• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Buyuk Miyazaki multfilmlari yordamida hal qilish mumkin bo‘lgan bolalardagi muammolar

    Eslatma: Ushbu material birinchi marta 2021-yil 11-sentabr kuni chop etilgan va e’tiborga molik materiallardan biri sifatida takroran e’lon qilinmoqda
    Yaponiyalik rejissor Xayao Miyazakining animatsion filmlari butun dunyoda sevib tomosha qilinadi. Voqealarga boy kartina g‘oyasi va muallif tomonidan berilgan savollarning jiddiyligi uchun ham bu multfilmlar tomoshabinlar tomonidan qadrlanadi. O‘zingiz uchun muhim narsani kashf qilish uchun ularning har birini qayta-qayta ko‘rib chiqishingiz mumkin, va albatta, farzandlaringiz bilan tomosha qilishni unutmang.

    Ota-onani yo‘qotishdan qo‘rqish (“Mening qo‘shnim Totoro”)

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli
    “Mening qo‘shnim Totoro” animatsion filmining sujeti onasi og‘ir tashxis bilan kasalxonaga yotqizilgan opa-singil atrofidagi voqealarga qurilgan. Miyazaki tomoshabinni onasining kasalligi bilan bog‘liq stressni boshdan kechirishi kerak bo‘lgan bolalar dunyosiga yetaklaydi. Shunisi e’tiborliki, rejissor bolaligida o‘z onasi kasal bo‘lib, bir muddat yotib qolganidagi holatlarni ushbu multfilmda tasvirlagan.

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli

    Qizlar qishloq uyiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lishgach, u yerdan qoravoylar — o‘ynoqi chang zarralarini ko‘rib qoladilar. Enaganing aytishicha, ularni faqat bolalar ko‘rishi mumkin. Bu mitti jonzotlar qo‘rquv va bezovta qiluvchi fikrlar ramzi bo‘lib, ular bolalar ongida tartibsiz holda bo‘ladi. Qahramonlardan biri qoravoyni mushtiga qamab qo‘yganday bo‘ladi, ammo barmoqlarini ochganida faqat bo‘sh kaftini ko‘radi. Bu bilan bolalar tashvishi tutqich bermasligi va nazorat qilib bo‘lmasligi ko‘rsatiladi.

    Qiziqarli fakt: xuddi shu jonzotlarni “Ruhlar olami” multfilmida ham ko‘rish mumkin. Unda ham bosh qahramoni ota-onasini yo‘qotadi. Sujet rivojlanib borar ekan, qizcha bu jonzotlar bilan do‘stlashishga muvaffaq bo‘ladi: u vahimaga tushishni to‘xtatadi va vaziyatga qarab harakat qila boshlaydi.

    Onasining kasalligi tufayli kelib chiqqan barcha qiyinchiliklar Totoro — katta paxmoq jonzot bilan tanishishga yordam beradi. Qizaloqlarning xotirjam bo‘lishi uchun u borligining o‘zi yetarli edi. Qaysidir ma’noda u hatto ota-onasining o‘rnini bosadi: yapon tanqidchilarining fikricha, uning katta qorni onaning issiq bag‘riga qiyoslanadi. G‘arbda Totoro ko‘pincha erkak deb ta’riflanadi, lekin Sharq animatsiyasini biluvchilar bu jonzotga ayollik fazilatlari berilgan deb hisoblaydi.

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli

    Afsuski, aslida bunday ajoyib mavjudotlar yo‘q. Ammo bu yosh tomoshabinlarga hikoyadan saboq olishiga to‘sqinlik qilmaydi: tabiat kuchlariga ishonish va yaxshi xayolot qiyin damlarda insonning omon qolishiga yordam beradi.

    Ovqatlanish tartibining buzilishi (“Arvohlar olami”)

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli

    “Arvohlar olami” animatsion filmi bir qator muhim savollar asosiga qurilgan. Shuningdek, “yeb-ichish” asrida keskinlashib ketgan muammolarga ham katta e’tibor qaratiladi. Bosh qahramon Tixironing ota-onasi jodulangan restorandagi ovqatlarning mo‘lligidan ko‘zlari o‘ynab ketadi. Natijada bunday odobsizlik jazolanadi: ular insoniy o‘tmishini unutgan cho‘chqalarga aylanadi. Va shu yerda sehrlangan dunyoda Tixironing sarguzashtlari haqida hikoya boshlanadi. Biroq odamning oziq-ovqatga bo‘lgan munosabati haqidagi mavzu shu bilan tugamaydi.

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli

    Yozuvchi Syuzan Naypirning so‘zlariga ko‘ra, Tixiro va uning yangi tanishi — qiyofasiz maxluq anoreksiya (ishtaha yo‘qolishi) va bulimiya (yeb to‘ymaslik)ni anglatadi. Qizning ota-onasi bilan sodir bo‘lgan voqeadan oldin ishtahasi yaxshi bo‘lgan deb aytib bo‘lmaydi. Endi esa u hayotini nazoratdan chiqarmaslik uchun ovqat yeyishdan qo‘rqadi va vaqt o‘tishi bilan uning tanasi shaffof bo‘la boshlaydi. Tixiro faqat rezavor yegandagina bundan qutuladi.

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli

    Qiyofasizning bosh qahramondan farqi shundaki, uning ishtahasi yo‘qolmaydi. Ammo u ochlikni qondirish uchun emas, balki yolg‘izlik tuyg‘usidan qutulish uchun ovqatlanadi. Uning tanasi hamma narsani chiqarib tashlashi esa bulimiyadan dalolat beradi.

    Ovqat tana uchun dushman ham, do‘st ham bo‘lishi mumkin — ijodkorlar multfilm orqali buni yaqqol ko‘rsatib bergan. Qiz qo‘rquv bilan kurashish davomida ovqat nafaqat insonni xarob qilishi, balki hayotini saqlab qolishi ham mumkinligini tushunib yetadi.

    Oiladan ajralish (“Kiki — yetkazib berish xizmati”)

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli

    Miyazakining bu asarini tanqid qilganlardan biri: “Men bu filmni ko‘rganimda, qachonlardir mening qizim ham uzoqda bo‘lishini o‘ylab, yuragim orqaga tortib ketdi”, degandi. “Kiki — yetkazib berish xizmati” filmida aynan shunday holat tasvirlangan: Kiki ismli qizaloq ota-onasining uyini tark etadi. Bosh qahramonning yoshi ramziy ma’noga ega: aynan 13 yoshidan boshlab qizlar balog‘atga yeta boshlaydi, bu bolalik va o‘smirlik davridagi shartli chegaradir.

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli

    Multfilm Eiko Kadononing xuddi shu nomdagi romani asosida ishlangan, lekin asl nusxadan farqli o‘laroq mustaqil bo‘lish — yolg‘izlik va o‘z-o‘zini anglashga yaxshi imkoniyat berishi ta’kidlanadi. Qahramon o‘zi tanlagan kasbi yordamida jamiyatga qo‘shilishi kerak bo‘ladi.

    Har doim gedonizm (huzur-halovatga intilish insonga xos oliy xislat, deb hisoblovchi axloqiy ta’limot)ga salbiy munosabatda bo‘lgan Miyazaki yosh tomoshabinlarga o‘z qahramoni orqali mehnat va halollik garovi to‘g‘ri qaror ekanini tushuntiradi. Shuning uchun Kiki yarqiroq poyabzal qo‘yilgan vitrina yonida uzoq turmaydi, o‘z burchini bajarish uchun uchib ketadi.

    Yosh va tashqi ko‘rinishdagi komplekslar (“Yuradigan qal’a”)

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli

    Jodugar kampir Sofi ismli qizni keksa ayolga aylantirib qo‘yadi. Qahramon asta-sekin taqdiriga ko‘nib, qartaygan tanada yashashni o‘rganishga majbur bo‘ladi. Bu bilan yovuz jodugar bilan qarilik tushunchasi o‘rtasida parallellik o‘rnatish mumkin. Sofi yosh bo‘lgan paytida jodugar kampirni haqiqatan ham qo‘rqinchli deb hisoblardi. Ammo o‘zi uning holiga tushganidan so‘ng, jodugar unga zarari tegmaydigan kampir bo‘lib, hatto kulgili ham ko‘rinadi.

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli

    Miyazaki, shuningdek, tomoshabinlarga inson yoshi u o‘zini qanchalik yaxshi his qilishiga bog‘liq degan fikrni yetkazishga harakat qiladi. Sofi kuchli his-tuyg‘ularni boshdan kechirgan paytlarda, masalan, sevib qolganida, u o‘zi sezmagan holda yashara boshlaydi. Qahramon his-tuyg‘ularning kuchiga qarab o‘rta yoshli ayol yoki kulrang sochli qizaloq bo‘lib qoladi.

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli

    Kartinada mavjud bo‘lgan yana bir muhim fikr: sevgi — bu tashqi tomondan ideal yosh qizlarga bo‘lgan munosabat emas. Disney multfilmlari bu borada beg‘ubor yosh malikalarni tasvirlaydi, lekin Miyazaki bu yondashuvga begona. Boshidanoq uning qahramoni yoqimsiz qilib ko‘rsatiladi, borgan sari u butunlay xunuklashadi. Shunga qaramay, personaj sevish huquqini yo‘qotmaydi.

    Hayotda o‘z o‘rnini topish (“Shamol kuchaymoqda”)

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli

    “Shamol kuchaymoqda” animatsion filmining bosh qahramoni Jiro samolyotlarni yaxshi ko‘radi va uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi. Biroq bolada uzoqni yaxshi ko‘rolmaslik kasalligi bor, shu bois uchishni faqatgina orzu qila oladi. Xuddi shu holat G‘arb multfilmlarida, ehtimol, boshqacha bo‘lardi: qandaydir mo‘jiza sodir bo‘ladi va qahramonning xohishi amalga oshadi. Lekin bu yapon rejissorining ishi va uning yondashuvi boshqacha.

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli

    Taqdir Jiroga uchuvchi bo‘lishga imkon bermagani uchun u samolyotlarni loyihalashtirish bilan shug‘ullanadi va bu ishda muvaffaqiyat qozonadi. Muallif bu bilan hayot boshqa ko‘plab imkoniyatlarni berayotgan bir paytda erishib bo‘lmaydigan maqsadlar haqida o‘ylamaslik kerakligini uqtiradi.

    O‘zaro munosabatlardagi qurbonlik (“Qoyatoshdagi baliqcha Ponyo”)

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli

    Bir qarashda “Qoyatoshdagi baliqcha Ponyo” multfilmida muallif Hans Kristian Andersenning “Suv parisi” asarini qayta ishlab chiqqandek tuyuladi. Bolakay sehrli baliq-qizchani topib oladi, ular do‘st bo‘lishlari uchun baliqcha oddiy odamga aylanishi kerak. Agar bola sinovdan o‘tolmasa, Ponyo dengiz ko‘pigiga aylanadi.

    Ehtimol, Miyazaki daniyalik yozuvchi ijodidan ilhomlangandir, ammo u tomoshabinlarga umuman boshqacha saboq berishga qaror qiladi. Sujetga ko‘ra, Ponyoning odamga aylanishi sayyora uchun halokatli tahdidlarga sabab bo‘lishi mumkin. Agar kim bilandir bo‘lgan munosabatlar sizdan tubdan o‘zgarishni talab qilsa, demak, bu sizning va yaqinlaringizning odatiy turmush tarzini butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin. Buni har doim ham chetlab o‘tish mumkin emas, lekin odam tanlagan kishisining oldidagi mas’uliyatini his qilishi va agar tuyg‘ulari hali ham so‘roq ostida bo‘lsa, uni o‘z vaqtida qo‘yib yuborishni ham bilishi kerak.

    Foto: Studio Ghibli

    Foto: Studio Ghibli

    Filmning kulminatsion nuqtasida bolakay Ponyoning baliq yoki qiz bo‘lishidan qat’i nazar, uni yaxshi ko‘rishini aytadi. Bu gapi bilan qahramon o‘z his-tuyg‘ulari tufayli boshqadan hech qanday o‘zgarish va qurbonliklarni talab qilmasligini isbotlaydi, bunday iqrorni Andersen ertagidagi shahzodada uchratmaysiz. Shundan keyingina baxtli yakun keladi: dengiz hukmdori bolalarni ayirmaslik uchun ularga yon bosadi.

    Mavzuga doir: 

    • Farzandingizning bilim va tarbiya olishida televizor, planshet va telefondan oqilona foydalanish yo‘llari
    • Voqealar rivoji sayohatga asoslangan bir-biridan qiziq multfilmlar (foto)
    • Ota-onalarga farzandlari bilan birga tomosha qilish tavsiya etiladigan 12 ta multfilm (foto)
    • “Lolo va Pepe”, “Mamontchaning onasi” va boshqa sevimli multfilmlar haqida qiziqarli faktlar (video)

    02.01.2022, 11:29   Izoh (0)   30508
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amir Olimxon saroyida raqqosalik qilgan, 11 yoshida majburan turmushga uzatilgan aktrisa — Maryam Yoqubova haqida

    02.01.2022, 10:49

    2021-yilda vafot etgan O‘zbekiston madaniyati va san’ati vakillari (foto)

    31.12.2021, 13:54

    Mukofotni olganda yig‘lagan grimyor, olti nominatsiya g‘olibi “Ilhaq”, zalni turg‘izgan rolik. “Oltin humo” taqdirlash marosimidagi esda qolarli holatlar (foto va

    30.12.2021, 17:41

    Rossiyada 3 yil ishlagan, sobiq kosib va santexnik, bugun esa yulduz. Qirqlar qishlog‘idan chiqqan xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev haqida (video)

    28.12.2021, 19:43

    O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kompozitor Shermat Yormatov 82 yoshida vafot etdi

    23.12.2021, 09:25

    Parizoda bilan yarashgan, konserti ketma-ket qoldirilgan, vazirning shogirdi Alisher Fayzning konsertidan reportaj (foto, video)

    19.12.2021, 18:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Isroil Tashqi ishlar vazirligi Makronni Isroilga qarshi siyosat yuritishda aybladi

    Dunyo | 30 may, 22:20

    “Bobom bag‘rimizga qaytganlaridan xursandmiz!”

    O‘zbekiston | 30 may, 22:10

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:58

    “Real” klublar o‘rtasidagi JCH g‘olib bo‘lsa, futbolchilar 1 mln yevrodan bonus oladi

    Sport | 30 may, 21:58

    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

    Reklama | 30 may, 20:00

    Turkiyada kurortdagi yong‘in ishi bo‘yicha ayblanuvchilar 22 yildan 1998 yilgacha qamalishi mumkin

    Dunyo | 30 may, 21:55

    Xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklar jasadini olib kelish uchun soxta pul yig‘ish aksiyalari o‘tkazilmoqda

    O‘zbekiston | 30 may, 21:40

    Erdo‘g‘on islom davlatlarini iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi

    Dunyo | 30 may, 21:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.