• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    O‘zbekistonlik muxlislari bilan 2 soatlik uchrashuvi evaziga qariyb 400 ming dollar pul olgan turk aktyori Burak O‘zchivit 39 yoshda (foto, video)

    2023-yilning 24-dekabr kuni o‘zbek kino ixlosmandlariga “Muhtasham yuz yil”, “Sevgi iztirobi”,“Choliqushi” (2013-yil) seriallari, “Mening akam” filmi bilan tanilgan turk yulduzi Burak O‘zchivit 39 yoshni qarshi oldi. Quyida nafaqat Turkiya, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘z muxlislariga ega aktyorning hayot va ijod yo‘liga nazar tashlaymiz. 

    Bolalik yillari

    Foto: Cosmopolitan


    Burak O‘zchivit 1984-yilda Turkiyaning Mersin shahrida dunyoga kelgan. Otasi Byulent O‘zchivit kichik restoran egasi, onasi Jeyhan esa Burak va uning opasi Burjun tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Bolaligidan og‘ir-bosiq fe’l atvor egasi bo‘lgan Burakning eng sevimli mashg‘uloti soatlab multfilm tomosha qilish bo‘lgan. U superqahramonlarni juda ham yaxshi ko‘rgan va atrofdagilariga katta bo‘lsa, “Betmen” bo‘lishini ta’kidlagan. Keyinchalik do‘stlari bilan vaqt o‘tkazish, xususan, futbol o‘ynash va sport zalda shug‘ullanishni kanda qilmagan.

    Maktabni bitirgach Burak Marmara universitetida tasviriy san’at va kino yo‘nalishida ta’lim olish bilan birga podiumlarda model sifatida chiqish qila boshlagan. 2006-yilga qadar Turkiyaning eng talabgir modellaridan hisoblangan. 2003-yilda 17 yoshli Burak “Turkiyaning eng yaxshi modeli” tanlovining  mutlaq g‘olibi, shuningdek,  “Dunyoning eng yaxshi modeli” tanlovida ikkinchi o‘rin sohibi bo‘lgan.

    Foto: Cosmopolitan

    Karyera

    O‘smirlar hayoti haqidagi “Minus 18” trilleridagi kichik ishtiroki uning aktyorlik karyerasidagi ilk roli bo‘lgan. Ushbu filmdan ko‘p o‘tmay “Oilaviy uy” kinokomediyasi, “Sotqinlik” psixologik dramasida va “Kichik sirlar” filmida rol ijro etadi. “Muhtasham yuz yil” tarixiy-biografik serialdagi Malkacho‘g‘lu Balibey roli unga katta muvaffaqiyat olib kelgan bo‘lsa, “Choliqushi” filmining yangi talqinidagi Kamron obrazi bilan u butun dunyoga mashhur bo‘ldi.

    Foto: Cosmopolitan


    Ushbu filmdan keyin u rejissorlardan suratga tushish uchun taklifni uzoq kutishiga to‘g‘ri kelmagan. Chunki dunyoning turli nuqtalaridagi muxlislar Burak ishtirok etgan filmlarni qayta-qayta so‘ray boshlagan. Shundan keyin “Sevgi senga o‘xshaydi” melodrammasida ishtirok etgan.

    2015-yilni esa aktyor karyerasidagi eng omadli yillardan deb hisoblasa bo‘ladi. Negaki aynan shu yili butun dunyodagi tomoshabinlar sevib tomosha qilgan, o‘zbek telekanalida “Sevgi iztirobi” nomi bilan efirga uzatilgan “Kara sevda” seriali suratga olingan. Romantik filmda Burak Neslihan Atagul bilan sevishganlar rolini ijro etib, muxlislar, ayniqsa qizlar mehriga sazovor bo‘lgan.



    “Sevgi iztirobi”dagi juftlikning hayotda munosabatlari qanday ekani kino tomoshabinlarini eng ko‘p qiziqtirgan savol hisoblanadi. Internetda ularning munosabatlari qay darajadaligi bilan bog‘liq mish-mishlarni-ku aytmasa ham bo‘laveradi. Fakt esa shuki, serialdagi voqelik va ekran ortidagi reallik tubdan farq qiladi. Burak va Neslihanni faoliyati bilan bog‘liq zo‘raki aloqalar bog‘lab turgan. Do‘stona boshlangan munosabatlardan keyinchalik asar ham qolmagan.

    Foto: Instagram

    Shaxsiy hayot

    O‘zchivit 2014-yilga qadar mashhur turk jurnalistining qizi, fotomodel Jeylan Chapa bilan jiddiy munosabatda bo‘lgan, biroq Jeylanning asossiz rashki tufayli juftlik ajrashgan. Ma’lum bo‘lishicha, Jeylanning turli gumonlar sabab suratga olish maydonchasiga bostirib kelishi, ishonmasligi aktyorni asabiylashtirgan.

    Foto: Instagram


    “Choliqushi” serialining suratga olish ishlari boshlanganda aktyor bo‘lajak rafiqasi Faxriye Evjan bilan tanishadi. “Sevgi senga o‘xshaydi” melodrammasida birgalikdagi ishtiroki vaqtida ular orasida iliq munosabatlar paydo bo‘la boshlaydi.

    Faxriye o‘ziga yarasha qaysar fe’l-atvorga ega bo‘lishiga qaramay, Burakga nisbatan sabrli va og‘ir-bosiq munosabatda bo‘lgan. Jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda u o‘ziga yoqmagan taqdirda ham Burakning odatlariga qarshilik bildirmasligini, insonning qandayligini bilib turib tanlov qilgach, uni o‘zgartirishga urinish mantiqqa to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan.

    O‘zchivit oradan ko‘p o‘tmay Faxriyeni ota-onasi bilan tanishtirgan va ular 2017-yilning 29-iyun kuni turmush qurgan. Juftlik shov-shuvli marosim xohlamagan, lekin mashhur yulduzlar tantanasi shunchaki o‘tib ketmasligi aniq edi.

    Foto: Instagram


    To‘y marosimi Bosfor sohili bo‘yidagi Sait Halim Pasa villasida bo‘lib o‘tgan. Tashrif buyurgan mehmonlarning o‘sha zahotiyoq ulashgan Instagram’dagi jonli efirlari, foto va videolari juftlik muxlislari sevimli kumirlarining baxtli kuni qanday o‘tayotganini virtual kuzatishiga sabab bo‘lgan. Kelin va kuyov to‘ydan so‘ng Maldiv orollariga jo‘nab ketgan. Ular 2019-yilning 13-aprelida o‘g‘il farzandli bo‘ldi va unga Karan deb ism qo‘yishdi.

    Foto: Instagram

    Shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydigan yosh oila farzandi dunyoga kelganidan sakkiz oy o‘tib o‘g‘lining suratini ommaga namoyish qildi. Juftlik 2023-yilning yanvar oyida yana bir o‘g‘il farzandli bo‘lishdi. Chaqaloqqa Kerem deb ism qo‘yilgan. 

    Burakning O‘zbekistonga tashriflari

    Foto: Instagram

    Burak O‘zchivit O‘zbekistonga ilk marta 2019-yilning fevralida kelgan edi.  O‘shanda aktyor Toshkentga aynan muxlisalari bilan ziyofatda ishtirok etish uchun kelgan.

    Ular orasida O‘zbekistondagi nufuzli shaxslarning rafiqalari, biznes-ledilar, model biznesi vakilalari ham bo‘lgan.

    Xabarlarga ko‘ra, o‘z iste’dodini qadrlovchi ayollar bilan 2,5 soatlik muloqoti evaziga u 2 million turk lirasi (qariyb 380 ming dollar) pul ishlab olgan.

    Aktyor O‘zbekiston unga juda yoqqanini, u yerda ko‘plab xushmuomala va mehmondo‘st kishilarni uchratgani, shu sababli albatta u yerga qaytib borishini aytgan.

    Foto: “Daryo”


    Burakning O‘zbekistonga ikkinchi tashrifi 2022-yilning sentyabr oyida kuzatildi. Turk aktyori Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun poytaxtga keldi. 

    25.12.2023, 17:35   Izoh (0)   59215
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Burakning tuflisini yalashga tayyor bo‘lgan ayollarimizni ko‘rib, achindim”. Matyoqub Matchonov o‘zbek ayollarining turk aktyori bilan rasmga tushish uchun qilgan...

    27.09.2022, 12:23

    Burak O‘zchivit, Meryem Uzerli va faqat bitta roli bilan tomoshabinlarning yodida qolgan boshqa mashhur turk aktyorlari (foto)

    21.02.2023, 22:07

    Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen: Turkiyadagi eng go‘zal juftliklardan birining sevgi hikoyasi

    16.10.2023, 16:40

    Tarjimon bo‘lishni orzu qilgan, bedavo kasallikdan aziyat chekadigan hamda turk aktyoriga ko‘ngil qo‘ygan Yulduz Rajabova 34 yoshda (foto) 

    25.12.2023, 11:50

    “Villi Vonka” filmi qisqa fursatda 150 million dollardan ko‘proq daromad olib keldi

    19.12.2023, 12:35

    “Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevinning ukasi hozir qanday ko‘rinishda? (foto) 

    19.12.2023, 09:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.