• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yonimda AQSH va sovet hukumatining samolyoti portlagan” — 17 yoshida II Jahon urushiga borgan va besh yil umrini frontda o‘tkazgan otaxon Bekseit Baymurzayev bilan suhbat (foto, video)

    “Daryo” internet nashri 9-may “Xotira va qadrlash” kuni arafasida II Jahon urushida mardonavor qatnashgan insonlar bilan suhbatda bo‘ldi. Ularning yoshi asr bilan tenglashayotgan bo‘lsa-da, urush azobini unutishgani yo‘q. 

    Bekseit Baymurzayev 1924-yilning 10-may kuni Toshkent viloyatidadagi O‘rtasaroy ovulida dunyoga kelgan. Urushga chaqirilgan yili u bor yo‘g‘i 17 yoshda bo‘lgan. Bir vaqtning o‘zida uning oilasidan uch o‘g‘il urushga safarbar etilgan. O‘sha vaqtda qahramonimiz Pedagogika texnikumida birinchi bosqichida o‘qir va harbiy  xizmat haqida tasavvuri ham yo‘q edi. 

    Foto: “Daryo”

    “Urush o‘chog‘ida kechgan yetti yil”

    Foto: Bekseit Baymurzayev arxividan
    Izoh: Urushga ketgan yili olingan surat


    — Asli millatimiz qozoq, ammo Toshkent viloyatining O‘rtasaroy ovulida dunyoga kelganman. Avval bu yerlar keng dala edi. Aholisi oddiy o‘tovlarda yashab, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanardi. Urush boshlangan yili Pedagogika o‘quv yurtiga o‘qishga kirgandim.

    1942-yili oilamizdan uch o‘g‘il urushga safarbar etildi. Baymurzayev Momay akamning o‘lgani haqida qoraxat keldi. Baymurzayev Tog‘ay akam bilan ikkimiz sog‘-omon qaytib keldik. U yillarda otam ancha keksayib qolgandi. 1945-yil urush tugagandan keyin bizning qo‘shinni Germaniyani qayta qurishga jalb etishgan va harbiy xizmatim yana ikki yilga surilgan. Otam rahmatlining bundan xabari bo‘lmay, har kuni meni kutib olish uchun vokzalga borgan ekan. Tong otganida eshak aravasiga o‘tirib, 30 chaqirim yo‘lni bosib, kelayotgan eshalondan meni izlagan ekan. Onamga “Ko‘nglim sezyapti Bekseit o‘g‘lim qaytadi”, deb ko‘p aytgan ekan. Bu jarayon bir necha yil davom etgan va uyga qaytganimda otam yig‘lab kutib olgandi. 

    “Zaharli gaz bilan odamlarni o‘ldirishardi”

    Foto: Bekseit Baymurzayev arxividan


    — Qishloqdan urushga ketgan yigitlarning bor-yo‘g‘i 10 tasi uyiga qaytib kelgan. Qolgani qirilib ketdi. Hatto, nemis armiyasi sovet askarlarini o‘q bilan emas, gaz bilan zaharlab o‘ldirishni ham yo‘lga qo‘ydi. Katta o‘rmon va dalalardagi akoplarda dushman pisib yotar va kutilmaganda hujum qilardi. Ana o‘sha damda tinchlikning qadriga yetkanmiz. Har bir askarning bitta kiyimi bo‘lardi. Yomg‘ir-qorli kunda ham boshqa kiyim berilmasdi. Ho‘l kiyim egnimizda qurirdi. 

    8-may kuni ertaga urush tugaydi, deyishdi. Quvonib tursak, soat olti bo‘lmay turinglar deyishdi. Polsha va Chexoslovakiyada urush boshlanib ketdi. Urush qattiq bo‘ldi. Hatto asboblarni ko‘taradigan askar ham qolmadi. Jarohat olganlar ham ko‘p edi. 10-may kuni 10-11 lar atrofida Amerika va sovet hukumatining ikki samolyoti oldimizga kelib portladi. Ko‘pchilik o‘ldi, tirik qolganlar esa qochdi. Keyin bilsak, Vlasov degan general Stalin bilan kelisholmay, nemislar tomonga o‘tib ketgan ekan. Keyin uni bizga qarshi qo‘ygan ekan.

    “Odamlar o‘qishni emas, qorin to‘ydirishni o‘ylashardi”

    Foto: Bekseit Baymurzayev arxividan

    — Urush tugagach hammasi yaxshi bo‘lib ketishiga ishonardik. Ammo qonli urushning asorati ancha vaqtgacha odamlarni qiynadi. Ochlik va ishsizlik qishloqlar tugul shaharda ham sezilardi. Kolxozda hisobchi yo‘qligi uchun shu yo‘nalishda tahsil oldim. Ammo bu sohada ko‘p ishlolganim yo‘q. Boisi, kolxozning nomi bor edi-yu, unda qilinadigan ishning o‘zi yo‘q. Hisobchiga ish bo‘lmagandan keyin pedagogika o‘quv yurtidagi o‘qishimni tiklashga qaror qildim. Urushdan qaytgan yilim onam uylantirib qo‘ygan, ro‘zg‘or boshga tushgandan keyin ishlashim kerak edi. 1948-yili o‘g‘il farzandli bo‘ldim, unga Qurolbek deb ism qo‘ydik. Xullas, pedagogika o‘quv yurtini tamomlab, maktabga ishga kirdim. Kolxozdagi maktab abgor ahvolda edi, o‘quvchilari ham juda siyrak bo‘lgan. Chunki odamlar o‘qishni emas, qorin to‘ydirish haqida o‘ylashardi. Bolalar yoz-qishda ovuldan ancha uzoqdagi maktabda o‘qishlarini istamay, kolxoz binosidan joy olib maktab tashkil qilganman. Keyinchalik Nizomiy nomidagi Pedagogika institutida ham o‘qidim va o‘zim tashkil qilgan maktabda uzoq yillar direktori bo‘lib ishladim.

    “Maktabni hashar qilib ta’mirlaganmiz”

    Foto: Bekseit Baymurzayev arxividan

    — Hayotda tashabbuskor inson bo‘lish kerak. “Anavi qilib bersin”, deb o‘tiraversa hech narsa o‘zgarmaydi. Bu ovul markazdan ancha uzoqligi uchun elektr energiyasi va gaz yetib kelmagandi. 1961-yili markazga borib vaziyatni tushuntirganimdan keyin O‘rtasaroyga elektr simlarini tortib kelishgan.

    Maktabimiz binosi ham juda achinarli ahvolda edi. Bolalar birinchi o‘rinda o‘qishi kerak, deb xalqning yordami bilan hashar qilib, sinfxonalarni ta’mirlaganmiz. Urushdan avval muallimlik qilgan insonlar ham maosh olmagani uchun ishni tashlab, dalada ketmon chopardi. Kitoblar taqchilligini esa umuman gapirmasa ham bo‘ladi. Butun boshli maktabda bitta Rossiyadan kelgan kitob bo‘lardi. 

    “Ayolim bilan 66 yil birga yashadik”

    Foto: Bekseit Baymurzayev arxividan

    — Ayolim Guloyim bilan 4 nafar farzandni voyaga yetkazdik. Farzandlarimning bari o‘qituvchilikni tanladi. Uning asli kasbi tarbiyachilik bo‘lsa-da, o‘qituvchilarning taqchilligi sabab u ham maktabga ishga kirdi. Ma’lumoti oliy bo‘lmasa ham bolalar bilan tezda til topishib ketardi. Erta tongda turib, kolxoz sigirlarini sog‘ardi, undan keyin maktabga ishga borib, darslardan keyin dalada ketmon chopardi. 

    Hozir shuncha imkoniyatlar bo‘lsa ham yoshlar to‘ydan keyin bir yil yashab, ajrashib ketyapti. Men ayolim bilan 66 yil birga yashadim. Juda qiyin kunlarni boshdan kechirdik. Biror marta noligani yo‘q. Ayolim 86 yoshida vafot etdi, uning qadri har doim bilinadi. Chunki u nima istayotganimni mendan ham yaxshi biladigan inson edi.

    “Uzoq umr ko‘rishning siri...”

    Foto: “Daryo”

    — Uzoq umr ko‘rishning siri nimada deb ko‘p so‘rashadi. Uni men ham bilmayman. Chunki hammasi Allohdan. Men ham hamma insonlar qatori yashayman. Faqatgina umrimiz doimiy xarajatda o‘tdi. Katta o‘g‘lim Qurolboy Toshkentda yashaydi, 75 yoshga to‘ldi. U ham katta yigit bo‘lib qoldi. Uning ham nabira, evara va chevaralari bor. Shu kunlarni ko‘rganimizga ming shukr. O‘tgan umrimdan roziman. Hurmat ko‘rib yashadik.

    Eshigimga “Bu yerda urush qatnashchisi” yashaydi deb yozib qo‘yishgan. Har doim holimdan xabar olib, sovg‘a-salomlar bilan kelishadi. Chiroyli kiyinib kelgan maktab o‘quvchilarini ko‘rsam havasim keladi. Haqiqatan ham ular baxtli. Ilohim urush bo‘lmasin, u hech kimga ro‘ynolik olib kelmaydi. Urushning zahmati o‘zbek xalqiga ham ancha yillar o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

    Esholon to‘la navqiron yigitlarning jasadi, yig‘lagan onalar, beva qolgan ayollar yetim bolalar... Bularni eslash ham juda og‘ir, — deydi II Jahon Urushi qatnashchisi Bekseit Baymurzayev.

    09.05.2023, 11:32   Izoh (0)   8822
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Vaqtida registratsiyadan o‘tmasangiz jarima yoki zapret javobgarligi bor” — yurist Rossiyaga borgan chet el fuqarosidan nimalar talab etilishi haqida

    09.05.2023, 10:59

    Apple, Google va Meta. O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘layotgan xorij kompaniyalari ma’lum qilindi

    09.05.2023, 10:43

    O‘zbekistonda 10-may kuni harorat 38 darajagacha ko‘tariladi

    09.05.2023, 10:11

    Toshkent viloyatida xotinini pichoqlagan er ochiqda yurgani rad etildi

    09.05.2023, 09:39

    Buxoroda ijaradagi uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol ushlandi

    09.05.2023, 00:40

    O‘zbekiston sud-huquq tizimi xodimlari maxsus dastur asosida o‘qitiladi

    09.05.2023, 00:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Sistit — bu uyat emas!


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.