• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isyonkor yigitdan millat otasigacha. Hindiston mustaqilligi kurashchisi Maxatma Gandining “tuz yurishi” va unga uyushtirilgan suiqasd

    Bundan 75 yil oldin, 1948-yil 30-yanvar kuni Nyu-Dehlida hind siyosatchisi, faylasuf va jamoat arbobi Maxatma Gandi o‘ldirilgan edi. U o‘zining navbatdagi chiqishi davomida millat otasining ideologiyasiga qo‘shilmaydigan fanatik Natxuram Godze tomonidan otib ketilgan. Maxatma Gandi mamlakat aholisining xotirasida Hindistonni Britaniya imperiyasi mustamlakasidan ozod etgan kurashchi sifatida qolgan. Uning g‘oyaviy falsafalari asosini fuqarolik huquq va erkinliklari uchun kuch bilan kurashmaslik tashkil etardi. 1930-yilda TIME jurnali Hindiston mustaqilligi uchun harakat yetakchisini “Yil odami” deb topgan, BBC bo‘lsa — xalqaro tinchlik va ezgulik ramzi deya e’tirof etgandi. “Daryo” ”100 buyuk inson” loyihasi doirasida Maxatma Gandi nima uchun kurashgani, kimdan ta’lim olgani va o‘zidan nimalarni me’ros qoldirgani haqida hikoya qiladi.

    Maxatma Gandiga atab o‘rnatilgan haykal
    Foto: AP Photo

    Moxandas Karamchand Gandi 1869-yil 2-oktabr kuni Hindiston shimoli-g‘arbidagi Porbandar shahrida dunyoga kelgan. Uning oilasi savdogarlarning banya kastasidan edi, otasi shu nomdagi knyazlikda vazir lavozimida faoliyat yuritgan. Bolaning dunyoqarashiga dinga juda qattiq berilgan onasi katta ta’sir ko‘rsatadi. Moxandas butun bolaligini ibodatxonalarga borish va diniy marosimlarda qatnashish, go‘sht yemaslik bilan o‘tkazdi.

    Biroq o‘smirlik yoshida Gandi qat’iy qoidalardan biroz chekindi va vegetarianlik qoidalarini buzishni boshladi. “Inglizlar go‘sht yeydi, shu boisdan bizni boshqarishga qodir”, — deya hisoblaydi u. Bu vaqtda Hindiston Britaniya imperiyasining koloniyasi edi.

    Hindiston mustaqilligi kurashchisi bo‘lgan yosh Gandi inglizlarga havas qilardi. 1888-yilda u Londonga yo‘l olib, yurisprudensiyani o‘rgandi va inglizlarga xos moda hamda xulq-atvorda yurishni boshladi: yevropacha kostyum va galstuk taqqan, raqsdan dars olgan, faqat birinchi klassda yurdi. Shu bilan birga, Moxandas ta’lim olishga jiddiy e’tibor qaratadi va mustaqil o‘qishga ko‘p vaqt ajratardi.

    Gandi Londonda
    Foto: Getty Images

    Aynan inglizlar Moxandas Gandini keyinchalik o‘zining falsafiy ta’limoti asosiga aylangan “Bxagavadgita” — hind falsafasidagi muhim yo‘nalish bilan tanishtirgan. Avvaliga u ingliz tilida “Xudo qo‘shig‘i” va boshqa diniy adabiyotlarni o‘qishga kirishdi. Yigitcha Hindistondan uzoqda o‘z yurtining dini va falsafasiga katta hurmat hamda qiziqish his qila boshlagandi.

    Shu bilan birga, Britaniya hayotiga sho‘ng‘ishi bilan uning ko‘z o‘ngida Birlashgan Qirollik jozibasi yo‘qola boshlaydi. “Samoviy” inglizlar uning uchun o‘ziga xos kamchilik va zaiflikka ega oddiy insonlarga aylandi. Shuningdek, Gandi inglizlarning o‘rtacha daromadi hindlarnikidan o‘n barobar yuqoriligini tushunib yetadi. U bunda mustamlakachilik boshqaruv tizimiga asoslangan adolatsizlikni ko‘rardi.

    Dastlabki qadamlar

    1891-yilda Gandi Hindistonga qaytib keladi. Avvaliga u advokat sifatida karyera qilishga intiladi, biroq bu borada muvaffaqiyatga erisha olmadi. Ikki yildan keyin unga mutaxassisligi bo‘yicha Janubiy Afrikada ishlash taklif etiladi va Moxandas umrining keyingi 20 yilini boshqa qit’ada o‘tkazadi.

    Katta qismi Britaniya imperiyasi nazorati ostida bo‘lgan Janubiy Afrikada aparteid siyosati (irqiy ayirmachilik) amalda edi. Shu boisdan ham qit’ada yashovchi yevropaliklar tub afrikaliklarga nisbatan keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan.

    Afrikaga yetib kelishi bilan Gandi tengsizlik va irqiy ayirmachilikka duch keldi, chunki hindlar ham qora tanlilar safiga kiritilar edi. Xususan, poyezddayoq undan birinchi klass vagondan chiqib ketishni so‘rashgan. Moxandas o‘z xohishi bilan ketishdan bosh tortadi va yo‘lovchilar politsiyani chaqirib, uni kuch yordamida vagondan chiqarib tashlaydi.

    Aparteid adolatsizligini kuzatar ekan Gandining Britaniya imperiyasi borasidagi hafsalasi yanada pir bo‘ldi va zulm hamda qora tanlilar  huquqlarini poymol etishga qarshi to‘laqonli kurash boshladi.

    U G‘arb burjua jamiyatini tanqid qiluvchi faylasuflarning ishlaridan ilhomlanib ideal davlat tuzilishi borasida o‘z qarashlarini shakllantirdi. Ushbu g‘oya barcha fuqarolarning teng huquqliligi, zo‘ravonlikdan voz kechish, oddiy qo‘l mehnati va pok fikrlar bilan yashashni afzal ko‘rish g‘oyasiga asoslangan edi.

    “Agarda biz haqiqiy demokratiya ruhini hosil qilishni istasak, sabrsiz bo‘lishga haqimiz yo‘q”, — degandi Gandi.

    Rus yozuvchisi Lev Tolstoy asarlarini o‘rganish ham Gandining qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatgan. “Tolstoyning ‘Xudoning shohligi ichimizda’ kitobi meni tom ma’noda qamrab oldi. U qalbimda o‘chmas iz qoldirdi. Bu kitobning mustaqil fikrlashi, chuqur axloqi va haqqoniyligidan oldin qolgan barcha kitoblar qiziq emasdek tuyulardi”, — deya eslaydi u. Gandi va Tolstoy hatto bir necha bor maktub yozishib, adolatsizlik, ozodlik qiymati va teng huquqlilik haqida fikrlashadi.

    Foto: Getty Images

    Bu vaqt Janubiy Afrikada hind diasporasi keng tarqalgan. Gandi ularning vakillari bilan birgalikda Hindiston kongressi — irqchilik va segregatsiya bilan kurashuvchi jamoatchilik ittifoqiga asos soldi. Shuningdek, u Indian Opinion (“Hind fikri”) haftalik gazetasini chop etishni boshlaydi, unda kamsituvchi qonunlarga tinch yo‘l bilan qarshilik ko‘rsatish g‘oyalari ilgari surildi. Bir necha yil ichida u hindlarni muhim siyosiy kuchga aylantiradi va natijada hukumat ularning fikrini inobatga olishga majbur bo‘la boshladi.

    “Indian Opinion jurnalingizni oldim va uy yerda yozilayotganlar mening qarashlarimga zid emasligidan xursand bo‘ldim...”, — deya javob qaytargandi Tolstoy.

    Marsh va tinchlik namoyishlarini tashkillashtirgani uchun Gandi bir necha bor hibsga olingan. Biroq u nafaqat Janubiy Afrikada, balki Buyuk Britaniyada ham juda tez mashhurlikka erishdi, shu tufayli politsiya jamoatchilik ko‘tarilib ketishidan qo‘rqib, Gandini qo‘yib yuborishga majbur bo‘lardi.

    Natijada Gandi irqchilikka oid qator qonunlarning bekor qilinishiga erishdi. Uning sa’y-harakatlari bilan metropoliya kelib chiqishi hind bo‘lgan fuqarolar uchun solingan soliqni yiliga 25 funt sterlingdan 3 funtga tushiradi, keyinroq esa butunlay bekor qiladi.

    Janubiy Afrikada irqchilik va diskrimiatsiyaga qarshi kurashdagi muvaffaqiyat Gandini o‘z ishini ona vatani Hindistonda ham davom ettirishga unday boshladi. U zo‘ravonlik, shafqatsizlik va adolatsizlik — Britaniya mustamlakachilari tomonidan hosil qilingan “qadriyatlar” ekaniga ishonardi.

    Foto: Getty Images

    “Hindiston yaratgan sivilizatsiya dunyoda yutqazib qo‘ymasligiga ishonaman. Ajdodlarimiz tomonidan sochilgan urug‘ga hech narsa bas kela olmaydi. Rim yo‘qolib ketdi, Gretsiya ham: fir’avnlar qudrati yakson etildi; Yaponiya G‘arbga moslashmoqda; Xitoy haqida biror narsa deb bo‘lmaydi. Ammo Hindiston baribir o‘z zamirida kuchli”, — Maxatma Gandi.

    Moxandasdan Maxatmaga

    1915-yilda Gandi Hindistonga qaytib keldi. U endilikda vatanini tark etgan vaqtdagi kabi yosh olifta emas edi, an’anaviy kiyim — dxoti va sallada yurardi. Siyosatchi Hindiston milliy kongressi — milliy-ozodlik harakatining barcha tarafdorlarini birlashtiruvchi partiyaga qo‘shildi. Qaytishining asosiy maqsadi Hindistonni mustamlakachilardan ozod etish edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aynan o‘sha yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, hind yozuvchisi Robindranat Tagor ilk bor Gandini “Maxatma” (“buyuk qalb egasi”) deb atagan. U tarixda shu ism bilan qolib ketdi.

    Robindranat Tagor va Mxatma Gandi
    Foto: Indian Today

    Gandi o‘z falsafasini “satyagraxa” deya atadi, u sanskritchadan “haqiqat qat’iyatda” ma’nosida tarjima qilinadi. Uning asosini uchta tamoyil tashkil etgan: fuqarolik itoatsizligi, Britaniya hukumati bilan hamkorlik qilmaslik va zo‘ravonlikdan voz kechish.

    Gandi hatto dushmanlarga nisbatan ham zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi deb hisoblardi. Uning fikricha, har qanday norozilik harakatlari tinch o‘tishi va hech kimga azob keltirmasligi kerak. Itoatsizlik borasida esa u adolatsiz qonunlarning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning uchun javobgarlikni bo‘yniga olishga tayyorlikni tushundi.

    “Men zo‘ravonlikka qarshiman. Chunki yomonlik yaxshilik qilganday tuyulsada, biroz vaqtgina yaxshilik qiladi. Va yovuzlik abadiy qoladi”, — deydi Gandi.

    Mustaqillik yo‘li

    1919-yil martda Hindistonning mustamlaka ma’muriyati “Rouletta qonuni”ni qabul qildi, u hindlarning faol noroziliklarni boshlab yuborishiga sabab bo‘ldi. Yangi qonunchilik mahalliy hukumatga ekstremizm va imperiyaga sodiqlikda gumon qilingan fuqarolarni qidirib topish hamda qo‘lga olishda keng huquqlarni berardi. Hukumat tom ma’noda odamlarni sud va tergovsiz qamoqqa tiqib qo‘yish vakolatiga ega bo‘ldi. Bunga javoban Gandi o‘zining barcha tarafdorlarini umummilliy satyagaraxga — zo‘ravonliksiz itoatsizlik harakatlariga chaqirdi.

    O‘sha yilning aprelida Amritsar shahri aholisi mahalliy amaldorga o‘z talablarini bildirib, siyosiy mahbuslarni ozod etishni talab qildi. 15 mingdan ortiq namoyishchi shahar ko‘chalariga chiqdi. Bunga javoban 50 nafar Britaniya gvardiyasi askarlari to‘planganlarga qarata o‘t ochadi. Amritsarda yuz bergan to‘qnashuv oqibatida yuzlab insonlar, asosan, ayollar va bolalar halok bo‘lgan.

    Foto: Getty Images

    Shundan keyin Gandi metropoliya hukumatini ag‘darish bo‘yicha keskin kurashga kirishishga qaror qildi. “Dunyoni qanday ko‘rishni istasak, o‘zimiz ham o‘sha o‘zgarishlarga aylanishimiz kerak”, — deya ta’kidlaydi Maxatma Gandi.

    1920-yilda Maxatma fuqarolarni yana umummilliy satyagraxga chaqirib, Britaniya hukumatining tekstil sanoatiga boykot e’lon qildi. U vaqtlarda Hindiston plantatsiyalaridagi butun paxta orolga yuborilgan, undan mato ishlab chiqarilib, hindlarga qimmat narxlarda sotilgan. Qo‘lbola charx ushbu namoyishning ramziga aylangan. Gandining chaqiriqlari ortidan minglab hindlar matolarni uyida ishlab chiqarib, ularni mahalliy bozorlarda sotishga kirishdi. Mazkur voqeadan keyin Maxatma ikki yilga qamaladi.

    Gandi va uning tarafdorlari yana bir mashhur aksiyasi — “Tuz yurishi”ni amalga oshirdi. 1930-yil 30-yanvarda Gandi “Yosh Hindiston” nashrida Hindiston vitse-qiroli Eduard Vud Irvinga murojaat yo‘llaydi va o‘zi maqsad qilib qo‘ygan satyagraxa harakatidan voz kechishini ma’lum qiladi. Bu ultimatum orqali Gandi ingliz hukumatidan yer soliqlari miqdorini kamaytirish, tuzga bo‘lgan monopoliyani bekor qilish, harbiy va ma’muriy xarajatlarni qisqartirish, hibsxonalardan siyosiy asosda qamalganlarni ozod etish talabini qo‘yadi. Ammo ingliz hukumati bu ultimatumni jidday qabul qilmaydi va “qo‘lingdan kelganini qil”, qabilida ish ko‘radi.

    Mashhur “tuz yurishi” 1930-yilning 12-mart sanasida Gandi va uning 79 nafar izdoshi boshchiligida Hindistonning Gujarot viloyatidagi Ahmadobod shahrida boshlandi. Tashabbus orqali namoyishchilar 400 kilometrlik masofani bosib o‘tib, Hind ummoni sohillariga chiqishi va u yerda namoyishkorona ravishda sho‘r suvni qaynatib tuz olishi kerak edi.

    “Tuz yurishi” tarafdorlari har bir qishloq va shaharda to‘xtab, ularning safiga qo‘shilishni taklif qilar, bu esa Hindistonning ozod bo‘lishiga yordam beradi deb nutq so‘zlar edi. Yurishga qo‘shilgan tarafdorlar soni keskin ko‘payar, barchaning umidi ozod Hindistonni ko‘rish edi. Natijada harakat favqulodda ommaviy tus olib ketadi. Ingliz hukumati esa harakatni bostirish maqsadida keskin choralar ko‘rishga ham ulguradi.

    Foto: Getty Images

    “Tuz yurishi”ni muttasil yoritib borgan Britaniya matbuoti ham vaziyatning ommaviylashuviga hissa qo‘shadi. 6-aprel sanasida Arabiston dengizi sohillaridagi Dandi shaharchasida “tuz qaynatish” marosimi o‘tkaziladi va shu kuni milliy bo‘ysunmaslik va itoat qilmaslik kuni sifatida e’lon qilinadi. Hindistondagi yirik shaharlarda ommaviy namoyishlar o‘tkazilgan, ingliz ma’muriyatida ishlaydigan hindlar inglizlarga ishlashdan bosh tortib, iste’foga chiqqan.

    Gandi, shuningdek, musulmon va hindlarning mamlakat hududida tinch yashashi uchun ham kurashdi. 1931-yilda u Londonga Hindistonga mustaqillik berish imkoniyatini muhokama qilish uchun boradi. Biroq muzokaralar barbod bo‘ladi.

    Kurash natijalari

    Ikkinchi jahon urushi davrida ham Maxatma Gandi Hindiston mustaqilligi uchun kurashlarni davom ettirdi: u fashistlarning harakatlarini ommaviy qoraladi, biroq hindlarni britan harbiylari bilan hamkorlik qilmaslikka chaqirdi. 1938-yilda u natsistlar yetakchisi Adolf Gitlerga maktub yozgan. Xat 1939-yilning iyunida, natsistlar Chexoslovakiyani egallaganida, ammo Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan bir necha oy oldin yozilgan.

    Tez orada jahon urushini boshlaydigan odamga Gandi “do‘stim” deb murojaat qilgan. Maktub javobsiz qoldirilgan va hind qarshiligi yetakchisi 1940-yilda yana bir xatni yozgan.

    “Mening dushmanlarim yo‘q. Oxirgi 33 yil davomida mening hayotim, ishim irqi, rangi va e’tiqodidan qat’i nazar, barcha odamlarga do‘stona munosabatda bo‘lish orqali butun insoniyat do‘stligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi. Sizning jasurligingizga, o‘z xalqingizga sadoqatingizga shubha qilmaymiz, shuningdek, raqiblaringiz sizni maxluq kabi tasvirlashlariga ham ishonmaymiz”, — degan Gandi.

    Foto: AP Photo

    1942-yilda Maxatma Gandi yana bir bor britan qo‘shinlaridan Hindistonni tark etishni talab qildi, natijada u rafiqasi va bir necha tarafdori bilan qamoqqa tashlandi. Ammo urush metropoliyani ancha kuchsizlantirib qo‘ygandi. 1947-yilda qator urunishlarga qaramay, Britaniya kuchlari Hindistondan butunlay chiqib ketadi. Gandining ozodlik harakati ushbu qarorda muhim rol o‘ynagan edi.

    Gandiga suiqasd

    Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan so‘ng Hindiston mustaqilligi hal qilingan bo‘lsa-da, Hindistonni yaxlit mamlakat sifatida tasavvur qilib bo‘lmasdi. Musulmon jamoasi Hindiston Milliy Kongressi bilan umumiy til topisha olmas, Gandi esa hind—musulmon jamoasini yarashitirishga qodir emasdi. Gandining o‘zi esa yangi Hindistonda siyosiy biror bir mansabga ega bo‘lish taklifini rad etadi. Natijada, Hindistonning yangi hukumatini Javoharlal Neru, musulmon Pokistonda esa Muhammad Ali Jinna boshqaruvni o‘z qo‘liga oladi. Gandi mamlakatni bunday tarzda bo‘linishiga qarshi bo‘lsada, amalda ularni birlashtirishga kuch bilan harakat qilishni yoqlamasdi.

    Mahatma Gandi Kalkuttadan Dehliga qarab yo‘l oladi. Gandining Kalkuttadan ketishi bilan Hindistonning yirik shaharlaridan biri sanaladigan shaharda katta milliy inqiroz boshlanadi. Kalkutta hind tarixidagi eng mash’um qatliomning o‘chog‘iga aylanadi. Bu hindlarning musulmonlarga, musulmonlarning hindlarga qarshi kurashining avj nuqtasi edi. Bir tarafdan mutaassib hind dindorlari, boshqa tarafdan musumonlar va boshqa tarafdan har ikki guruhning kurashidan manfaatdor bo‘lgan siyosatdonlar bir-birlarini yo‘q qilishga, o‘zaro qatag‘on uyutirishga qasd qilgandi.

    Gandi yolg‘iz, tushkunlikka berilgan, xavotir kayfiyatda Bengaliyaga safar qilishni rejalashtiradi. Uning yaqinlari Gandini Bengaliyaga safarini qoldirishga ishontirishga urinsa-da, ko‘p yillik qamoq, keksalik, kasallik alomatlari Gandini qabrga tortib turganiga qaramay, o‘z safarini qoldirishni istamaydi. 50 yil hindlar uchun kurashgan Gandi 77 yoshida Bengaliyaga safar qiladi.

    Foto: Indian Today

    Bu paytda Neru va Patel o‘rtasidagi nizo ommaviy axborot vositalarida tarqalgandi. Gandi ikki siyosiy raqobatchini yarashtirish maqsadida kechki ovqatga Patelni taklif qiladi. Maqsad Patelga nasihat qilish orqali vaziyatni keskinlashtirishga yo‘l qo‘ymaslik edi. Ibodat bilan band bo‘lgan Gandi Patel bilan uchrashuvga 15 daqiqa kechga qoladi, deb eslaydi Gandining shaxsiy kotibi. Tumonat odam esa Gandini kutib olishga chog‘langandi. Qotil Natxuram Godze ham ana shu olomon ichida edi. Godze cho‘ntagidan to‘pponchani olib Gandiga qarata uch marta o‘q uzadi.

    27.04.2023, 15:12   Izoh (0)   12682
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Imperiya o‘rniga respublika, ikki yillik sevgi va sultonlar saroyidagi hayot. Yangi Turkiyani yaratgan Mustafo Kamol Otaturk taqdiri

    30.03.2023, 10:00

    Rim qo‘shinlarini qo‘rquvga solgan sirakuzalik daho. Yerni joyidan siljitmoqchi bo‘lgan va qum zarralarini sanagan Arximedning o‘ldirilishi

    03.04.2023, 09:52

    “Umri evaziga ilmiy jasorat”. Ikki marta Nobel olgan, turli xiyonatlarda “ayblangan” va dunyoni o‘zgartirgan polyak olimasi — Mariya Kyuri taqdiri  

    07.04.2023, 10:55

    Tengi yo‘q “To‘qqizinchi simfoniya”, notalarni “eshitish” uchun tayoq va kar holiga konsert bergan Betxoven. Sevgi bobida omadsiz daho bastakor hayoti

    11.04.2023, 10:10

    Eronda politsiya namoyishchilarga qarata o‘t ochdi

    27.04.2023, 14:29

    Polshada raketa bo‘laklari topildi, unda rus tilidagi yozuvlar borligi aytilmoqda

    27.04.2023, 13:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatidagi tezkor tadbirlarda qariyb 40 kg giyohvandlik vositasi, 30 dona qurol, 1,6 mingta tig‘li jism aniqlandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 06:20

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.