• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Buyuk yapon animatori Hayao Miyazaki multfilmlari yordamida hal qilish mumkin bo‘lgan bolalardagi muammolar

    Yaponiyalik rejissor Hayao Miyazakining animatsion filmlari butun dunyoda sevib tomosha qilinadi. Voqealarga boy kartina g‘oyasi va muallif tomonidan berilgan savollarning jiddiyligi uchun ham bu multfilmlar tomoshabinlar tomonidan qadrlanadi. O‘zingiz uchun muhim narsani kashf qilish uchun ularning har birini qayta-qayta ko‘rib chiqishingiz mumkin, va albatta, farzandlaringiz bilan tomosha qilishni unutmang.

    Ota-onani yo‘qotishdan qo‘rqish (“Mening qo‘shnim Totoro”)



    “Mening qo‘shnim Totoro” animatsion filmining sujeti onasi og‘ir tashxis bilan kasalxonaga yotqizilgan opa-singil atrofidagi voqealarga qurilgan. Miyazaki tomoshabinni onasining kasalligi bilan bog‘liq stressni boshdan kechirishi kerak bo‘lgan bolalar dunyosiga yetaklaydi. Shunisi e’tiborliki, rejissor bolaligida o‘z onasi kasal bo‘lib, bir muddat yotib qolganidagi holatlarni ushbu multfilmda tasvirlagan.

     
    Qizlar qishloq uyiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lishgach, u yerdan qoravoylar — o‘ynoqi chang zarralarini ko‘rib qoladi. Enaganing aytishicha, ularni faqat bolalar ko‘rishi mumkin. Bu mitti jonzotlar qo‘rquv va bezovta qiluvchi fikrlar ramzi bo‘lib, ular bolalar ongida tartibsiz holda bo‘ladi. Qahramonlardan biri qoravoyni mushtiga qamab qo‘yganday bo‘ladi, ammo barmoqlarini ochganida faqat bo‘sh kaftini ko‘radi. Bu bilan bolalar tashvishi tutqich bermasligi va nazorat qilib bo‘lmasligi ko‘rsatiladi.

    Qiziqarli fakt: xuddi shu jonzotlarni “Ruhlar olami” multfilmida ham ko‘rish mumkin. Unda ham bosh qahramoni ota-onasini yo‘qotadi. Sujet rivojlanib borar ekan, qizcha bu jonzotlar bilan do‘stlashishga muvaffaq bo‘ladi: u vahimaga tushishni to‘xtatadi va vaziyatga qarab harakat qila boshlaydi.

    Onasining kasalligi tufayli kelib chiqqan barcha qiyinchiliklar Totoro — katta paxmoq jonzot bilan tanishishga yordam beradi. Qizaloqlarning xotirjam bo‘lishi uchun u borligining o‘zi yetarli edi. Qaysidir ma’noda u hatto ota-onasining o‘rnini bosadi: yapon tanqidchilarining fikricha, uning katta qorni onaning issiq bag‘riga qiyoslanadi. G‘arbda Totoro ko‘pincha erkak deb ta’riflanadi, lekin Sharq animatsiyasini biluvchilar bu jonzotga ayollik fazilatlari berilgan deb hisoblaydi.

     
    Afsuski, aslida bunday ajoyib mavjudotlar yo‘q. Ammo bu yosh tomoshabinlarga hikoyadan saboq olishiga to‘sqinlik qilmaydi: tabiat kuchlariga ishonish va yaxshi xayolot qiyin damlarda insonning omon qolishiga yordam beradi.

    Ovqatlanish tartibining buzilishi (“Arvohlar olami”)

     

    “Arvohlar olami” animatsion filmi bir qator muhim savollar asosiga qurilgan. Shuningdek, “yeb-ichish” asrida keskinlashib ketgan muammolarga ham katta e’tibor qaratiladi. Bosh qahramon Tixironing ota-onasi jodulangan restorandagi ovqatlarning mo‘lligidan ko‘zlari o‘ynab ketadi. Natijada bunday odobsizlik jazolanadi: ular insoniy o‘tmishini unutgan cho‘chqalarga aylanadi va shu yerda sehrlangan dunyoda Tixironing sarguzashtlari haqida hikoya boshlanadi. Biroq odamning oziq-ovqatga bo‘lgan munosabati haqidagi mavzu shu bilan tugamaydi.

    Yozuvchi Syuzan Naypirning so‘zlariga ko‘ra, Tixiro va uning yangi tanishi — qiyofasiz maxluq anoreksiya (ishtaha yo‘qolishi) va bulimiya (yeb to‘ymaslik)ni anglatadi. Qizning ota-onasi bilan sodir bo‘lgan voqeadan oldin ishtahasi yaxshi bo‘lgan deb aytib bo‘lmaydi. Endi esa u hayotini nazoratdan chiqarmaslik uchun ovqat yeyishdan qo‘rqadi va vaqt o‘tishi bilan uning tanasi shaffof bo‘la boshlaydi. Tixiro faqat rezavor yegandagina bundan qutuladi.

     
    Qiyofasizning bosh qahramondan farqi shundaki, uning ishtahasi yo‘qolmaydi. Ammo u ochlikni qondirish uchun emas, balki yolg‘izlik tuyg‘usidan qutulish uchun ovqatlanadi. Uning tanasi hamma narsani chiqarib tashlashi esa bulimiyadan dalolat beradi.

    Ovqat tana uchun dushman ham, do‘st ham bo‘lishi mumkin — ijodkorlar multfilm orqali buni yaqqol ko‘rsatib bergan. Qiz qo‘rquv bilan kurashish davomida ovqat nafaqat insonni xarob qilishi, balki hayotini saqlab qolishi ham mumkinligini tushunib yetadi.

    Oiladan ajralish (“Kiki — eltuv xizmati”)

    Miyazakining bu asarini tanqid qilganlardan biri: “Men bu filmni ko‘rganimda, qachonlardir mening qizim ham uzoqda bo‘lishini o‘ylab, yuragim orqaga tortib ketdi”, degandi. “Kiki — eltuv xizmati” filmida aynan shunday holat tasvirlangan: Kiki ismli qizaloq ota-onasining uyini tark etadi. Bosh qahramonning yoshi ramziy ma’noga ega: aynan 13 yoshidan boshlab qizlar balog‘atga yeta boshlaydi, bu bolalik va o‘smirlik davridagi shartli chegaradir.

    Multfilm Eiko Kadononing xuddi shu nomdagi romani asosida ishlangan, lekin asl nusxadan farqli o‘laroq mustaqil bo‘lish — yolg‘izlik va o‘z-o‘zini anglashga yaxshi imkoniyat berishi ta’kidlanadi. Qahramon o‘zi tanlagan kasbi yordamida jamiyatga qo‘shilishi kerak bo‘ladi.

    Har doim gedonizm (huzur-halovatga intilish insonga xos oliy xislat, deb hisoblovchi axloqiy ta’limot)ga salbiy munosabatda bo‘lgan Miyazaki yosh tomoshabinlarga o‘z qahramoni orqali mehnat va halollik garovi to‘g‘ri qaror ekanini tushuntiradi. Shuning uchun Kiki yarqiroq poyabzal qo‘yilgan vitrina yonida uzoq turmaydi, o‘z burchini bajarish uchun uchib ketadi.

    Yosh va tashqi ko‘rinishdagi komplekslar (“Haulning yurar minorasi”)

    Jodugar kampir Sofi ismli qizni keksa ayolga aylantirib qo‘yadi. Qahramon asta-sekin taqdiriga ko‘nib, qartaygan tanada yashashni o‘rganishga majbur bo‘ladi. Bu bilan yovuz jodugar bilan qarilik tushunchasi o‘rtasida parallellik o‘rnatish mumkin. Sofi yosh bo‘lgan paytida jodugar kampirni haqiqatan ham qo‘rqinchli deb hisoblardi. Ammo o‘zi uning holiga tushganidan so‘ng, jodugar unga zarari tegmaydigan kampir bo‘lib, hatto kulgili ham ko‘rinadi.

    Miyazaki, shuningdek, tomoshabinlarga inson yoshi u o‘zini qanchalik yaxshi his qilishiga bog‘liq degan fikrni yetkazishga harakat qiladi. Sofi kuchli his-tuyg‘ularni boshdan kechirgan paytlarda, masalan, sevib qolganida, u o‘zi sezmagan holda yashara boshlaydi. Qahramon his-tuyg‘ularning kuchiga qarab o‘rta yoshli ayol yoki kulrang sochli qizaloq bo‘lib qoladi.

    Kartinada mavjud bo‘lgan yana bir muhim fikr: sevgi — bu tashqi tomondan ideal yosh qizlarga bo‘lgan munosabat emas. Disney multfilmlari bu borada beg‘ubor yosh malikalarni tasvirlaydi, lekin Miyazaki bu yondashuvga begona. Boshidanoq uning qahramoni yoqimsiz qilib ko‘rsatiladi, borgan sari u butunlay xunuklashadi. Shunga qaramay, personaj sevish huquqini yo‘qotmaydi.

    Hayotda o‘z o‘rnini topish (“Shamol kuchaymoqda”)

    “Shamol kuchaymoqda” animatsion filmining bosh qahramoni Jiro samolyotlarni yaxshi ko‘radi va uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi. Biroq bolada uzoqni yaxshi ko‘rolmaslik kasalligi bor, shu bois uchishni faqatgina orzu qila oladi. Xuddi shu holat G‘arb multfilmlarida, ehtimol, boshqacha bo‘lardi: qandaydir mo‘jiza sodir bo‘ladi va qahramonning xohishi amalga oshadi. Lekin bu yapon rejissorining ishi va uning yondashuvi boshqacha.

    Taqdir Jiroga uchuvchi bo‘lishga imkon bermagani uchun u samolyotlarni loyihalashtirish bilan shug‘ullanadi va bu ishda muvaffaqiyat qozonadi. Muallif bu bilan hayot boshqa ko‘plab imkoniyatlarni berayotgan bir paytda erishib bo‘lmaydigan maqsadlar haqida o‘ylamaslik kerakligini uqtiradi.

    O‘zaro munosabatlardagi qurbonlik (“Qoyatoshdagi baliqcha Ponyo”)

    Bir qarashda “Qoyatoshdagi baliqcha Ponyo” multfilmida muallif Hans Kristian Andersenning “Suv parisi” asarini qayta ishlab chiqqandek tuyuladi. Bolakay sehrli baliq-qizchani topib oladi, ular do‘st bo‘lishlari uchun baliqcha oddiy odamga aylanishi kerak. Agar bola sinovdan o‘tolmasa, Ponyo dengiz ko‘pigiga aylanadi.

    Ehtimol, Miyazaki daniyalik yozuvchi ijodidan ilhomlangandir, ammo u tomoshabinlarga umuman boshqacha saboq berishga qaror qiladi. Sujetga ko‘ra, Ponyoning odamga aylanishi sayyora uchun halokatli tahdidlarga sabab bo‘lishi mumkin. Agar kim bilandir bo‘lgan munosabatlar sizdan tubdan o‘zgarishni talab qilsa, demak, bu sizning va yaqinlaringizning odatiy turmush tarzini butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin. Buni har doim ham chetlab o‘tish mumkin emas, lekin odam tanlagan kishisining oldidagi mas’uliyatini his qilishi va agar tuyg‘ulari hali ham so‘roq ostida bo‘lsa, uni o‘z vaqtida qo‘yib yuborishni ham bilishi kerak.

    Filmning kulminatsion nuqtasida bolakay Ponyoning baliq yoki qiz bo‘lishidan qat’i nazar, uni yaxshi ko‘rishini aytadi. Bu gapi bilan qahramon o‘z his-tuyg‘ulari tufayli boshqadan hech qanday o‘zgarish va qurbonliklarni talab qilmasligini isbotlaydi, bunday iqrorni Andersen ertagidagi shahzodada uchratmaysiz. Shundan keyingina baxtli yakun keladi: dengiz hukmdori bolalarni ayirmaslik uchun ularga yon bosadi.

    2 yanvar, 12:31   Izoh (0)   2893
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #multfilmlar#Hayao Miyazaki#anime

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahon kinosining marvaridiga aylangan sevimli “Qor malikasi” multfilmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 20 ta fakt

    12.12.2023, 09:18

    Faqat bolalar uchun emas: kattalar ham tomosha qilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi multfilmlar

    12.06.2024, 16:20

    Bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirishning 3 ta sinalgan usuli

    15.08.2024, 11:40

    Maktab boshlangunga qadar farzandlar bilan tomosha qilishga arziydigan chuqur ma’noli 5 ta multfilm (treyler)

    24.08.2024, 16:12

    Ko‘z yosh to‘kishingizga sababchi bo‘ladigan g‘amgin multfilmlar (treyler) 

    02.09.2024, 20:45

    “Uddaburon bolalar” filmida bosh qahramonlarni gavdalantirgan aktyorlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    10.09.2024, 15:41

    “Muzlik davri” davom etmoqda: Disney franshizaning oltinchi qismi ustida ish boshladi

    14.09.2024, 10:29

    Mashhur multfilmlardagi tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolgan xatoliklar (foto) 

    19.09.2024, 14:45

    Iliq kuz kunlari oila davrasida tomosha qilish tavsiya etiladigan multfilmlar (treyler)

    09.10.2024, 09:52

    So‘zsiz ham tushunish mumkin bo‘lgan kulgili va qayg‘uli multfilmlar (treyler)

    25.10.2024, 09:50

    2024-yilning noyabr oyida premyerasi kutilayotgan film va multfilmlar

    03.11.2024, 09:10

    “Yovvoyi robot”, “Temir gigant” va ko‘ngilga iliqlik baxsh etuvchi boshqa multfilmlar (video)

    22.11.2024, 16:35

    Nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham zavq ulashuvchi multfilmlar (treyler)

    28.11.2024, 14:45

    FQBda ishlagan, natsistlar bilan hamkorlik qilgan, ayollarni ishga olishni xohlamagan — buyuk animator Uolt Disney haqida ko‘pchilik bilmaydigan faktlar

    05.12.2024, 11:05

    “Soyuzmultfilm” fondidan: Yangi yilda bolalar bilan tomosha qilish uchun samimiy multfilmlar (video)

    03.12.2024, 16:55

    Ziyrak tomoshabinlarning ham e’tiboridan chetda qolgan mashhur multfilmdagi qiziqarli detallar 

    18.12.2024, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamdagi to‘fonda 5 kishi halok bo‘lib, 2 kishi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 15 iyun, 23:34

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

    Sport | 15 iyun, 23:24

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.