• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Foto: Dunyoning turli mamlakatlari malikalari qanday hayot kechiradi?

    Ilgari, malikalar hayotining atributlari qimmatbaho liboslar, nozik suhbatlar, ball, etiketdan iborat edi... Ammo vaqt o‘tib borishi bilan bu qirollik vakillariga ta’sir qilmay qo‘ydi. Xo‘sh, ular qanday urf-odatlarga rioya qilishni davom ettirmoqda va nimalar unutildi? Ushbu maqolada zamonaviy malikalar va ularning turmush tarzi haqida gap ketadi.

    Foto: Cosmopolitan

    Britaniya qirollik oilasi haqida hamma narsa ma’lum. Ammo Yelizaveta II, uning bolalari, nevaralari va chevaralaridan tashqari dunyoda yana 30 ta monarxiya bor, ularning har birida yosh qirollik oilasi butunlay boshqacha ko‘rinishga ega va turlicha hayot kechiradi.

    Belgiyalik Yelizaveta va Eleanora

    Yelizaveta va Eleanora Belgiya qiroli Filipp va uning rafiqasi qirolicha Matildaning qizlari

    Yelizaveta va Eleanora Belgiya qiroli Filipp va uning rafiqasi qirolicha Matildaning qizlari
    Foto: Cosmopolitan

    19 yoshli Yelizaveta otasining o‘rnini egallashga va tug‘ilishidan bu nomni olgan tarixdagi birinchi Belgiya malikasiga aylanishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yelizaveta Uels kollejini tugatgan va hozir Bryusseldagi Qirollik harbiy akademiyasida ta’lim oladi. Voris o‘zining namunali xulq-atvori, odamlarga yaqinligi va kamchiliklardan holi uslubi tufayli o‘z vatani fuqarolari orasida katta obro‘ga ega. Yelizavetani hatto Keyt Middlton bilan solishtirishadi.

    Uning singlisi Eleonora 13 yoshda. U Bryussel maktabiga boradi, skripka chalishni va rasm chizishni yaxshi ko‘radi. Bundan tashqari, Eleonora va Yelizaveta va ikki ukasi bilan birga, ko‘ngillilar jamiyatida faol ishtirok etadi: pandemiya vaqtida Belgiya qirolining bolalari qariyalarga yordam berdi va ovqat bilan ta’minladi.

    Ispaniyalik Leonor va Sofiya

    Foto: Cosmopolitan

    Ispan malikalari Leonor va Sofiya egizaklarga o‘xshaydi, lekin aslida ularning orasida bir yarim yosh farq bor: Leonor – 15, Sofiya – 14 yoshda. Opa-singillar Qirol Filipp VI o‘qigan Madrid yaqinidagi “Santa Mariya de los Rosales” maktabida ta’lim oladi. Qizlar deyarli hamma narsani birgalikda amalga oshiradi: ular musiqa va raqsdan dars oladi, xitoy, fransuz, arab tillarni o‘rganadi va hatto bir xonani ikkiga bo‘ladi. Qirollik oilasiga mos ravishda  ular ko‘pincha rasmiy tadbirlarga borib, hukumat ishlariga qo‘shiladi. Ammo Leonor katta farzand bo‘lganligi sababli u otasidan keyin taxtni meros qilib oladi.

    Lyuksemburglik Aleksandra  

    Foto: Cosmopolitan

    Aleksandra – Lyuksemburgning buyuk gersogi Anrining yagona qizi. U eng bilimdon va g‘ayratli malikalardan biri. 30 yoshida qiz Lyuksemburg universitetida psixologiya kursida o‘qishga muvaffaq bo‘ldi, Amerikada ijtimoiy fanlar bo‘yicha dars oldi. Parijda falsafa, etika va antropologiya va Dublinda nizolarni hal qilish bo‘yicha magistrlik darajasiga erishdi. Bundan tashqari, u oltita tilni biladi: ingliz, fransuz, lyuksemburg, ispan, nemis va italyan. Malika bo‘sh vaqtida sayohat qilish, tennis o‘ynash, raqsga tushish va gimnastika bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Uning shaxsiy hayoti haqida hech narsa ma’lum emas, lekin shunday malikaning qalbini kim zabt eta olishini hamma kutmoqda.

    Niderlandiyalik Katarina Amaliya, Aleksiya va Ariana

    Foto: Cosmopolitan

    Niderlandiya qiroli Villem Aleksandr va qirolicha Maksimaning oilasida uch nafar malika bor: Katarina Amaliya –17, Aleksiya – 16 va Ariana – 14 yosh. Qizlar Gaagadagi Sorghvliet xristian gimnaziyasida tahsil oladi. Ularning har biri ingliz, golland va ispan tillarini biladi. Shuningdek, birgalikda balet, hokkey, dzyudo va ot minishni mashq qiladi. Opa-singillarda musiqaga ham qiziqish bor: Katarina-Amaliya skripka, Aleksiya va Ariana pianino chalishni yaxshi ko‘radi.

    Katarina Amaliya – Niderlandiyaning bo‘lajak malikasi, chunki u taxtga birinchi o‘tiradi. Ammo boshqa shtatlardan farqli o‘laroq, bu ajablanarli emas, Gollandiya azaldan malikalar mamlakati deb atalgan.

    Niderlandiyalik malika – Eloiza

    Foto: Cosmopolitan

    Eloiza – Niderlandiya hukmron qirolining jiyani. U amakivachchalariga umuman o‘xshamaydi: faqat ugina odatdagi turmush tarzini olib boradi. Malika kamdan-kam hollarda rasmiy tadbirlarda paydo bo‘ladi, lekin ayni paytda u deyarli 270 ming kuzatuvchilarga ega bo‘lgan Instagram sahifasini faol ravishda yuritadi. Eloiza 2020-yilda Gaagadagi Maerlant litseyini tamomlagan. Hozirda u kiyim savdosi bilan shug‘ullanmoqda, shuningdek, haqiqiy bloger singari shaxsiy sahifasida o‘zining kundalik hayoti aks etgan postlar bilan bo‘lishadi.

    Norvegiya malikasi – Ingrid Aleksandra

    Foto: Cosmopolitan

    17 yoshli malika Ingrid Aleksandra otasi – Norvegiya valiahd shahzodasi Xokondan keyin taxtda ikkinchi o‘rinda turadi. Qiz taxtni egallasa, u butun Norvegiya tarixida ikkinchi malikaga aylanadi, shuning uchun Ingrid tobora ko‘proq rasmiy tadbirlarda qatnashadi, mustaqil chiqishlar qiladi va hatto boshqa mamlakat taxtlari merosxo‘rlari bilan muloqot qiladi. Masalan, 2018-yilda malika Kembrij gersogi va gersoginyasi sharafiga ochilgan bolalar haykali xiyoboni bo‘ylab sayohat qildi. Ingrid qirollik vazifalaridan bo‘sh vaqtini sportga bag‘ishlaydi: u chang‘i sporti, kikboksing va syorfing bilan shug‘ullanadi. Ta’limga kelsak, bo‘lajak malika Oslo shahridagi xalqaro xususiy maktabda boradi, u yerda chet tillarini chuqur o‘rganadi.

    Shvetsiya malikalari – Viktoriya va Madlen 

    Foto: Cosmopolitan

    43 yoshli valiahd malikasi Viktoriya – Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavning qizi. U bo‘lajak hukmdorlik uchun eng munosib ma’lumotni oldi: u Anjedagi (Fransiya) G‘arbiy Katolik universitetini tamomlagan, keyin Yelga o‘qishga kirgan, u yerda davlat boshqaruvi, siyosatshunoslik, diplomatiya, tinchlikparvarlik va gumanitar fanlar bo‘yicha tahsil olgan va Uppsala universitetining bakalavr diplomiga ega. U Shvetsiya parlamentida, Shvetsiyaning Vashingtondagi elchixonasida, BMTda tajriba orttirdi. Bundan tashqari, Viktoriya uch hafta Shvetsiya armiyasida xizmat qilgan. Shvetsiya fuqarolarining so‘rovlariga ko‘ra, ularning aksariyati hozircha malika otasidan keyin taxtni egallashiga qarshi emas.

    Viktoriyaning shaxsiy hayoti ham muvaffaqiyatli o‘tdi. 2010-yilda u o‘z murabbiyi Daniel Uestlingga turmushga chiqdi. Juftlik qizi Estel va Oskar ismli o‘g‘lini tarbiyalamoqda.

    Bo‘lajak malikaning singlisi – malika Madlen. Unga davlat boshqaruvi va jahon siyosatini o‘rganishiga hojat qolmadi, shuning uchun u o‘z hayotini bolalar psixologiyasi va ko‘ngillilar faoliyati bilan bog‘ladi. U “Bolalik” xalqaro xayriya tashkilotida ishladi, YuNISEFda tajriba orttirib, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik muammosini hal qilishga qaratilgan “Thank You by Childhood” kompaniyasini asos soldi.

    2019-yilda malika bolalar uchun “Stella va sir” kitobini nashr etdi. Faoliyat tanlashda nisbatan erkinlikka qaramay, Madlen qirollik qonunlariga bo‘ysunishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, malika katta opasi turmushga chiqmaguncha, u bilan yaqin munosabatda bo‘lib kelayotgan advokat Yunas Bergstrem bilan oila qura olmagan. Yaxshiyamki, sevishganlar vaqt sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Hozirda juftlikning uchta farzandi bor.

    Iordaniya malikalari – Iman va Salma

    Foto: Cosmopolitan

    Iman va Salmaning onasi – qirolicha Raniya, qirollik oilalariga ko‘ra, Keyt Middltondan keyin ikkinchi eng mashhur va nufuzli malika. Shuningdek, uning qizlari onasidan o‘rnak oladi. Ayniqsa, 24 yoshga kirgan katta qizi Iman onasiga o‘xshaydi. Tashqi ko‘rinishdan tashqari, qizning qiziqishlari ham bir xil – diplomatiya va moda. Bolaligidan u Raniya bilan dunyo bo‘ylab sayohatlarda, xayriya tadbirlarida va chet el qirollik oilalari bilan ziyofatlarda qatnashgan. Malika har doim kamchiliksiz obraz tanlaydi. Iman hozirda oliy ma’lumotni olmoqda: Xalqaro Akademiya – Iordaniyadagi Amman xalqaro maktabini tugatgandan so‘ng, u Jorjtaun universitetiga o‘qishga kirdi.

    Uning 20 yoshli singlisi Salma unchalik ko‘p ko‘rinish bermaydi. U sport va jang san’atlariga qiziqadi, shuning uchun maktabni tugatgach, o‘qishni Sandxerstdagi Qirollik harbiy akademiyasida davom ettirdi, u yerda nafaqat bobosi, otasi, akasi, balki ingliz shahzodalari Uilyam va Garri ham o‘qigan.

    Tailand malikalari – Bajrakitiyabha va Sirivannavari Nariratana

    Foto: Cosmopolitan

    Bajrakitiyabha va Sirivannavari Tailandning hukmron qiroli Rama X ning ikkita rafiqasida ko‘rgan qizlari. Bajrakitiyabha 42 yoshda, u huquqshunoslik va xalqaro aloqalarni o‘rgangan, huquq fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Hozirda malika qamoqda va ozodlikka qaytgan Tailand ayollarining huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Bajrakitiyabha BMTdagi yaxshi niyat elchisi sifatida ham faoliyat yuritadi.

    34 yoshli Sirivannavari opasidan farqli o‘laroq, modaga qiziqadi va aynan shu tufayli u dunyoga tanilmoqdai. Qiz Bangkokdagi Tasviriy san’at fakultetini “Moda va to‘qimachilik” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, so‘ng Yevropaga jo‘nab ketgan. U yerda Fransiya (Balmain, Christian Dior) va Italiyada (Salvatore Ferragamo, Giorgio Armani, Bulgari) moda uylarida o‘qigan. Hozirda malika o‘z brendiga ega. U Tailandda moda olamiga yangi kelganlarga yordam beradi va Tailandda moda namoyishlari uyushtiradi.

    Yaponiya malikasi Ayko

    Foto: Cosmopolitan

    Malika Ayko Yaponiya imperatori Naruxitoning yagona farzandi bo‘lishiga qaramay, u otasidan keyin taxtga o‘tirmaydi. Vorislik to‘g‘risidagi qonun bir necha bor muhokama qilingan, natija esa – faqat erkak monarx bo‘lishi mumkin. Biroq bunday xulosa Ayko uchun bundan ham yaxshiroq. U odamlarning diqqat markazida bo‘lishini yoqtirmaydi va 19 yoshida u “hech qachon tabassum qilmaydigan malika” unvonini oldi. Mish-mishlarga ko‘ra, qiz ko‘plab kasalliklardan aziyat chekadi: nevrozdan anoreksiyaga qadar. Ayko kasalliklar bilan qo‘lidan kelganicha kurashadi va 19 yoshida tushgan fotosuratlariga ko‘ra holati ancha yaxshi.

    Bundan tashqari, Ayko juda iste’dodli: u Gakusyuin universitetida yapon tili va adabiyotini o‘rganmoqda, ingliz va ispan tillarini biladi, spektakllar uchun pyesa yozadi, pianino va skripka chaladi.

    Esvatini malikasi – Sixanizo Dlamini

    Foto: Cosmopolitan

    Janubiy Afrikadagi kichik qirollik – Esvatini qiroli Msvati III ning to‘ng‘ich qizi Sixanizo Dlamini g‘arbda ta’lim oldi. Malika Buyuk Britaniya va Kaliforniyada o‘qigan, keyin Sidney universitetida raqamli aloqa bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. Chet el hayoti malikaning dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U o‘z vatanining qadimiy an’analariga amal qilishdan bosh tortdi, shuning uchun u djinsi va kalta yubka kiyadi, ziyofatlarga boradi, spirtli ichimliklar ichadi.

    Aytgancha, malika Pashu taxallusi ostida rep kuylaydi. Bunday turmush tarzi qizning davlat faoliyati bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qilmaydi: u Esvatini axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vaziri. Malika hali turmushga chiqmagan, ammo uning o‘g‘li bor.

    Mavzuga doir:

    • Zamonamiz Zolushkasi: Bir vaqtlar Apple kompaniyasiga ishga olinmagan Iordaniya malikasi Raniya al-Abdulla hikoyasi
    • Qizlarini bo‘lajak qirolicha va millioner xonim qilib tarbiyalagan sobiq styuardessa — Kerol Middlton hikoyasi (foto)
    • Britaniya qirollik oilasidagi eng chiroyli ayol nomi ma’lum bo‘ldi. Ammo u Keyt Middlton ham, Megan Markl ham emas
    • Olimpiada o‘yinlarida o‘z baxtini topgan malika va shahzodalar
    • Prezident ayollar va qirolichalar yoshligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto) 

    19.10.2021, 14:59   Izoh (0)   39832
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mashhur filmlardagi afsonaviy rollarni qo‘ldan boy bergan yulduzlar (foto)

    19.10.2021, 14:31

    Video: O‘zbekistonlik taniqli sportchilar va shou-biznes yulduzlari saylovga chorlamoqda

    19.10.2021, 11:59

    Pop qiroli Maykl Jeksonning pasport almashtirish anketasi 75 ming dollarga sotuvga qo‘yildi

    19.10.2021, 09:59

    Tarkan — 49 yoshda: Qo‘shiqlari bilan millionlab qalblarni zabt etgan turk xonandasining hayoti va ijod yo‘li (foto)

    18.10.2021, 19:56

    Instagram: “Ummon” xonandasi Zohid Risqiyev rafiqasi bilan ajrashdi, taniqli aktyor otasini yo‘qotdi, Kanizaning Luizaga po‘pisasi

    17.10.2021, 22:19

    Bred Pitt va Anjelina Joli hamda Gollivudning boshqa mashhur juftliklari ajrimlariga nima sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (foto)

    17.10.2021, 19:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.