, larzaga keltiradigan va hatto dunyoni o‘rab turadigan qarashning kelib chiqishi shu zamin bilan bog‘liq. Anadoluda matriarxat 16 ming yildan buyon mavjud. Bu ming yillik tarix davomida hamisha qudratli ayollarning uyi bo‘lgan makon. Bu zamin kuchli ayollar, Kibele (barokat tangrisi), Afrodita (sevgi tangrisi) va Amazonka (yunon afsonalarida jangovar ayollar) avlodlarining yeri. Bizning genlar o‘ta kuchli.

    — “Ishkomli uy” barchamiz uchun esda qolarli serial bo‘lgan. O‘sha yillarni yodga olganda nima haqida o‘ylaysiz?

    “Ishkomli uy” vaqtida barchamiz juda ham yosh bo‘lganmiz. Bu Changin Irmakning birinchi ishi, kordinator esa Timur Savji bo‘lgan. Shundan keyin u o‘zining shaxsiy prodyuserlik markaziga asos solgan. O‘zjan Deniz singari men uchun ham birinchi loyiha bo‘lgan. Bu yoshlikning olovli loyihasi. Shu sabab ham men uchun barchasi juda qiziqarli kechgan.

    — Qanday seriallarni tomosha qilasiz?

    Men barcha fasllarini boshidan oxirigacha tomosha qilgan serialning o‘zi yo‘q. House Of Cards, Crown, Breaking Bad, The Handmaid’s Tale, Mad Man seriallari menga juda ham yoqadi.

    — Yangi avlod yulduzlaridan kimlarni yoqtirasiz?

    Jiyanim Buse Chelik, Neslihan Atagul, Hazal Kaya, Merve Dizdar, Jem Yigit Uzumo‘g‘lu va Burak Deniz yoqadi.

    — Ko‘p yillardan buyon ekranda doimgidek go‘zal ko‘rinishingiz siri nimada?

    Tongda yuzimni muz bo‘lagi bilan artaman. Gala konsertlardan avval tuxum oqidan niqob qilganimdan keyingina makiyaj qilaman. Kartoshka ko‘z ostidagi halqalarni yaxshi bartaraf qiladi.

    Foto: MAG

    Foto: MAG

    — O‘ziga xos bo‘lishingizning sababi nimada?

    — Uzoqni o‘ylab ish qilaman, emotsionalman, ammo hamma narsani nazorat qila olaman, sinchkovman va lanjlikka chiday olmayman.

    — Odamlar sizni quvnoq va samimiy deb hisoblaydi. Suratga olish maydonchasida sahnalaringiz suratga olingunicha kimlar bilan va nima haqida gaplashasiz?

    — Suratga olish maydonchasida bolalar bilan vaqt kechirishni yaxshi ko‘raman. Ular zerikarli ish haqida gapirmaydi, menga raqamli olamni o‘rgatadi, men ularning hayoti haqida tinglayman. Bolalardan tashqari menga hammadan ko‘p, so‘nggi vaqtlarda safarga chiqishni rejalashtirish yoqadi. Bu meni baxtiyor etadi.

    — Muvaffaqiyatli aktrisa, go‘zal ona va o‘ziga xos ayol ekanligingizning siri nimada?

    — To‘liq hayot kechirish siri: o‘zlikni anglash, mukammal bo‘lishga urinmaslik va boshqalarga taqlid qilmaslikda.

    — Ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanuvchi sifatida uning ta’siriga qanday baho berasiz?

    — Fikrimcha, ijtimoiy tarmoqlar istalgan narsa haqida birinchi bo‘lib, shaxsan o‘zi ma’lumot berish imkonini beradi. Vositachilar yo‘qligi uchun esa iliq muloqot qilish, dunyoda nima yuz berayotgani haqida oson tushunish mumkin.

    — So‘nggi yillarda raqamli platformalarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, pandemiya davrida yanada jadal tarqalayotgan raqamli odatlar auditoriya va kinosanoatga nima olib keladi, deb o‘ylaysiz?

    — Inson dilkash mavjudot va aynan shu sabab ham teatr, kinoteatr va konsertlar hamisha mavjud bo‘ladi. Kinoteatrda film tomosha qilish jarayonida barcha barobar yig‘laydi va kuladi. Jamoaviy reaksiya bag‘oyat go‘zal, shunday emasmi? Raqamli olamda esa his-tuyg‘ular individual his qilinadi. Ammo men tuyg‘ularni birgalikda boshdan kechirish muhim, deb o‘ylayman. Raqamli koinot qonimizga singib bo‘ldi. Aynan shu sabab ham qaram bo‘lib qoladigandek tuyuladi. Filmlar ham turli. Kinoteatrda ko‘rish istalgan va raqamli platformada tomosha qilish xohlanadigan filmlar boshqa-boshqa. Hozir hammasi tartibsiz ko‘rinishga ega, ammo ajratilsa yanada ravon ko‘rinadi. Shunda mening fikrimcha, tashvishlanishga hojat qolmaydi.

    Mavzuga doir:

    • Nurgul Yeshilchay shu vaqtgacha og‘iz ochmagan oilasidagi fojiali voqea haqida so‘zlab berdi
    • PR uchun ismidan foydalanilgan Neslihan, Nurgul Yeshilchayning yangi obrazi. Turk kinosi yangiliklari
    • 44 yoshli turk aktrisasi Nurgul Yeshilchay turmushga chiqmoqda
    • Turk seriallaridagi eng chiroyli 10 ta juftlik

    05.04.2021, 11:12   Izoh (0)   29368
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Nargiza Abdullayevani yig‘latgan syurpriz, sumalak pishirgan xalq artistlari, kinoni butunlay tark etgan Madina Mumtoz

    04.04.2021, 22:34

    Foto: Malika Diana, Sheron Stoun va tan soqchilarini sevib qolgan boshqa yulduzlar

    04.04.2021, 19:50

    Husniddin Xoliqovning “Sumalakdan tosh topdim” klipidagi Nargiza To‘laganova AQShga ketib, Facebook kompaniyasida ishlayotgani haqida so‘zlab berdi (video)

    04.04.2021, 18:47

    Zamonaviylik standarti: Google natijalariga ko‘ra eng chiroyli hind aktrisalari (foto)

    04.04.2021, 12:57

    Nafaqat sahnada, balki hayotda ham ajralmas do‘st bo‘lgan turk yulduzlari (foto)

    03.04.2021, 19:52

    Halit Ergench va Berguzar Korel uchinchi marta ota-ona bo‘ladi

    03.04.2021, 14:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.