• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qimordagi qarzlar, o‘nlab joriyalar va hashamatli hayot — “Gangster-shahzoda” deya nom chiqargan Tailand qiroli Rama X hayoti

    “Chakrilar sulolasining o‘ninchi qiroli o‘zi bilan tartibsizlik va tanazzul olib keladi”, — deyiladi taylarning qadimiy bashoratida. Hisob bo‘yicha o‘ninchi qirol esa Maxa Vachiralongkorn hisoblanadi. Tailandda qirol — bu rasmiyatchilik uchungina bo‘lsa-da, xalq orasida uni yaxshi ko‘rish va hurmat ko‘rsatish talab etiladi. Bu ming yillik odat ekani hamda hukmron sulolani haqorat qilish haqidagi dunyodagi eng qattiq qonun bilan jazolanishi orqali izohlanadi. Ammo oxirgi o‘n yilliklarda tayliklarning aksariyati taxtga Vachiralongkorndan boshqa har qanday inson o‘tirishini istab kelishayotgan edi.

    Maxa Vachiralongkornga taxt kiydirish marosimi, 2019-yil 5-may
    Foto: Getty Images

    Uning otasi Rama IX mamlakatni 70 yil davomida boshqarib, mislsiz obro‘ qozongan (u millat qutqaruvchisi hisoblanadi), Vachiralongkorn esa yoshligidan zo‘ravon va sabrsiz, buning ustiga o‘ta ketgan xotinboz sifatida nom chiqardi. Valiahd shahzodaga “u ayollarning rad javobiga chiday olmaydi”, deya ta’rif berila boshlagan. Gap-so‘zlarga ko‘ra, u o‘ziga yoqib qolgan qizga besh soniyadan ortiq qarab tursa, tez orada valiahd yordamchilari qizning oldiga kelib, uni o‘zlari bilan olib ketishga ko‘ndiradi.

    Amaldagi monarx to‘rt marotaba uylanib, uch marta ajrashgan. Birinchi marta u jiyani Soamsavaliga majburlikdan uylantirilgan edi. U to‘lachadan kelgan va fikrlash doirasi ham keng bo‘lmagani bois sermuhabbat shahzodaning nikohi uzoqqa cho‘zilmagani ajablanarli emas. Qog‘ozda ushbu nikoh boshqalaridan ko‘proq davom etgan bo‘lsa-da, Maxa rafiqasi bilan deyarli birga yashamadi. To‘ydan ko‘p o‘tmay, u aktrisa Yuvadxida bilan yaqin munosabatlar o‘rnatdi va ayol unga besh farzand tug‘ib berdi.

    Ajrashganidan keyin birinchi rafiqasi malika maqomini saqlab qoldi va saroyda yashashni davom ettirdi. Valiahd o‘z ma’shuqasiga uylandi, ammo osoyishta hayot uzoq davom etmadi — Yuvadxida farzandlari bilan Tailanddan qochib ketdi. Shahzoda esa uni aviatsiya marshali bilan xiyonatda ayblab, barcha elchixonalar va Bangkok gazetalariga uning yalang‘och holatdagi suratlarini yubordi.

    Shundan so‘ng valiahd barlarda tez-tez yarim yalang‘och ayollar qurshovida paydo bo‘la boshladi, rasmiy tadbirlarga esa sobiq rafiqasi Soamsavali hamrohligida kelardi. 2001-yilda Tailand taxti merosxo‘ri qayta oila qurdi, bu safar u sobiq ofitsiantga uylandi va nikohdan keyin uni malika Srirasmi Suvadi deya atay boshlashdi.

    Bu vaqtda OAVda shahzodaning o‘z iti tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan bazm-u jamshid videosi tarqalib, saroyda ko‘plab e’tirozlarni keltirib chiqardi. Videorolikda malika Vachiralongkorn kursisi yonida tiz cho‘kkan holda it bilan likopchada bayram tortini yegani ham tasvirlangan.

    Shahzoda Maxa rafiqasi bilan Fu-Funing tug‘ilgan kunini nishonlamoqda
    Kadr: The Sun

    Fu-fu laqabli pudelni shahzoda 1998-yilda boqib olgan. Itga ust-bosh tikilib, aviatsiya marshali rangi berildi. 2015-yilda it vafot etganida, Maxa to‘rt kunlik motam e’lon qildi va uning uchun tantanali dafn marosimi uyushtirdi.

    Malika Srirasmi Suvadining Fu-fuga nisbatan iliq munosabati nikohni saqlab qolishga yordam bermadi: er-xotin 2014-yilda ajrashdi. Valiahd sobiq rafiqasini nafaqat barcha unvonlardan mahrum etdi, balki unga o‘g‘li bilan ko‘rishishni ham taqiqlab qo‘ydi.

    Oradan besh yil o‘tgach, otasining o‘limidan keyin Vachiralongkorn yana uylandi. Bu safar u styuardessa Sutxidani tanladi. Jahon OAVlarida turmush o‘rtog‘i oyog‘i ostida yotgan qirolichaning surati keng tarqalgan edi.

    To‘ydan bir necha oy o‘tgach, qirol Rama X Niramon Ounprom ismli ayolga rasman jazmanlik maqomini berdi. Ushbu munosabatlar ham uzoq davom etmadi: 2019-yil oktyabrda u o‘zining rasmiy jazmanini noshukurlikda ayblab, bo‘shatib yubordi.

    Foto: Getty Images

    Gangster-shahzoda

    Vachiralongkornga oid boshqa yangiliklar ham matbuotda keng tarqalib turardi. 1980-yillar boshida shahzodani shubhali obro‘-e’tiborga ega biznesmen do‘stlari davrasida tez-tez uchratib turishardi. Xizmatkorlari va jazmanlari bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani uchun xalq orasida bo‘lajak hukmdor “gangster-shahzoda” sifatida nom qozondi.

    “O‘g‘lim — yaxshi yigit, ammo biroz donjuan. Qizlar uni yoqtirib qolaveradi, o‘zi esa ularni sevib qoladi. Agarda Tailand aholisi uning xatti-harakatini noo‘rin deb hisoblasa, Ramaning o‘zi o‘zgarishi kerak yoki taxtga da’vogarlik huquqidan voz kechishi kerak”, — degan edi Vachiralongkornning onasi qirolicha Sirikit.

    Qirol Pumipon qo‘lidan kelgancha o‘g‘lining xarakterini o‘zgartirishga urinadi, unga ajratiladigan pullarni qisqartirib ham tashlaydi. Biroq bu yordam bermaydi — bir-birini almashtirgan Tailand bosh vazirlari hamda yuqori martabali harbiylar bo‘lajak monarxga yoqish uchun unga yerlar, pul va unvonlar tortiq qilar, shuningdek, qimordagi ulkan qarzlarini to‘lab borardi. U hatto shaxsiy F-16 qiruvchi samolyotini qo‘lga kiritib, aviatsiya, flot va armiya marshaliga aylanadi.

    Shunda monarx o‘g‘lini harbiy uchuvchilikka o‘qitish maqsadida AQSHga yubordi. Uchuvchilik valiahdning yana bir sevimli mashg‘ulotiga aylandi. Qo‘shma Shtatlardagi ta’limidan keyin ota o‘g‘lini Buyuk Britaniyadagi Qirollik mudofaa kollejiga o‘qishga kiritadi. Avvaliga Vachiralongkorn yomon o‘qimaydi, ammo keyin esa boshi bilan bazm-u jamshidlarga sho‘ng‘ib ketadi.

    Bo‘lajak taxt vorisi uyiga qaytgach ham ko‘ngilxushliklarini tashlamaydi. U hatto Buyuk Britaniyada joylashgan “Tay qirolligi” restoranidan ovqat buyurtma qilib turardi. Pitssa esa monarxga faqat Italiyaning o‘zida olib kelinardi.

    Bangkokdagi qirollik saroyi
    Foto: Shutterstock

    Valiahd Yevropa shaharlari orasida Myunxenni juda yoqtirib qolgandi. Bu yerdan u 12 million dollarga Shtarnberger-Zee ko‘li yonidan qarorgoh sotib oldi va har birining narxi 200 ming dollardan oshadigan mashinalar bilan garajini to‘ldirdi. Ushbu mashinalar suratlari tez-tez nemis tabloidlari sahifasida paydo bo‘lib turadi.

    2016-yil iyulda Vachiralongkorn Bavariyaga qo‘ngan Boeing 737 samolyotidan yarim yalang‘och holatda tushib keladi. “Balki  ko‘pchilik Tailandning valiahd shahzodasi bunday ko‘rinishga ega ekanini tasavvur qila olmas: 63 yoshli erkak pochasi osilib yotgan jinsi, yengi yo‘q top kiyib olgandi. Uning qo‘lida esa navbatdagi oq pudel turardi. Tashqi ko‘rinishi orqali go‘yoki u tatuirovkalar naqadar ko‘pligini namoyish etmoqchidek ko‘rinardi”, — deya tasvirlagandi nemis OAVlari Tailandning bo‘lajak qirolini.

    Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Maxa va uning rafiqasi mamlakatga shoping uchun tashrif buyurgan. Juftlikka har qadamda tansoqchilar hamrohlik qilgan edi — kostyum-shim kiygan 30 kishi.

    Bo‘lajak davlat rahbarining surati butun dunyo matbuotida tarqaldi. Tailanddagilar esa uni zo‘rg‘a tanib olishdi. Monarx aeroport binosi bo‘ylab sayr qilgani tasvirlangan rolikni tarqatish taqiqlandi, Facebook’da esa u butunlay bloklandi. Mahalliy hukumat ushbu video qirolning sha’nini obro‘sizlantirish deya hisoblab, mamlakat qonunchiligiga zidligini bildirdi.

    Foto: Bild

    Shuncha gap-so‘zlarga qaramay, bo‘lajak qirol Maxa oradan bir yil o‘tib, Myunxenga yana xuddi shu ko‘rinishda boradi. Qirollik hukumati yana bir bor Facebook’dan u tasvirlangan videolarni o‘chirib tashlashni so‘raydi.

    Hashamatli karantin

    Vachiralongkornning otasi o‘g‘li taxtga o‘tirganidan keyin aql-hushini yig‘ib olishiga umid qilgandi. Rama X ga toj kiydirish marosimi otasining o‘limidan uch yil o‘tib, 2019-yil mayda o‘tkazildi. Yangi monarx qilgan birinchi ish — yana bir bor uylanish va qonunchilikka o‘zgartirish kiritish bo‘ldi. Shu orqali u rasmiy jazmanlar orttirishni qonuniylashtirib qo‘ydi.

    Bundan tashqari, u moliya sohasidagi nazoratni kuchaytirdi — aktivlari 30 milliard dollarga baholangan Taxt boyligini boshqarish byurosini boshqarish huquqiga ega bo‘ldi. Bularning barchasiga erishgan qirol Yevropaga tashriflarini yanada ko‘paytirdi.

    Grand Hotel Sonnenbichl mehmonxonasi. Vachiralongkorn karantinni shu yerda joriyalari bilan birga o‘tkazgan
    Foto: Future Image

    Koronavirus pandemiyasi vaqtida Maxa Vachiralongkorn 20 nafar jazmani hamrohligida Bavariyadagi kurortlardan biriga yo‘l oladi. U butun boshli mehmonxonani ijaraga olgandi. Mahalliy hukumat monarx uchun istisno tariqasida boshqa mehmonxonalarni yopib qo‘ydi.

    Shtarnberger-Zee ko‘li yaqinidagi qarorgohiga joylashgan qirol o‘z harami bilan ikkita restoranda ovqatlanar, golf o‘ynar va yopiq basseynda cho‘milardi. Birgina Bavariya bilan cheklanmagan qirol shaxsiy samolyotida Gamburgga ham borib kelardi.

    Vachiralongkorn hamrohlari bilan Germaniyada hordiq chiqarayotgan bir paytda, uning rafiqasi Shveysariyadagi hashamatli mehmonxonada yashadi. Hukmron oilaning bunday karantini ko‘plab tayliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Mamlakatda monarxni tanqid qilish taqiqlangan bo‘lsa-da, hozirda (15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi mavjud) aholi Twitter orqali e’tirozlarini bildirib kelmoqda.

    13.01.2024, 18:50   Izoh (0)   52141
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fir’avnlar hurmat qilgan va Gitlerni hayratga solib kelgan ayol: malika Nefertitining hayoti va sirli o‘limi

    16.12.2023, 14:45

    Panamalik “Frankenshteyn”. AQSH razvedkasiga ishlab, kokain savdosi bilan shug‘ullangan general Noryeganing qulatilishi

    30.12.2023, 17:22

    “Men ketmoqdaman” — Boris Yelsin. Rossiyaning birinchi prezidenti iste’fosi va Putinning hokimiyatga kelishi tarixi

    31.12.2023, 20:30

    Daniya Ukraina infratuzilmasini tiklash uchun 22,2 million dollar ajratdi

    13.01.2024, 17:52

    Vengriya Yevropa Ittifoqida ovoz berish huquqidan mahrum qilinishi mumkin

    13.01.2024, 17:05

    Kolumbiyada yer ko‘chishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi 

    13.01.2024, 16:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13

    Misrdan O‘zbekistonga C gepatitiga qarshi dorilarning 2025-yildagi birinchi partiyasi yuborildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 14:01

    Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijdan qaytarishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 13:40

    “PSJ” finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 1 iyun, 13:07

    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi

    Reklama | 1 iyun, 12:00

    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

    Reklama | 1 iyun, 13:30

    Mask giyohvand moddalar iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Dunyo | 1 iyun, 11:30

    2024/25-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi: eng yaxshi to‘purar va assistentlar aniqlandi

    Sport | 1 iyun, 11:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.