Tailand qiroli va qirolichasi Butan shahriga davlat tashrifidan so‘ng Boeing 737-800 samolyotini mustaqil ravishda boshqardi. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Ular samolyotni boshqargani aks etgan kadrlar internetda tarqalgan. Qirol Maxa Vachiralongkorn va qirolicha Sutxida 28-aprel kuni Butan shahriga davlat tashrifini yakunlagan. Bu qirolning taxtga o‘tirganidan keyingi birinchi xorijiy tashrifi hisoblanadi.
Maxa Vachiralongkorn 2019-yilda taxtga o‘tirgan, u Tailand qirollik armiyasida kadrlar ofitseri bo‘lib xizmat qilgan. Shuningdek, turli laynerlarni, jumladan, Boeing’ni boshqarish uchun litsenziyaga ega.
Qirolicha esa o‘tmishda Thai Airways styuardessasi sifatida faoliyat yuritgan. U bo‘lajak qirol bilan, o‘sha paytda hali valiahd shahzoda bilan, uning shaxsiy qo‘riqlash otryadiga xizmatga o‘tganida tanishgan. Ularning to‘yi Vachiralongkornning toj kiyish marosimida ma’lum bo‘lgan edi. O‘sha paytda uning rafiqasi qirolicha deb e’lon qilingan.
Izoh (0)