“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Vulverhempton”ga qarshi o‘yindan (1:0) so‘ng fikrlarini bildirdi.

Murabbiy agar natijalarga qaralsa jamoa rivojlanganini taʼkidladi.
“Lekin o‘yinga nazar tashlasak, hali juda ko‘p ish qilishimiz kerak. Dastlabki 20 daqiqa davomida raqib bizdan ancha yaxshi o‘ynadi, ularda imkoniyatlar yetarlicha bo‘ldi. Bizga esa omad kulib boqdi. O‘zimiz xohlagancha o‘ynay olmadik, ammo nima uchun kurashayotganimizni yaxshi bilamiz”, – deydi ispaniyalik mutaxassis.
Gvardiola hozir jamoa bir necha hafta avvalgi vaziyatdan yaxshiroq holatda ekanligini aytdi.
“So‘nggi uchrashuvlarda g‘alaba qozondik, boshqa jamoalar esa ochkolar yo‘qotdi. Agar bugungidek o‘ynasak, bu ham yaxshi. Eng muhimi, hushyorlikni yo‘qotmasligimiz kerak. Bunday g‘alabalar bizga ishlashda davom etish kerakligini ko‘rsatadi”, – deydi “Man Siti” bosh murabbiyi.
Izoh (0)