Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Musulmon donishmandlar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdusalom bilan uchrashdi.

“Islom dini asosida yotgan umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun mazkur nufuzli xalqaro tashkilotga minnatdorlik bildiraman.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekiston konfessiyalararo totuvlikni, mamlakatimiz faxri bo‘lgan noyob islom merosini targ‘ib etish borasida butun dunyoda haqli ravishda e’tirof etilmoqda”, deb yozadi prezident yordamchisi.

Saida Mirziyoyeva kamtarona xizmatlari e‘tirof etilgani va har yili o‘tkaziladigan Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofotining hakamlar hay‘ati tarkibiga kiritilganidan benihoya mamnunligini bildirdi.

“Faqat birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan biz bu dunyoni yanada yaxshiroq qila olamiz”, deb yozgan prezident yordamchisi.

Maʼlumot uchun, 2025-yili Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hayʼati tarkibiga quyidagi insonlar kiritilgan:
- Makki Sall – Senegal va Afrika Ittifoqining sobiq prezidenti;
- Xose Luis Rodriges Sapatero - Ispaniyaning sobiq bosh vaziri;
- Jahon savdo tashkiloti bosh direktori - Ngozi Okonjo-Iveala;
- Kardinal Piter Kudvo Appiah Turkson - Pontifik Fanlar akademiyasi va Pontifik Ijtimoiy fanlar akademiyasining maslahatchisi;
- Patrisiya Skotland - Millatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi;
- Muhammad Abdusalom - “Insoniy birodarlik” mukofoti Bosh kotibi.
2021-yilda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, 2022-yilda esa Iordaniya qiroli Abdulla II va malika Raniya Al Abdulla mazkur nufuzli mukofotga sazovor bo‘lgan.
Izoh (0)