Turkiyaning Beyaz TV telekanali boshlovchisi Seren Serengil “Söylemezsem olmaz” dasturida Neslihan Atagul haqida bayonot berdi, deb yozadi “RusTurkey.com”.
Boshlovchining so‘zlariga ko‘ra, aktrisa “Elchining qizi” serialini sog‘lig‘idagi muammo tufayli tark etmagan. “U yerda hamma janjallashgan. Neslihan esa loyihani tark etishni xohlar edi. Shartnoma bo‘yicha jarima to‘lamaslik uchun kasallikni o‘ylab topdi”, − deydi Serengil.
Shuningdek, Serengilning ma’lum qilganlari aktrisaning muxlislari orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, ammo bu borada Neslihanning o‘zidan hech qanday javob bo‘lmagan.
Neslihan Atagul yosh bo‘lishiga qaramay, allaqachon turk kinematografiyasining taniqli yulduziga aylangan. Uning hisobida u qadar ko‘p filmlar mavjud bo‘lmasa-da, bir necha bor kinotanqidchilar tomonida e’tirof etilgan hamda xalqaro kinofestivallarda nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Aktrisa o‘zbek tomoshabinlariga “Ishq sohillari”, “Sevgi iztirobi” hamda “Elchining qizi” seriallari orqali tanish.
Mavzuga doir:
Izoh (0)