• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSHga kirishi taqiqlangan Charli Chaplin, Mexikodagi vayronkor zilzila va Tailandda qon to‘kilishisiz o‘tgan harbiy to‘ntarish. Kun xronologiyasida 19-sentabr

    19-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Charli Chaplinning AQSHga kirishi taqiqlanishi, Meksika tarixidagi eng vayronkor zilzilalardan biri va Tailandda davlat to‘ntarishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Quvg‘indi qahramon: AQSHga kishiga ruxsat berilmagan Charli Chaplin

    AQSHda Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillar nafaqat “Amerika orzusi” gullab-yashnagan, balki “makkartizm” — kommunistik tomonga bevosita yoki bilvosita moyillik bildirgan fuqarolarni quvib yuborish davri bo‘lgan. 1952-yilning 19-sentabrida AQSH Immigratsiya xizmati aktyor Charli Chaplinning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘yadi.

    Foto: AP Photo

    1920-yillar boshida ovozsiz kino afsonasi Charli Chaplin aql bovar qilmas karyerani quradi — birorta to‘liq metrajli kinoda suratga tushmagan Chaplin 1917-yilda 1 million dollarlik shartnoma tuzib, dunyodagi eng ko‘p haq oladigan aktyorga aylanadi. 1919-yilda esa Duglas Ferenbesk, Meri Pikfor va Devid U.Griffit bilan United Artists kinokompaniyasiga asos soladi.

    Uning mashhurligi va jamiyatdagi mavqeyi ortib borishi bilan maxsus xizmatlarning ham unga qiziqishi paydo bo‘la boshlagan. Federal qidiruv byurosiga 1908-yilda odam savdosi va kontrabanda bilan bog‘liq xavfli jinoyatchilarni ushlash maqsadida asos solingan edi. Biroq byuro tepasiga 1924-yilda Jon Edgar Guverning kelishi bilan idoraning vakolatlari sezilarli darajada kengaygan.

    Xususan, u kinematografiya hamjamiyatida kommunistlarga moyilligi haqida gap-so‘zlar yuradigan barcha mashhur aktyorlarni kuzatish bo‘yicha topshiriq bergan. Ekranda “qizil” qadriyatlarni targ‘ibot qiluvchi birgina daydi inson obrazining yaratilishi ham ularda shubha uyg‘otgan. Shaxsiy suhbatlarda Chaplin mish-mishlarni faqat tasdiqlagan.

    Uning hamkasbi Baster Kiton o‘z xotiralarida 1920-yilda Chaplin bilan uyida pivo ichib o‘tirib, “kommunizm” deya atalgan yangilikdan hayratga tushganini yozgan. Aktyor yangi g‘oya qashoshqlikka barham berishiga va “barchasini o‘zgartirishiga” ishongan.

    “Har bir bolaning yetarlicha ovqatli, oyog‘ida poyabzali va boshpanasi bo‘lishini istayman”, — degan Chaplin stolni mushtlab.

    Ikkinchi jahon urushi boshida Chaplinning siyosiy kayfiyati ancha radikallashgan. Ikki yil davomida u Adolf Gitler satira qilingan “Buyuk diktator” filmi ustida ishlagan. Urushga qarshi komediya bir zumda butun dunyoga mashhurlikka erishgan, bir qator mamlakatda senzura tufayli taqiqlangan, aktyorning boshi uzra “qora bulutlar” paydo bo‘la boshlagan.

    Foto: “Afisha.ru”

    FQB xodimlari Chaplinni bir zumga ham ko‘zdan qochirmas edi va aktyor Los-Anjelesga ko‘chirib o‘tkazgan aktrisa Joan Barrining unga qarshi sud da’vosidan o‘z maqsadlarida foydalangan. Barri aktyorni o‘zining farzandini otasi deb atagan, Guverning agentlari esa uni ayollarning chegarani kesib o‘tishini taqiqlovchi qonunni buzishda ayblagan.

    Sud Chaplinning otaligini tan olib, qolgan barcha ayblovlarni rad etgan. Shunga qaramay, uning nomi atrofidagi mojarolar yulduzning AQSHdagi pozitsiyasini kuchsizlantirgan. Chaplinga qarshi boshlangan kampaniya ovozli kinoning kirib kelishi bilan o‘z natijalarini ko‘rsata boshlagan.

    1947-yilda suratga olingan “Msye Verdu” kartinasida aktyor eski ko‘cha daydisi personajidan butunlay voz kechgan va u AQSHda tomoshabinlar hamda tanqidchilar tomonidan sovuq kutib olingan. Filmdagi kapitalizmga qarshi bildirilgan fikrlar vaziyatni yanada chigallashtirgan.

    Foto: Radionvan

    Ko‘chilik Chaplin hech qachon Amerika fuqarosi bo‘lmagani haqida gapira boshlagan, uni deportatsiya qilish talablari tobora ko‘paygan. Shu bilan birga, uning yangi ishlari Yevropada muvaffaqiyat qozongan va u “Rampa olovlari” yangi filmi premyerasi uchun Londonga yo‘l olgan.

    AQSHni tark etish vaqtida u mamlakatga boshqa qaytmasligi haqida hazillashgan. Uchib ketganining ertasi kuni, 1952-yilning 19-sentabrda uning qayta mamlakatga kirishi taqiqlangan. Immigratsiya xizmati vakillari vizasini qayta tiklashi uchun u qator siyosiy ayblovlar qo‘yilgani bois Immigratsiya departamenti komissiyasi so‘rog‘iga kelishi kerakligini aytgan.

    Chaplin Yevropada qolishga qaror qiladi va Shveysariyaga ko‘chib o‘tadi. Shundan so‘ng u AQSHga faqat bir marta qaytgan — 1972-yilda Chaplinning mamlakatga qisqa muddatga kirishi uchun viza berilgan. O‘sha yili unga Amerika kinoakademiyasi tomonidan faxriy “Oskar” mukofoti topshirilgan.

    AQSHda makkartizmdan juda ko‘plab insonlar, jumladan, Gollivud yulduzlaridan tortib, adabiyotchilargacha jabr ko‘rgan. Chaplin o‘nlab shunday insonlarning biri edi. “Gollivudning qora ro‘yxati”ga Dlaton Trambo, Jon Xouard Louson, Jyul Dassen, Leonard Bernstayn va boshqa ko‘plab taniqlik aktyorlar ham kiritilgan.

    Vayron bo‘lgan shahar: Mexikodagi zilzilaga 37 yil to‘ldi

    Bundan 37 yil oldin Amerika tarixidagi eng vayronkor zilzilalardan biri ro‘y bergandi — Mexikoni larzaga keltirgan yer osti silkinishlari oqibatida 10 ming kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, 30 ming kishi jiddiy jarohat olgan. Rixter shkalasi bo‘yicha 8,1 magnitudali zilzila 19-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:18 da sodir bo‘lgan.

    Vayron bo‘lgan Mexiko, 1985-yil 19-sentabr

    Vayron bo‘lgan Mexiko, 1985-yil 19-sentabr
    Foto: AP Photo

    Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila Kokos tektonik plitalarining keng ko‘lamli yorilishi natijasida yuzaga kelgan. Asosiy zarba Mexikoning o‘rtahol aholisi istiqomat qilgan va ko‘plab sanoat korxonalari joylashgan markaziy hamda shimoliy tumanlari hisobiga to‘g‘ri kelgan.

    Mexikoda 15 dan 25 qavatgacha bo‘lgan birorta bino omon qolmagan. Ekspertlarning fikricha, shaharni qurishda muhandislar seysmik barqarorlik haqida umuman o‘ylamagan — natijada zilzilada uylar deyarli bir xil silkingan, natijada tebranishlarning rezonans kuchlanishi 70-80 barobarga oshgan. Mamlakat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 412 ta bino vayron bo‘lgan, 3000 dan ortig‘iga shikast yetgan, 100 metrli teleminora qulagan. Yetkazilgan zarar 8 milliard 250 million dollarni tashkil etadi, 900 ming kishi boshpanasiz qolgan.

    Fojia asoratlari uzoq vaqtga qadar saqlanib qolgan — omon qolganlarni qutqarish va vayronalar ostidagi jasadlarni chiqarib olish oktabr oyiga qadar davom etgan, tozalash ishlari esa oradan 10 yil o‘tgach yakunlangan. 2017-yilda ham Mexikoda 37 yil oldingi zilzila oqibatida jabrlanganlar yashayotgan lagerlarni topish mumkin edi. Hozirda har 19-sentabr kuni nafaqat Mexikodagi, balki butun mamlakatdagi barcha jamoat binolarida evakuatsiya mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinadi.

    Zilziladan keyingi qutqaruv ishlari, 22-sentabr

    Zilziladan keyingi qutqaruv ishlari, 22-sentabr
    Foto: AP Photo

    Mexikodagi zilzila oqibatlari

    Mexikodagi zilzila oqibatlari
    Foto: AP Photo

    Vayronkor zilziladan keyingi qutqaruv ishlari, 25-sentabr

    Vayronkor zilziladan keyingi qutqaruv ishlari, 25-sentabr
    Foto: AP Photo

    Kaliforniya texnologiya instituti seysmologi doktor Keyt Xatton Mexikodagi seysmik faollik diagrammasini namoyish etmoqda

    Kaliforniya texnologiya instituti seysmologi doktor Keyt Xatton Mexikodagi seysmik faollik diagrammasini namoyish etmoqda
    Foto: AP Photo

    Mexikodagi 19-sentabrda yuz bergan zilzila oqibatlari

    Mexikodagi 19-sentabrda yuz bergan zilzila oqibatlari
    Foto: AP Photo

    AQSH birinchi xonimi Nensi Reygan vayron bo‘lgan Mexikoni ko‘zdan kechirmoqda, 23-sentabr

    AQSH birinchi xonimi Nensi Reygan vayron bo‘lgan Mexikoni ko‘zdan kechirmoqda, 23-sentabr
    Foto: AP Photo

     

     

     

     

     

     

     

     

    Seguro Social beysbol stadionidagi vaqtinchalik morg, 22-sentabr

    Seguro Social beysbol stadionidagi vaqtinchalik morg, 22-sentabr
    Foto: AP Photo

    Tailandda davlat to‘ntarishi

    2006-yilning 19-sentabr kechasi Tailandda harbiy to‘ntarish ro‘y berdi — bu 1932-yildan buyon mamlakat tarixida ro‘y bergan 12-to‘ntarish edi. Isyonga boshchilik qilgan Quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni general Sontxi Bunyaratglin televideniye orqali mamlakat xalqiga yo‘llagan murojaatida to‘ntarish Tailandni birlashtirish uchun zarurligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u harbiylar hokimiyat tepasida qolishni istamasligini qo‘shimcha qilgan.

    Foto: Wikiwand

    Isyon qon to‘kilishlarsiz o‘tgan — halok bo‘lganlar va jarohat olganlar yo‘q. Mahalliy axborot agentliklarning ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyat jadal tus olgan. Kechga borib qo‘shinlar Bangkokning hukumat dahalariga eltuvchi ko‘chalarni berkitgan. Harbiylar hukumat binosini egallagan va politsiyani qurolsizlantirgan. Bosh vazir o‘rinbosari Chitchay Vannasaxit va mudofaa vaziri Tammarak Isaragura hibsga olingan. Qo‘shinlar televideniyeda ham nazorat o‘rnatgan. Harbiylar qirol Pumipon Adulyadetga sodiqligini bildirib, mamlakatni boshqaruvchi organ — Ma’muriy islohotlar kengashini tuzishini ma’lum qilgan.

    Foto: AP Photo

    Butun mamlakat bo‘ylab harbiy holat qonunlari amalga kiritilgan. Konstitutsiya faoliyati to‘xtatilgan. Harbiylar qo‘shni davlatlar bilan chegaralar yopilganini e’lon qilib, OAV ishini cheklagan va besh kishidan ortiq odamning bir joyda to‘planishini, barcha ommaviy yig‘inlar, siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlangan.

    Bu vaqtda Tailand bosh vaziri Taksin Chinavat Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining sessiyasida ishtirok etayotgan bo‘lgan. Chinavat mamlakatda favqulodda holat e’lon qilib, armiyani qonun doirasida ish ko‘rishga chaqirgan. Biroq uning Tailand xalqiga televideniye orqali yo‘llagan murojaati translyatsiyasi uzib qo‘yilgan.

    Foto: Reuters

    Taksin Chinavat 2006-yilning 4-aprelida navbatdan tashqari parlament saylovlari natijasiga qarshi o‘tkazilgan ommaviy norozilik namoyishlari sabab rasman bosh vazirlik vakolatlarini topshirgan edi. Muxolifat saylovlarga boykot qo‘ygan, natijada bosh vazirning “Tay rak tay” partiyasi g‘alaba qozongan. Ammo hukumatni shakllantirish imkonsiz edi va oktabr o‘rtalarida yangi parlament saylovlari o‘tkazilishi kerak bo‘lgan.

    21-sentabr kuni hukumatdan chetlatilgan bosh vazir Taksin Chinavan Londondan turib mamlakatda tez orada saylovlar o‘tkazilishini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, u siyosatdan dam olmoqchiligini bildirgan.

    1-oktabr kuni Tailandga yangi bosh vazir tayinlangan — mamlakat armiyasining sobiq qo‘mondoni 63 yoshli general Surayud Chulanont. Uning nomzodi harbiy xunta yetakchisi, Ma’muriy islohotlar kengashi rahbari general Sonti Boonyaratlin tomonidan ilgari surilgan. Chulanont harbiylar orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan. so‘nggi yillarda u Tailand qiroli huzuridagi maxfiy kengash a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.

    Foto: Wikiwand

    Tailand qiroli Adulyadet bir vaqtning o‘zida mamlakatda asosiy qonun o‘rniga vaqtinchalik konstitutsiya joriy etilishini e’lon qilgan. Qirolga hujjat loyihasini isyonchilar taqdim etgan. Unga ko‘ra, hokimiyat Ma’muriy islohotlar kengashidan hukumatga beriladi, kengash esa Milliy xavfsizlik kengashiga aylantiriladi va bosh vazirga hisobdor bo‘ladi.

    2006-yilning 8-oktabrida Tailandning vaqtincha bosh vaziri iste’fodagi general Surayud Chulanont qirol Pumipon Adulyadetga yangi konstitutsiya qabul qilingunga va 2007-yilning oktabrida parlament saylovlari o‘tkazilgunga qadar mamlakatni boshqaruvchi vaqtincha hukumati ro‘yxatini topshirgan. Hukumat hokimiyatdan ag‘darilgan bosh vazir Taksin Chinavatning iqtisodiyotni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yaxshilash borasidagi xatolarini to‘g‘rilashi kerak edi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: “Temir niqob” nomi bilan tanilgan sirli mahbus, Sibirda bir necha soatga yo‘qolib qolgan quyosh va chumchuqlarga qarshi “urush” oshgan Maoning dafn marosimi. Kun xronologiyasida 18-sentabr

    19.09.2022, 09:30   Izoh (0)   66945
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin chegaradagi vaziyat yuzasidan Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari bilan muzokaralar o‘tkazdi

    19.09.2022, 09:18

    “Tolibon” Bishkek va Dushanbeni murosa qilishga chaqirdi

    19.09.2022, 00:06

    Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi mojarolarda halok bo‘lganlar soni 80 nafardan oshgan

    18.09.2022, 21:45

    Saudiyalik erkak 43 yil davomida 53 marta uylandi

    18.09.2022, 19:10

    Zelenskiy Qrimni diplomatiya yo‘li bilan Ukrainaga qaytarish mumkinligini aytdi

    18.09.2022, 18:09

    Zaporojye AES Ukraina energetika tizimiga qayta ulandi

    18.09.2022, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Razvedka Putin harbiy yordam uchun Kim Chen Inga nima berganini aniqladi

    Dunyo | 30 may, 10:58

    Milliardlar sarflangan “Qizaloq va maymoq” multfilmi qanday qilib butun dunyoga mashhur bo‘ldi?

    Kino | 30 may, 10:50

    Xitoylik paraplanchi 8 ming metrdan ortiq balandlikdan sakrab omon qoldi (video)

    Dunyo | 30 may, 10:42

    iPhone 16 modeli 2025-yilda dunyodagi eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi

    Texnologiyalar | 30 may, 10:24

    O‘zbekistonda 5 yilda kiberjinoyatlar bilan 1,9 trln so‘mdan ortiq pul talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 30 may, 10:16

    La Liga. VAR 16 marta “Barselona” foydasiga qaror qabul qilgan, “Real Madrid” eng ko‘p zarar ko‘rgan jamoaga aylandi

    Sport | 30 may, 10:03

    “Italiyadagi supervulqon global halokatga olib kelishi mumkin” — olimlar

    Dunyo | 30 may, 09:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.