• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Bolalikda vaqt juda sekin o‘tayotgandek tuyuladi... va keyin bum! Qarabsizki, ellik yoshdasiz, zanglagan quticha esa yagona xotirangiz bo‘lib qoladi”. “Ameli” filmi haqida

    Fransuz kinosi nafosati

    “Ameli” filmi 2001-yilda fransuz rejissori Jan Pyer Jyone tomonidan suratga olingan. Ushbu romantik komediyaning nomi bu kartinaning asosiy qahramoni kalta sochli qizning ismidan olingan. “Ameli” nega bunchalik mashhurlikka erishdi? U o‘z vaqtida kino industriyasida fransuz filmlarining birlashgan simvoli, eng yorqin namunasi darajasiga chiqdi. Axir, sujet unchalik mukammal emas edi-ku?

    Hamma gap — ichidagi bolakayini o‘ldirmagan qizda. Uning bizga g‘alati bo‘lib ko‘rinadigan xatti-harakatlari, qiliqlari, gaplari va jilmayishida. Aynan shu narsalar tomoshabinni kinoning oxirgi daqiqasigacha ushlab turdi. Dunyoning ko‘p mamlakatlaridagi Ameli ismli qizlar filmning ashaddiy muxlisiga aylanishdi. Kino suratga olingan joylar turistlar doimiy tashrif buyuradigan makon bo‘ldi. Monmartrdagi kvartira ijara narxlari keskin ko‘tarilib ketdi, lekin shunda ham Ameli shu joyda yashagan deb juda ko‘p odamlar aynan istiqomat qilish uchun lash-lushlari bilan ko‘chib kelishdi. “Ameli sindromi” yuzaga keldi. Oradan yigirma yildan ortiq vaqt o‘tdi, lekin hali-hamon fransuz kinosi nafosati deyilganda, hech ikkilanmasdan “Ameli” ko‘rsatiladi.

    Filmdan kadr

    Shunisi aniqki, bosh rolni Odri Totu o‘ynamaganda, film ssenariysi “afsonaviy” qilib yozilganda ham bunchalik mashhurlikka erishmagan bo‘lardi. Odrining mahoratini uning hayotdagi ismi so‘ralganda ko‘pchilik Ameli, deb javob berishidan bilish qiyin emas. Va kino faqat nevroz qiz haqida emas, balki butun shahar haqida hikoya qiladi — qiz fonida butun Fransiya san’ati tarannum etiladi. Kinoni e‘tibor bilan ko‘rgan odam Ameli istiqomat qiladigan shaharda birorta xavfli jinoyatchi: o‘g‘ri, kazzob, chayqovchi, qotillarga duch kelmaydi. Eng yovuz personaj bo‘lgan Josef ham yovuz odamdan ko‘ra ko‘proq kulguli kimsaga o‘xshaydi. Bu maftunkor Parij real hayotdagisi bilan qanchalik darajada to‘g‘ri keladi? Gap shundaki, Jan Pyer o‘z san’at olamidagi, ijodidagi ertaknamo g‘oyani har bir turist, balki har bir fransuz orzusidagi Parij siymosi bilan sintez qilishga, bu ikki “nafis bo‘yoq”ni aralashtirishga qaror qiladi. Qisqacha qilib aytganda, rejissor Parij ertagini suratga olishni reja qilgan va buning uddasidan chiqqan. Endi esa sujet bilan birgalikda kinodagi ba’zi jarayon/odam/joylarni tahlil ham qilib ketamiz.

    Filmdan kadr

    Nevrotikning noodatiy hamda kulguli hayoti

    Film qalbi orzularga to‘la, xayolparast, biroz g‘alatiroq qiz Amelining ota-onasini ta’riflashdan boshlanadi. Ikkalasi ham nevrotik odamlar ekanligini kinoni ko‘rish davomida amin bo‘lamiz. Psixolog Sarvinoz Omonova aytmoqchi, Amelining otasi ham, onasi ham qattiqqo‘l nevrotik, qizaloqning nevrotik bo‘lishdan boshqa yo‘li bormi? Ota-onasining ikkita bir xil yoqtiradigan ishi bor: otasi ustachilik asbob-uskunlari solingan sumkani ag‘darib, hamma narsani tartib bilan sumkaga qayta joylashni yoqtiradi, onasi ham o‘zining sumkasidagi bor narsalarini stol ustiga to‘kib, tartib bilan solishni yaxshi ko‘radi. Buni o‘zgacha rohat bilan qilishadi. (Masalan, men messenjerdagi a‘zo bo‘lgan kanallarimni deyarli hammasini o‘chirib, bir-ikki kundan keyin yana ulanvolishdi yoqtiraman. Bu ijtimoiy tarmoqlardan chekinish uchun emas, bilmadim, shunchaki, shuni xohlayman) Tartibga o‘chlik — nevroz belgilaridan biri.

    Ameli bolaligida yetarlicha muhabbat olmaydi. Shifokor otasi har oyda bir marta qizining salomatligini tekshiradi, tekshirish jarayonida qiziga teginganida Ameli noodatiy yaqinlikdan hayajonlanib, yurak urishi tezlashib ketadi. Otasi unda yurak porogi bo‘lsa kerak, deb o‘ylaydi. Qizchani kasal deb hisoblab maktabga berishmaydi.

    O‘qituvchi ona qiziga ta’lim beradi. Ijtimoiy munosabatlar tanqisligi psixik rivojlanish to‘liq shakllanishiga, tabiiyki, to‘sqinlik qiladi. Ameli xayoliy do‘stlar yaratib, ular bilan o‘ynaydi, kasal do‘stlarini davolaydi. Keyinroq jonli mavjudot bilan do‘stlashishga urinadi — akvariumdagi Kashalot ismli baliq bilan o‘rtoq tutinadi. Lekin Amelining onasi Kashalotning akvariumdan hadeb chiqib ketaverishlariga toqat qilolmaydi va baliqni soyga tashlab yuborishadi.

    Filmdan kadr

    Qizaloq yana yolg‘izlanib qoladi. Unga fotoapparat sovg‘a qilishadi. Bu qiziquvchan qizaloq uchun ajoyib mashg‘ulot edi. Bir qo‘shnisi hazillashib, ko‘chadagi avtohalokatga Amelining suratga olganini sabab qilib ko‘rsatadi. Qizcha endi televizorda ko‘rsatiladigan dunyoning barcha falokatida o‘zining suratkashlik qilgani sabab deb o‘ylaydi. Unda ulkan aybdorlik hissi shakllanadi. Yana bir sevimli mashg‘ulotiga to‘siq paydo bo‘ladi. Bir kuni Ameli va onasi cherkovdan chiqayotganida, bino tomidan bir qiz o‘zini tashlaydi va u, baxtga qarshi, Amelining onasi ustiga tushadi. Favqulodda ro‘y bergan halokat tufayli ona vafot etadi, qizaloq battar yolg‘izlanib, otasining qo‘lida qolib ketadi.

    Ameli katta bo‘ladi, ammo unda infantil qarashlar saqlanib qoladi, asabiylik ham kuchayadi. Onasining qattiqqo‘lligi tufayli Ameli undan jinsiy sovuqqonlikni meros qilib oladi. Qarama-qarshi jins vakillari bilan bir necha marta munosabat o‘rnatishga urinib ko‘radi, lekin natija chiqmaydi. Ameli don solingan xaltaga qo‘l tiqishni, suvga tosh otib halqalar hosil qilishni yoqtiradi, tez-tez shu ishlarni qilib turadi. Ushbu obsessiv harakatlar bilan nevrozligini, noodatiy xavotirini bosib yuradi.

    Ameli Parijdagi kichik bir kafeda ishlaydi, hayoti bir zaylda davom etadi. Ammo kunlardan bir kuni uning hayotini o‘zgartiradigan voqea ro‘y beradi. Televizorda Malika Diananing o‘limi, dafn marosimi haqidagi lavhani ko‘rayotib, qo‘lidagi buyumni tushirib yuboradi. Uni olar chog‘ida, Ameli o‘zi yashayotgan uyda 40 yil oldin bir bolakay yashirib qo‘ygan qutichani topib oladi. Quticha ichida o‘yinchoqlar va yana qandaydir xotiralar bor edi. Uning egasini topib, qaytarish kerak!

    Filmdan kadr

    Ameli amallab, quticha egasini topadi, lekin qaytarib berayotganida o‘zini ko‘rsatmaydi. Qutichani olgan odamning quvonchini ko‘rgan qiz odamlar taqdiriga ta’sir qila olishini tushunadi va atrofidagilarning hayotini o‘zgartirishga kirishadi. Boshqa odamlarga jonini fido qilishdan baxt qidirishga tushadi. Odamlarga yaxshilik qilishga, dadillik bilan istaklarini amalga oshirishiga undaydi (aynan nimalar qilganini filmni ko‘rganda bilib olasiz). Yaxshilik qilish yo‘lida kimgadir azob berish, kimnidir aldash usullaridan ham foydalanadi. Balki xato qilayotgandirman, deb ham o‘ylamaydi. Hammaga yordam berar ekan, Ameli o‘z hayotini, o‘z xulqini o‘zgartirolmaydi. U odamlarning bolalarcha xursand bo‘lishidan zavqlanadi, o‘zi ham boladay xursand bo‘lish uchun kimningdir katta odamday hayotiga kirib kelishini kutadi.

    Bir yigitni sevib qoladi, ammo unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yaqinlasholmaydi. Ameli bolaligida ham ota-onasining muhabbatini ololmagan, mehrini his qilolmagan, erkalash, o‘pib qo‘yish, quchoqlash, shirin so‘zlar orqali kayfiyatni ko‘tarish, dalda berishlar bo‘lmagan. Shuning uchun endi o‘zi ham tuyg‘ularini bildirolmaydi. Ameli sevib qolgan odami birinchi bo‘lib qadam tashlashini, tuyg‘ularini payqab olishini kutadi. Yoqtirib qolgan yigiti topib kelishi uchun nimalarni o‘ylab topmaydi u. Yigit esa oxirigacha Amelini izlaydi. Topganida esa Ameli yana u izlayotgan qizmasligini aytadi.

    Filmda Amelining psixoanalitigi rolini qo‘shnisi rassom chol bajaradi. (Cholga keyin to‘xtalik o‘tamiz) Ameliga so'zlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dadillikni uqtirmaydi. Chunki qizga bunday ta’sir qilib bo‘lmas edi. Uning so‘zlashuv usulidan foydalanadi — videotasvirlar orqali Amelini o‘zi uchun kurashishga chaqiradi. Va nihoyat Ameli muhabbati uchun kurashishga qaror qiladi va yigitga qalbini ochadi. Qisqacha, shu. Endi xulosa va tahlil o‘rnida ba’zi ramziy narsalarni ko‘rib chiqsak.

    Filmdan kadr

    Nega aynan Monmartr shahri tanlangan?

    Aynan Montmartr Amelining yashash joyi sifatida tanlangan. Chunki Parijning bu hududi butun dunyoda eng taniqli hisoblanadi va bu bejizga emas — bu makonda ko‘plab mashhur rassomlar, yozuvchilar, san’at shaydolari yashagan, aynan shu ijodiy quvvat taqdim etuvchi joy haqida yuzlab ballada va qo‘shiqlar aytilgan, nomalar bitilgan.

    Garchi Ameli havas qilib bo‘lmaydigan oilada ulg‘aygani bilan u ham chiroyli, go‘zal narsalarni/onlarni/odamlarni yaratadi, lekin uning ijodiy potensiali she’r bitish, asar yozish, qo‘shiq kuylash, musiqa yaratish bilan emas, o‘zi va atrofidagi odamlarning hayotini yaxshi tarafga o‘zgartirish bilan o‘lchanadi. U butun hayotini san’atga aylantiradi. Ichki bolakayiga quloq tutib, qalbini ochganidan keyin o‘zi san’atga do‘nadi. Aynan o‘sha harakatlari, aynan o‘sha jarayon kartinada yanayam tabiiyroq chiqishi uchun, tomoshabin ko‘rib, ko‘ngli allanechuk bo‘lishi, o‘zini bir vaqtning o‘zida dunyodagi eng baxtli odam va hayotdagi eng noshud kimsadek his qilishi uchun Monmartr shahri tanlab olingan. Kartinadagi ranglar uyg‘unligi didingizni o‘stirmay qolmaydi. Qo‘lda tutib bo‘lmas, so‘z bilan ta’riflash imkonsiz bo‘lgan nafislik esa dovdiratib qo‘yishi, ichingizda o‘zgacha bir surur uyg‘otib yuborishi aniq.

    Filmdan kadr

    “Shisha odam” obrazida nima yashiringan?

    Endi boyagi chol, Amelining g‘alati qo‘shnisiga qaytamiz. Qizning yonida necha yillardan beri istiqomat qiluvchi va ana shu yillar davomida bitta rasmning nusxalarini qayta-qayta ishlayvergan bitta suratni bot-bot chizishdan erinmagan, bezillamagan Ramon Dyufael ijodiy odamlarga xos zaiflik va nafislikni anglatadi.

    Erkak betob va uning mo‘rt, qaqshagan suyaklari unga oddiy hayot kechirishga imkon bermaydi, u sira ham ko‘chaga chiqmaydi. Kasallik uning jismoniy imkoniyatlarini cheklashiga qaramay, u kuchli empatiyaga ega — u boshqa odam his qilganini aynan his qiloladi, boshqaning kechmishini o‘zinikidek kechira oladi.

    Filmdan kadr

    Ameli o‘zi kim?

    Shuncha ta’rif-u tavsifdan keyin Ameli haqida ozgina bo‘lsa ham tasavvur hosil bo‘ldi. Yanayam aniqroq bo‘lishi uchun uning qiyofasini uchta variantga solib ko‘rib chiqish mumkin:

    Birinchisi, bolakayini qalbida parvarishlab kelayotgan o‘smir qiz. Garchi u o‘ziga g‘amxo‘rlik qila oladigan, o‘ziga o‘zi javob beroladigan darajada ulg‘aygan qiz bo‘lsa-da, uning dunyoga bo‘lgan qarashlari juda ham sodda, xuddi bolalardek nigoh bilan qaraydi. Ameli ichki bolakayining ijodiy xususiyatlari, o‘ynash istagi va nostandart xatti-harakatlariga bee’tibor emas, uning ko‘ngliga doim qaraydi. Bu esa umumaxloq ichida ulg‘aygan odamlar uchun juda g‘alati ko‘rinadi, hatto g‘ashga tegadi ham.

    Ba’zan qiz noz-karashma qilgisi keladi, ba’zan esa boshqa odamlarning xatlariga beso’roq teginadi, ularni ochib o‘qiydi, begona odamlarning uyida bemalol yuradi. Albatta, bular bosh qahramon xarakterini ochib berishni yakunlab bergandek ko‘rinadi, lekin uning boshqa xilqat sifatida ham ko‘rinishlari mavjud.

    Ikkinchisi, Ameli ramziy obraz sifatida qaralishi. Tasvirning ikkinchi xususiyatini ko‘rib chiqish uchun har bir sujet chizig‘i qizning harakatlariga asoslanganligini esga olish kerak. U odamlarning hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi — ularni o‘z farzandlari, nabiralari haqida eslashga undadi yoki odamlarni o‘zini pinhona tutgan holda juftlashtirib qo‘ydi.

    Uchinchi rakurs esa tepadagi ikki tavsifdan butkul boshqacha. Xayolparast qiz dafn marosimini ko‘radi, g‘alati tushkunlikka o‘xshash hissiyot bilan yuzma yuz kelsa-da, u o‘zini milliy qahramon, baxtsiz odamlarning himoyachisi sifatida namoyon qilishga jazm etadi.

    Bir tomondan, qiz buyuklik maniyasining yengil shaklidan aziyat chekmoqda, deb o‘ylashingiz mumkin va g‘alati g‘oyalar buni tasdiqlaydi ham. Lekin men uning harakatlarini ko‘rib, darhol Fransiyaning milliy ramzi Mariannani esladim, negaligini aytmayman. Marianna haqidagi ma’lumotni esa Wikipediyadan izlab ko‘ring. Albatta, erinmasangiz. Ameli aynan shu muhim shaxsga da’vo qilmasa ham, u filmda butun boshli mamlakatning quvnoq, nazokatli, ijodiy ruhini tomoshabinlarga yetkazib bera olgan. Ehtimol, Amelining tillarda doston bo‘lib yurganining boisi ham shundadir.

    Azizbek Yusupov

    20.09.2023, 00:17   Izoh (0)   6939
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vaqtida so‘ralmagan erk tashnaligi, beg‘uborlik qobig‘i va ko‘zgudagi haqiqat. “Qora oqqush” filmidagi ishoralar talqini

    19.05.2023, 10:30

    “Narigi dunyoga tirik holda o‘tish yo‘lini topsang ham, o‘z vijdoningdan qochib qutulolmaysan! O‘zingdan qanday qochasan?..” “Mashinist” filmi haqida

    05.08.2023, 23:30

    “Biz askarlarga boshqalarni o‘ldirishni o‘rgatamiz, lekin samolyotga ‘la’nati’ deb yozishsa, ularni axloqsiz deb ataymiz!” — “Bugungi Apokalipsis” filmi haqida 

    10.09.2023, 08:04

    “Qasos o‘ti”: Mashhur hind filmining suratga olinish tarixi haqida qiziqarli faktlar

    19.09.2023, 13:01

    “Oppengeymer”  tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan biografik filmga aylandi

    19.09.2023, 09:54

    Foto: Afsonaviy “Titanik” filmi aktyorlari bugungi kunda qanday ko‘rinishda? 

    18.09.2023, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10

    O‘zbekiston va Vengriya vagonsozlik sohasida birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

    O‘zbekiston | 25 may, 17:40

    Putinning Kursk viloyatiga tashrifida dronlar hujum qilgan — OAV

    Dunyo | 25 may, 17:11

    Xavi Osiyo qit’asiga qaytishi mumkin

    Sport | 25 may, 16:40

    O‘zbekistonda ekologik nazoratda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalaniladi

    O‘zbekiston | 25 may, 15:50

    Rasman. Xabi Alonso — “Real Madrid” bosh murabbiyi

    Sport | 25 may, 15:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.