• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Noyob iste’dodlar: Qirollik oilasi a’zolarining sizni hayratda qoldiradigan sevimli mashg‘ulotlari

    Millionlab insonlar havas qiladigan qirollik oilasi a’zolarining ham o‘z sevimli mashg‘ulotlari bor. Masalan, marhum qirolicha Yelizavetta II tajribali yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan, qirol Karl esa rassomchilik bilan shug‘ullangan. Quyida qirollik oilasi a’zolarining sevimli mashg‘ulotlari haqida ma’lumot beriladi.

    Yelizaveta II

    Marhum qirolicha Yelizaveta II professional mexanik va tajribali yuk mashinasi haydovchisi bo‘lganini kam inson biladi. Ikkinchi jahon urushi paytida valiahd malika o‘z mamlakatiga qo‘lidan kelganicha yordam berishga tayyor bo‘lgan va boshqa minglab britaniyalik qizlar singari ham harbiy xizmatga kirishgan. Yelizavettaga yordamchi ayollar hududiy korpusiga kirishga ruxsat berilgan, biroq qirolicha u yerda haydovchi va mexanik sifatida ta’lim olgan. Xavf tug‘ilgan paytda maxsus kuchlarga zarurat bor edi, malika esa haqiqatan ham yangi kasbni egallab, korpusning eng tirishqoq xodimlaridan biriga aylandi.

    Foto: Marie Claire 

    Qirol Karl

    Britaniya qirollik oilasi merosxo‘rining iste’dodi uning romantik va nozik xarakteridan dalolat beradi. Uels shahzodasi tasviriy san’at sohasida mahoratga ega edi, u rasm chizishni yaxshi ko‘rardi. Rassom akvarelni afzal ko‘rardi va asosan landshaftlarga e’tibor berardi. Yaqinda merosxo‘rning surati juda qimmat narxga — ikki million dollarga sotildi. Charlz o‘zini “havaskor” deb ataydi, biroq aslida shahzoda Qirollik akademiyasi va Qirollik akvarelchilar jamiyatining faxriy a’zosi hisoblanadi.

    Foto: Marie Claire 

    Qirol Rama IX

    2016-yilgacha Tailand hukmdori bo‘lgan Humipon Adulyadet nafaqat dunyodagi eng hurmatga sazovor monarxlardan biri, balki iste’dodli bastakor ham edi. Tailand qirolining musiqiy merosi valslar, marshlar, u yozgan klassik asarlar, shuningdek, ingliz va tay tillaridagi 49 ta qo‘shiqda mujassam bo‘lgan. Uning asarlaridan biri Rama IX vafotidan keyin “Dengiz piyodalarining qirollik marshi” Tailand qirollik dengiz piyodalarining rasmiy madhiyasiga aylangan. Shuningdek, Humipon Adulyadet ko‘priklar, to‘g‘onlar va hatto o‘zining yelkanli qayig‘ini loyihalashtirgan iste’dodli muhandis edi. U fotografiyani ham yaxshi ko‘rardi, shuning uchun Tailand banknotlaridan birida kamera bilan tasvirlangan.

    Foto: Marie Claire 

    Imperator Akixito

    2019-yilgacha Yaponiya taxtini egallagan imperator nafaqat o‘g‘li foydasiga taxtdan voz kechish istagi bilan, balki o‘ta noodatiy sevimli mashg‘uloti bilan ham jamoatchilikni hayratda qoldirgan. Akixito uzoq umrining muhim qismida tabiatni o‘rganishga e’tibor qaratdi — u dengiz gobilari bo‘yicha 25 ta ilmiy maqola chop etdi. Qirollik uylarining boshqa ko‘plab vakillari singari Akixito ham sportni yaxshi ko‘rardi va u tennis o‘ynayotgan paytida bo‘lajak rafiqasi imperator Michiko bilan tanishgan.

    Foto: Marie Claire 

    Gersoginya Ketrin

    Kembrij gersoginyasi, Vindzor sulolasining boshqa ko‘plab a’zolari singari fotografiya bilan shug‘ullanadi. Uning iste’dodi qirollik hayotini Vindzorlarning bir vakilini ko‘zi bilan ko‘rishni istagan BCS muxlislari uchun katta quvonch edi. Keyt muntazam ravishda Kensington saroyining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga muhim oilaviy sanalar va milliy bayramlar munosabati bilan olingan o‘zining mualliflik suratlarini joylashtirib, jamoatchilikni xursand qilgan.

    Foto: Marie Claire 

    Knyaz Alber II

    Yevropa monarxiyasining eng sodiq muxlislari Monako shahzodasi va malikasi sportchi ekanini biladi. Ko‘pchilik suzuvchi Sharlin Vittstokning professional karyerasi haqida eshitgan bo‘lsa, Alberning professional bobsleist ekanligini kam inson biladi. Shahzoda dzyudo va futbolni yaxshi ko‘rardi, u ketma-ket beshta qishki Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan, Monako jamoasida o‘ynagan. Shuningdek Alber ikki va to‘rt kishilik musobaqalarda qatnashgan, u professional sport karyerasini 2002-yilda yakunlagan.

    Foto: Marie Claire 

    Zara Tindoll va malika Anna

    Malika Annaning qizi Zara Tindoll Britaniya ot sporti jamoasi a’zosi bo‘lgan va 2012-yilgi Olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgan. Ko‘pchilik u onasining orzusini ro‘yobga chiqarganiga ishonadi — malika Anna ham ot sporti bilan shug‘ullangan va ko‘plab musobaqalarda qatnashgan, biroq u butun hayotini sportdagi karyerasiga bag‘ishlay olmadi, ijtimoiy hayotni va xayriya ishlarini afzal ko‘rdi. Umuman olganda, Vindzorlar oilasidagi ayollar ot sporti bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Yelizavetta 94 yoshida har kuni Racing Post gazetasini o‘qirdi va ot minishni yaxshi ko‘rardi. Shuning uchun uning qizi va nevarasi sevimli mashg‘ulotidan voz kechmaydi.

    Foto: Marie Claire 

    Qirol Abdulla II

    Yana bir qirollik oilasi a’zosi Abdulla II ibn Husayn ham sportchi hisoblanadi. Iordaniya qiroli nafaqat qadimiy qurollar va boshqa tarixiy artefaktlarni yig‘adi, shuningdek, suvda sho‘ng‘ish va boshqa suv sportlari kabi ochiq havoda dam olishni yaxshi ko‘radi. Abdulla avtomobil poygalariga ham qiziqadi, u ralli bo‘yicha sobiq Iordaniya chempioni. Qirol parashyutdan sakrashni ham to‘xtatishga majbur bo‘ldi, sababi bu mamlakat rahbari uchun juda xavfli mashg‘ulot hisoblanadi.

    Foto: Marie Claire 
    24.07.2023, 17:55   Izoh (0)   10720
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu dunyoda g‘arazsiz sevishga Allohdan boshqasi arzimaydi”. Yigitali Mamajonov Muqaddas Sa’dullayeva bilan oilasining ajrim yoqasiga kelishiga nima sabab bo‘lgani...

    24.07.2023, 12:30

    Anjelina Joli, Selena Gomes va boshqa mashhurlarning ularga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan qiyofadoshlari (foto)

    24.07.2023, 11:30

    Malikaga aylangan aktrisa: Shahzoda Garri va Megan Marklning muhabbat hikoyasi

    24.07.2023, 10:44

    Instagram: Munisa Rizayeva unashtirildi, Mirjalol Qosimov xonadonida to‘y, Odil Ahmedovga sovg‘a qilingan “Gelik”

    23.07.2023, 22:10

    Shahzoda Garri Megan Marklning shohona hayoti uchun qancha pul sarflaydi?

    22.07.2023, 17:30

    Priyanka Chopra “Dunyo go‘zali” bo‘lganida uning turmush o‘rtog‘i Nik Jonas 7 yoshda edi. Bolakay televizor orqali bo‘lajak rafiqasi ishtirokidagi tanlovni tomosha...

    22.07.2023, 15:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    To‘rt kunlik ish haftasi joriy qilinsa, xodimlar ruhiy salomatligi yaxshilanadi va kompaniyalar daromadi oshadi — tadqiqot

    Layfstayl | 24 iyul, 13:45

    Braziliya Isroil genotsidda ayblangan xalqaro sud ishini qo‘llab-quvvatlaydi

    Dunyo | 24 iyul, 13:20

    Iliya Topuriya kimga qarshi jang qilishni istashini ma’lum qildi

    Sport | 24 iyul, 13:20

    O‘zbekistonda majburiy avtosug‘urta summasi ikki baravar oshiriladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 13:20

    Hindistonda soxta elchixona yuritgan erkak hibsga olindi

    Dunyo | 24 iyul, 13:15

    O‘zbekistonning Shri Lankadagi birinchi elchisi tayinlandi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 12:52

    “Omon qolganlar yo‘q”: Rossiyada bortida 43 kishi bilan g‘oyib bo‘lgan samolyot qoldiqlari topildi

    Dunyo | 24 iyul, 12:43

    Faqat ziyrak tomoshabinlargina payqay olgan mashhur filmlardagi yashirin ishoralar

    Kino | 24 iyul, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.